TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← () => "翠楼屋"

TGINSIGHT SIMILAR POSTS

查找相似内容

Source channel @lambdaexpression · Post #310 · 2月13日

by iPhone13 Pro #摄影

Hashtags

Results

找到 29 条相似帖子

搜索 #imkoniyat

当前筛选 #imkoniyat清除筛选
Texnika Universiteti (TDTU)

@toshkent_davlat_texnika_univer · Post #1512 · 2022/10/28 12:36

⚡️Yoshlar uchun #imkoniyat №6: safarbarlik chaqiruvi rezervi xizmati badali qoplab beriladi “Mehribonlik” uylari, Bolalar shaharchalari va oilaviy bolalar uylarida tarbiyalangan yoshlar, shuningdek, “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilgan oilalarning “Yoshlar daftari”ga kiritilgan farzandlari uchun safarbarlik chaqiruvi rezervi xizmati badali qoplab beriladi. Ushbu imkoniyatdan foydalanish uchun yuqorida sanalgan toifalarga kiruvchi yoshlar https://yoshlardaftari.uz platformasi orqali onlayn murojaat qilishlari mumkin. Batafsil ma’lumot. 2022-yil 1-oktabr holatiga ko‘ra, mazkur imkoniyatdan 12 349 nafar yosh foydalangan. Hududlar miqyosida esa eng ko‘p Samarqand viloyatiga (2 094 nafar), Toshkent viloyatiga (1 299 nafar) va Surxondaryo viloyatlariga (1 298 nafar) to‘g‘ri kelmoqda. P.S. O‘ylaymizki, bu ham ko‘plab yoshlarimizni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan yana bir yaxshi tizimdir. Obunachilarimiz orasida bu imkoniyatdan foydalangan yoshlar bormi? @otmuzbekistan

Hashtags

Texnika Universiteti (TDTU)

@toshkent_davlat_texnika_univer · Post #1496 · 2022/10/23 16:35

⚡️Yoshlar uchun #imkoniyat №3: Xalqaro fan olimpiadalari g‘oliblari uchun Prezident qarori bilan xalqaro fan olimpiadalarida g‘olib bo‘lgan yoshlarni munosib taqdirlash belgilab qo‘yilgan. Birinchi navbatda, xalqaro fan olimpiadalari g‘oliblari va ularning o‘qituvchilari bazaviy hisoblash miqdorining quyidagi miqdorlaridagi bir martalik pul mukofotlari bilan taqdirlanadi: 🥇1-o‘rin (oltin medal) uchun — 500 baravari (hozirda 150 000 000 so‘m), o‘qituvchisiga — 450 baravari (hozirda 135 000 000 so‘m); 🥈2-o‘rin (kumush medal) uchun — 300 baravari (hozirda 90 000 000 so‘m), o‘qituvchisiga — 250 baravari (hozirda 75 000 000 so‘m); 🥉3-o‘rin (bronza medal) uchun — 200 baravari (hozirda 60 000 000 so‘m), o‘qituvchisiga — 150 baravari (hozirda 45 000 000 so‘m). Asosiy olimpiadalarning respublika bosqichida 1-, 2- va 3-o‘rinlarni egallagan ishtirokchilarga ixtisoslik fani bo‘yicha davlat oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlarida maksimal ball olish huquqini beruvchi va uch yil muddat davomida amal qiluvchi sertifikat taqdim qilinadi. Oliy ta’lim muassasasini tamomlagan olimpiada g‘oliblari mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish bo‘yicha “El-yurt umidi” jamg‘armasi tomonidan shakllantiriladigan istiqbolli mutaxassislar zaxirasiga kiritiladi. Mazkur imkoniyat haqida batafsil ma’lumot. Obunachilarimiz orasida xalqaro fan olimpiadalarga tayyorgarlik ko'rayotgan yoshlar bormi? @alisher_sadullaev

Hashtags

AyTi Markaz Yaypan

@ITCenter_Yaypan · Post #1183 · 2022/10/17 05:21

⚡️O'zbekiston tumani IT Center hamda tuman Yoshlar ishlari agentligi bo'limi “KELAJAK KASBLARI” loyihasiga start beradi!#imkoniyat IT (axborot texnologiyalari) hamda ingliz tiliga qiziqasiz lekin ularni o'rganish uchun oilaviy byudjetingiz ko‘tarmayaptimi, ikkilanyapsizmi? Unday bo'lsa, ushbu loyiha aynan siz uchun. “Kelajak kasblari” loyihasi doirasida yoshlarga zamonaviy kasblarni egallashi, axborot texnologiyalarini o‘rganishi va ularni xorijiy tillarga o‘qitish bo‘yicha 6 oygacha muddatli o‘quv kurslari uchun har oyda BHMning 4 baravarigacha (hozirda 1,2 mln so‘m) miqdorda subsidiya ajratiladi. Mazkur imkoniyatdan foydalanishni istagan yoshlaryoshlardaftari.uz platformasi orqali “Kelajak kasblari” loyihasiga ariza qoldirishlari mumkin. Batafsil ma’lumot ➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖ 📲Aloqa uchun tuman mas'ullari: Tuman IT Center – 999924512 Bekzodbek Tuman YIA – 913262425 Qobiljon 🌐t.me/ITCenter_Yaypan

Hashtags

Ali Ahmad

@AlisherAhmatovich · Post #655 · 2022/10/30 15:37

⚡️Yoshlar uchun #imkoniyat №8 Ko‘pchilik yoshlar noutbuk olishda ko‘mak so‘rab murojaat qilishadi. Ham dasturlashni o‘rganib, ham kompyuterga ega bo‘lish uchun yaxshi imkoniyat bor. “Bir million dasturchi” loyihasi doirasida o‘quv kurslarini muvaffaqiyatli tugatgan yoshlarga, shuningdek, IT-park rezidentining o‘quvchisi yoki bitiruvchisi bo‘lgan yoshlarga kompyuter xaridlari uchun bazaviy hisoblash miqdorining 25 baravaridan ko‘p bo‘lmagan miqdorda (hozirda 7,5 mln. so‘m) iste’mol kreditlari ajratiladi. Dasturlashni o‘rganib, tegishli sertifikatni qo‘lga kiritgach kreditga kompyuter xarid qilish mumkin. Bu kredit 2 yilga beriladi va uning foizi Yoshlar ishlari agentligi tomonidan qoplab beriladi. @alisher_sadullaev

Hashtags

Sirojiddin Toxirjonov

@sirojiddintaxirjonov · Post #521 · 2022/11/09 10:53

Yoshlar uchun #imkoniyat №11 “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarga tadbirkorlik faoliyatini boshlash va o‘zini o‘zi band qilishga zarur bo‘lgan asbob-uskunalar yoki mehnat qurollarini xarid qilish uchun BHMning 40 baravarigacha (hozirda 12 mln so‘m) miqdorda subsidiya ajratiladi. Bugungacha mazkur imkoniyatdan 19 886 nafar yoshlar foydalangan. Hududlar miqyosida esa eng ko‘p Samarqand viloyatiga (4 613 nafar), Buxoro viloyatiga (2 533 nafar) va Farg‘ona viloyatlariga (1 869 nafar) to‘g‘ri kelmoqda. Imkoniyatdan foydalanish uchun 👉https://yoshlardaftari.uz/application/create @alisher_sadullaev

Hashtags

Sirojiddin Toxirjonov

@sirojiddintaxirjonov · Post #519 · 2022/11/01 14:59

⚡️Yoshlar uchun #imkoniyat №10 “Yoshlar daftari”ga kiritilgan ijtimoiy himoyaga muhtoj yoshlarning avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash o‘quv kursining xarajatlarini qoplash uchun BHMning 4 baravarigacha (hozirda 1,2 mln so‘m) miqdorda yoshlar yetakchisining ijobiy tavsiyasi asosidasubsidiya ajratiladi. O‘qish xarajatlarining qolgan qismini ariza beruvchining o‘zi to‘laydi. 2022-yilning 1-oktabr kuni holatiga ko‘ra, mazkur imkoniyatdan 8 008 nafar yoshlar foydalangan. Hududlar miqyosida esa eng ko‘p Xorazm viloyatiga (1 182 nafar), Farg‘ona viloyatiga (887 nafar) va Qashqadaryo viloyatlariga (805 nafar) to‘g‘ri kelmoqda. Imkoniyatdan foydalanish uchun onlayn ariza yuborish lozim 👉https://bit.ly/3U7ym3O @alisher_sadullaev

Hashtags

Sirojiddin Toxirjonov

@sirojiddintaxirjonov · Post #518 · 2022/11/01 09:30

⚡️Yoshlar uchun #imkoniyat №9 Har yili 500 nafargacha nogironligi bo‘lgan yoshlarga bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravarigacha (hozirda 15 mln so‘m) subsidiya ajratiladi. 2022-yil 1-avgustdan boshlab ularni zamonaviy kasblarga o‘qitish bo‘yicha 3 ta yangi imkoniyat ishga tushgan. Barchasi elektronlashgan: 1. https://my.gov.uz/uz/service/628 — oʻqish xarajati uchun subsidiya ajratishga ariza yuborish; 2. https://my.gov.uz/uz/service/633 — asbob-uskunalar va mehnat qurollarini xarid qilish uchun subsidiya ajratishga ariza yuborish; 3. https://my.gov.uz/uz/service/629 — oʻqish davrida yashash va transport xarajatlari uchun subsidiya ajratish uchun ariza yuborish. @alisher_sadullaev

Hashtags

Sirojiddin Toxirjonov

@sirojiddintaxirjonov · Post #517 · 2022/10/31 08:09

⚡️Yoshlar uchun #imkoniyat №8 Ko‘pchilik yoshlar noutbuk olishda ko‘mak so‘rab murojaat qilishadi. Ham dasturlashni o‘rganib, ham kompyuterga ega bo‘lish uchun yaxshi imkoniyat bor. “Bir million dasturchi” loyihasi doirasida o‘quv kurslarini muvaffaqiyatli tugatgan yoshlarga, shuningdek, IT-park rezidentining o‘quvchisi yoki bitiruvchisi bo‘lgan yoshlarga kompyuter xaridlari uchun bazaviy hisoblash miqdorining 25 baravaridan ko‘p bo‘lmagan miqdorda (hozirda 7,5 mln. so‘m) iste’mol kreditlari ajratiladi. Dasturlashni o‘rganib, tegishli sertifikatni qo‘lga kiritgach kreditga kompyuter xarid qilish mumkin. Bu kredit 2 yilga beriladi va uning foizi Yoshlar ishlari agentligi tomonidan qoplab beriladi. @alisher_sadullaev

Hashtags

Sirojiddin Toxirjonov

@sirojiddintaxirjonov · Post #516 · 2022/10/28 16:00

⚡️Yoshlar uchun #imkoniyat №7: Prezident granti 2021/2022 o‘quv yilidan boshlab davlat oliy ta’lim muassasalari bakalavriatining kunduzgi ta’lim shakliga kirish imtihonlarida eng yuqori ball to‘plagan 200 nafar yoshlar uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti granti joriy qilingan. Bu bilimli, salohiyatli, maksimal ball to‘play oladigan yoshlarimiz uchun katta imkoniyatdir, nazarimda. Prezident grantiga daʼvogar bo‘lgan abituriyentlar davlat granti asosida o‘qishga qabul qilinadi. Mazkur imkoniyat — abituriyentlikdan tortib to magistraturagacha boʻlgan tizim. Sababi o‘qish yakuniga qadar Prezident grantini uzluksiz olgantalabalar bakalavriat ta'lim yo‘nalishiga mos va turdosh mutaxassislik bo‘yicha magistraturaga kirish imtihonlarisiz, qo‘shimcha davlat granti asosida talabalikka qabul qilinadi. Batafsil ma’lumot. @alisher_sadullaev

Hashtags

Sirojiddin Toxirjonov

@sirojiddintaxirjonov · Post #515 · 2022/10/28 16:00

⚡️Yoshlar uchun #imkoniyat №6: safarbarlik chaqiruvi rezervi xizmati badali qoplab beriladi “Mehribonlik” uylari, Bolalar shaharchalari va oilaviy bolalar uylarida tarbiyalangan yoshlar, shuningdek, “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilgan oilalarning “Yoshlar daftari”ga kiritilgan farzandlari uchun safarbarlik chaqiruvi rezervi xizmati badali qoplab beriladi. Ushbu imkoniyatdan foydalanish uchun yuqorida sanalgan toifalarga kiruvchi yoshlar https://yoshlardaftari.uz platformasi orqali onlayn murojaat qilishlari mumkin. Batafsil ma’lumot. 2022-yil 1-oktabr holatiga ko‘ra, mazkur imkoniyatdan 12 349 nafar yosh foydalangan. Hududlar miqyosida esa eng ko‘p Samarqand viloyatiga (2 094 nafar), Toshkent viloyatiga (1 299 nafar) va Surxondaryo viloyatlariga (1 298 nafar) to‘g‘ri kelmoqda. P.S. O‘ylaymizki, bu ham ko‘plab yoshlarimizni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan yana bir yaxshi tizimdir. Obunachilarimiz orasida bu imkoniyatdan foydalangan yoshlar bormi? @alisher_sadullaev

Hashtags

Sirojiddin Toxirjonov

@sirojiddintaxirjonov · Post #514 · 2022/10/26 14:11

⚡️Yoshlar uchun #imkoniyat №5: “Talabaga madad” “Talabaga madad” loyihasida mahallalardagi yoshlar yetakchisining tavsiyasi asosida “Yoshlar daftari”ga kiritilgan talabalar to‘lov-kontrakt summasining 50 foizigacha, biroq BHMning 50 baravaridan oshmagan (hozirda 15 mln so‘m) miqdordagi qismi to‘lab beriladi. Bu imkoniyat O‘zbekistonda faoliyat ko‘rsatayotgan barcha oliy ta’lim tashkilotlari (davlat, nodavlat, xorijiy va xorijiy oliy ta’lim tashkilotlarining filiallarida) bakalavriatning kunduzgi, sirtqi va kechki shaklida, magistraturaning kunduzgi yo‘nalishida ta’lim olayotgan talabalar uchun amal qiladi. Bugungacha mazkur tizimi orqali 30 mingdan ortiq talabalarning kontrakti to‘lab berildi. Juda koʻplab bilimli, iqtidorli talabalarda kontrakt pullarini toʻlashda qiyinchiliklar bo‘lishi mumkin. Bu loyiha orqali esa barchaga birdek yordam berishga harakat qilamiz, ammo maqsadimiz iloji boricha eng ogʻir moliyaviy vaziyatdagi iqtidorli talabalarni qo’llab-quvvatlashdir. “Yoshlar daftari”ga kirish uchun ortiqcha ovora bo‘lib yurish shart emas. Tizim raqamlashgan bo‘lib, https://yoshlardaftari.uz/ platformasi orqali onlayn ariza yuborishingiz yoki 24/7 faoliyat ko‘rsatadigan 1093 qisqa raqamiga murojaat qilishingiz mumkin. @alisher_sadullaev

Hashtags

Jizzax volontyorlar maktabi ️

@Volontyorlar_maktabi_Jizzax · Post #341 · 2022/03/24 20:26

#imkoniyat ⚽️ FIFA QATAR 2022 Jahon chempionatiga volontyorlarni ro‘yxatdan o‘tkazish davom etmoqda. 2022-yil noyabr oyida Qatarda oʻtkaziladigan toʻliq tadbir uchun 20 000 nafar koʻngilli volontyorlar jalb qilinishi kutilmoqda. Qatnashuvchilar Qatarga bepul visa olish, bir oy ajoyib muhit va sayohatdan bahra olishga musharraf bo'lishadi 😄 Batafsil: https://bit.ly/3qrbkZ4

Hashtags

上一页第 1/3 页下一页