#gendertenglik
O‘zbekiston transport sohasi ochiqlik va teng imkoniyatlar namunasiga aylanib bormoqda!
Bugungi kunda Toshkent metropolitenining 6 mingdan ortiq xodimi orasida 2500 nafarini ayollar tashkil etadi.
E’tiborli jihati hozirda Toshkent metrosida 15 nafar ayol poyezd mashinisti lavozimida faoliyat yuritmoqda.
“Ayol borki…” ko‘rsatuvining navbatdagi sonida poyezd mashinisti Sevara Eshmirzayeva faoliyati haqida so‘z bordi.
Тelegram | Facebook | Instagram | YouTubе | Linkedin |
#gendertenglik
20 nafar xotin-qiz "D" toifadagi haydovchilik guvohnomasini olish uchun qayta tayyorlash kurslaridan o‘tdi
BMT Taraqqiyot dasturi va Global ekologik jamg‘arma bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan "Toshkent - kam uglerodli transportga investitsiya jalb qilishni jadallashtirish" loyihasi doirasida "D" toifadagi haydovchilik guvohnomasini olish maqsadida xotin-qizlar uchun qayta tayyorlash kurslari tashkil etildi.
2025-yil 15-yanvar kuni Avtomobil transporti sohasida kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash institutida o‘qishni muvaffaqiyatli tamomlaganlik to‘g‘risidagi sertifikatlarni tantanali topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Kurslar yakunida 20 nafar xotin-qiz "D" toifadagi haydovchilik guvohnomasini olish uchun sertifikatlarga ega bo‘ldi. Tadbirda BMT Taraqqiyot dasturining O‘zbekistondagi vakili Akiko Fudjiya ishtirok etib, bitiruvchilarni tabrikladi va ularning kasbiy faoliyatida muvaffaqiyatlar tiladi.
Eslatib o‘tamiz, Transport vazirligi tashabbusi bilan xotin-qizlar uchun avtobuslarni boshqarish bo‘yicha ilgari amalda bo‘lgan qonuniy cheklovlar olib tashlandi. Bugungi kunda Toshkent shahrida 2 nafar ayol avtobus haydovchisi bo‘lib, shahar yo‘nalishlarida yo‘lovchi tashishni ta’minlamoqda. Ushbu tashabbus O‘zbekiston transport sohasida gender inklyuzivligini mustahkamlash va ayollarning mehnat bozoridagi ishtirokini kengaytirish yo‘lida muhim qadam bo‘lib xizmat qiladi.
20 женщин прошли курсы переподготовки для получения водительских удостоверений категории «D»
В рамках проекта «Ташкент — ускорение привлечения инвестиций в низкоуглеродный транспорт», реализуемого совместно с Программой развития ООН и Глобальным экологическим фондом, были организованы курсы переподготовки для женщин с целью получения водительских удостоверений категории «D».
15 января 2025 года в Институте повышения квалификации и переподготовки кадров автомобильного транспорта состоялась торжественная церемония вручения сертификатов об успешном завершении обучения. По итогам курсов сертификаты для получения водительского удостоверения категории "D" получили 20 женщин. В мероприятии приняла участие представитель Программы развития ООН в Узбекистане Акико Фуджии, которая поздравила выпускниц и пожелала им успехов в профессиональной деятельности.
Следует отметить, что по инициативе Министерства транспорта ранее действовавшие правовые ограничения на управление автобусами для женщин были сняты. На сегодняшний день уже две женщины работают водителями автобусов в Ташкенте, обеспечивая перевозку пассажиров на городских маршрутах. Эта инициатива служит важным шагом на пути укрепления гендерной инклюзивности в транспортной сфере Узбекистана и расширения участия женщин на рынке труда.
#GenderTenglik
#UNESCO
#Samarqand
📸 Samarqandda davom etayotgan UNESCO Bosh konferensiyasi doirasidagi xalqaro tadbirdan foto va videolavhalar.
✨ Gender tenglik yo‘lida fikr almashinuvi, hamkorlik va yangi tashabbuslar davom etmoqda.
✅Bizni kuzatishda davom eting!
🌐Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!
#GenderTenglik
#UNESCO
#Samarqand
🇺🇿Yangi O‘zbekiston: gender tenglik siyosati
🗣 Bugun, 4-noyabr kuni, qadimiy Samarqand shahrida UNESCO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasi doirasida “Gender tengligini ko‘p tomonlama hamkorlik orqali rivojlantirish” mavzusida xalqaro tadbir (side-event) bo‘lib o‘tmoqda.
⚡️ Ushbu nufuzli anjumanda “O‘zbekiston xotin-qizlar huquqlarini himoya qilish jamiyati” rahbari Ozoda Islomova ham ishtirok etib, gender tenglik masalalari bo‘yicha o‘z fikr va tajribalarini o‘rtoqlashmoqda.
💎 Bunday yirik xalqaro tadbirlarda ishtirok etish — jamiyatimiz uchun katta yutuq va faxrdir, chunki bu orqali xotin-qizlar, oila va jamiyat hayotiga oid dolzarb masalalar yuzasidan tajriba almashish hamda xalqaro hamkorlikni rivojlantirish imkoniyati yaratiladi.
✅Bizni kuzatishda davom eting!
🌐Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!
▫️▫️▫️▫️▫️▫️▫️▫️
🇺🇿Yeni Özbekistan: Cinsiyet Eşitliği Politikası
🗣 Bugün, 4 Kasım tarihinde, kadim Semerkand şehri, UNESCO Genel Konferansı’nın 43. oturumuna ev sahipliği yapıyor. Bu kapsamda, “Çok taraflı iş birliği yoluyla toplumsal cinsiyet eşitliğini geliştirmek” konulu uluslararası yan etkinlik (side-event) gerçekleştirilmektedir.
⚡️ Bu prestijli etkinliğe, “Özbek Kadın Hakları Derneği” Başkanı Ozoda Islomova da katılarak, toplumsal cinsiyet eşitliği konusundaki görüş ve deneyimlerini paylaşıyor.
💎 Bu tür büyük uluslararası etkinliklerde yer almak, derneğimiz için büyük bir gurur ve başarıdır. Çünkü bu tür platformlar sayesinde, kadınlar, aile ve toplum hayatına dair önemli konuların ele alınması, deneyim paylaşımı ve uluslararası iş birliğinin geliştirilmesi mümkün olmaktadır.
✅ Yeni gelişmeler için takipte kalın!
🌐Resmî sayfalarımıza abone olun!
🔍🤖 “LEGALLab: gender va huquqiy muvozanat sari” Media Ayvon-2024 forumi doirasida “Algoritmlar va sun’iy intellekt davrida OAV va jurnalistlar transformatsiyasi” mavzusida navbatdagi sessiya bo‘lib o‘tdi. 💼✨
🎙 Moderator - Zamonaviy jurnalistikani rivojlantirish markazining SMM menejeri Emil Faxreev.
Ma'ruzachilar:
🔹 Media huquqshunosi Madina Tursunova sunʼiy intellektdan masʼuliyatli foydalanish konsepsiyasi va xalqaro standartlar haqida gapirdi.
🔹 We Digital kompaniyasining sunʼiy intellekt laboratoriyasi rahbari Hikmatilla Ubaydullayev sunʼiy intellekt sohasidagi tajribasi bilan oʻrtoqlashdi.
🔹 Huquqshunos va AI tadqiqotchisi, Toshkent davlat yuridik universiteti o‘qituvchisi Anna Ubaydullaeva O‘zbekiston Respublikasida SIni huquqiy tartibga solish masalalarini muhokama qildi. 🌐⚖️
💡 Ajoyib g'oyalar va qiziqarli fikrlar forumimizni yoritib berdi! 🚀🗣
#MediaAyvon2024#GenderTenglik#MJDC#LEGALLab#LRP#USAID
📢 Media Ayvon-2024 "LEGALLab: gender va huquqiy muvozanat sari"
🗓 Ushbu media-forum doirasida faol mahalliy tashkilotlar va xalqaro hamkorlarga gender, huquqiy va mediasavodxonlikni rivojlantirishga qo'shgan muhim hissasi uchun tashakkurnoma va nominatsiyalar topshirildi.
🤝Zamonaviy jurnalistikani rivojlantirish markazi jamoasi barcha hamkorlarga ushbu muhim bosqichdagi faol ishtiroki va qoʻllab-quvvatlaganliklari uchun samimiy minnatdorlik bildiradi. Birgalikda yanada adolatli va barkamol jamiyatga intilib, oldinga intilamiz!
#MediaAyvon2024#GenderTenglik#MJDC#LEGALLab#LRP#USAID
Ayollar kengashlarining muhim muloqotlari
“Temiryo‘lkargo” AJ Qarshi va Qo‘qon vagon depolarida Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahat kengashi boshlang‘ich tashkiloti raisi saylovlari bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Jamiyat Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahat kengashi boshlang‘ich tashkiloti raisi Nargis Kirgizova va ma’naviy-ma’rifiy masalalar bo‘yicha mas’ul xodim Guli Nigor Avazova ishtirok etishdi. Qarshi vagon deposida ish yurituvchi kotiba Bozorova Nigora, Qo‘qon vagon deposida Vagonlarni roʻyxatga olish boʻyicha muhandis Kuchkarova Dilafruz Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahat kengashi boshlang‘ich tashkiloti raisi sifatida saylandilar.
Muloqot mavzulari:
•Gender tenglikni ta’minlash.
•Xotin-qizlarning ijtimoiy faolligini oshirish.
•Huquqbuzarliklarning oldini olish, tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilish.
N. Kirgizova ishchi xotin-qizlarni qiynayotgan muammolar bilan qiziqib, ularning takliflarini tingladi. Do‘stona ruhda o‘tgan bu suhbatlar Jamiyatda mehnat qilayotgan xotin-qizlarga yetarlicha g‘ayrat-shijoat bera oldi.
#AyollarKengashi#GenderTenglik#Qarshi#Qoqon#VagonDeposi
________________________________________
Важные диалоги женских советов
В Каршинском и Кокандском вагонодепо АО "Темирйулкарго" прошли выборы председателя первичной организации Консультативного совета по вопросам женщин. Секретарь-делопроизводитель Каршинского вагонного депо Бозорова Нигора, инженер по регистрации вагонов Кокандского вагонного депо Кучкарова Дилафруз избраны председателем первичной организации Консультативного совета по вопросам женщин.
В мероприятии приняли участие председатель первичной организации Консультативного совета по вопросам женщин Общества Наргис Киргизова и ответственный сотрудник по духовно-просветительским вопросам Гули Нигор Авазова.
Темы общения:
• Обеспечение гендерного равенства.
• Повышение социальной активности женщин.
• Предотвращение правонарушений, защита от домогательств и насилия.
Н. Киргизова интересовалась проблемами, волнующими работниц, выслушала их предложения.
Эти беседы, прошедшие в дружественной атмосфере, придали достаточный энтузиазм женщинам, работающим в Обществе.
#СоветЖенщин#ГендерноеРавенство#Карши#Коканд#ВагонДепо
https://t.me/utycargo
utycargo.uz
📱facebook /📱x.com /📱web sayt/📱linkedin.com/📱instagram