TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← () => "翠楼屋"

TGINSIGHT SIMILAR POSTS

查找相似内容

Source channel @lambdaexpression · Post #310 · 2月13日

by iPhone13 Pro #摄影

Hashtags

Results

找到 1 条相似帖子

搜索 #harvestepochstrategic

当前筛选 #harvestepochstrategic清除筛选
Termiz tumani hokimligi

@termiztumanhokimligi · Post #35310 · 2026/01/17 10:37

Xitoy ishbilarmon doiralari bilan qo‘shma loyihalar bo‘yicha kelishuvlarga erishildi Ikki davlat Prezidentlarining o‘zaro ishonch va do‘stona munosabatlari natijasida O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida yangi davrdagi har tomonlama strategik sheriklik aloqalari izchil rivojlanib, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy hamda madaniy-gumanitar hamkorlik tobora mustahkamlanib bormoqda. Bu jarayonda Xitoy Xalqaro kommunikatsiya markazining hissasi alohida ahamiyat kasb etmoqda. Bugun Termiz xalqaro savdo markazida Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov vohamizga amaliy tashrif bilan kelgan Xitoy Xalqaro kommunikatsiya markazi raisi Long Yuysyan hamda "JDB Group Limited" kompaniyasi raisi Chen Xung To boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Xitoy bilan aloqalar bo‘yicha boshqarmasi boshlig‘i Ixtiyor Niyazmuradov hamda Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirining birinchi o‘rinbosari Feruza Hamidova ham ishtirok etdi. Uchrashuv doirasida avvalgi muzokaralarda erishilgan kelishuvlarga asosan loyihalarni amalga oshirish, Surxondaryo viloyatida oltinga istiqbolli maydonlarni hamkorlikda o‘zlashtirish, qimmatbaho ma’danlarni qayta ishlash loyihasini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kelishuvlar imzolandi va o‘zaro hujjatlar almashish marosimi o‘tkazildi. #Surxondaryo#Xitoy#JDBGroupLimited#HarvestEpochStrategic#Hamkorlik Veb sayt | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X