#miningmetals2025
#ItecaExhibitions
#TMK
📍Bugun China Mining Conference & Exhibition start oladi. TMK o’zining supply chain’ga asoslangan loyihalar portfeli bilan yana bir bor dunyo sahnasida! Bizni kuzatib boring!
📌TMKning forumdagi manzili: 5-pavilion, 5205-stendi
🫥🫥🫥
✅TMK matbuot xizmati
🌐Web-site|🔵Facebook |📷Instagram| 🎰LinkedIn|🎬Youtube|🚀Telegram
#TMK
#UIMF2025#miningmetals2025
#ItecaExhibitions
📍TMK stendi kritik minerallar bo‘yicha muloqotlar markazida!
UIMF 2025 forumi va Mining Metals Uzbekistan 2025 koʻrgazmasining ikkinchi kuni ham TMK stendi xalqaro ishtirokchilar, investorlar va sanoat ekspertlari bilan gavjum.
🚀Bu yerda O‘zbekistonning volfram, molibden, reniy, selen, tellur kabi kritik minerallari bo‘yicha yangi imkoniyatlar va “kon–metal–bozor” tamoyiliga asoslangan to‘liq qiymat zanjiri muhokama qilinmoqda.
Yangi hamkorlik g‘oyalari, investitsiya tashabbuslari va innovatsion yechimlarni TMK stendida birlashgan xalqaro muzokaralar davom etmoqda.
📍2-pavilon, D-150 stendida O‘zbekistonning kelajak metallari bilan tanishing!
Batafsil: mining.uz | uimf.uz
🫥🫥🫥
✅TMK matbuot xizmati
🌐Web-site|🔵Facebook |📷Instagram| 🎰LinkedIn|🎬Youtube|🚀Telegram
#TMK
#UIMF2025#miningmetals2025
#ItecaExhibitions
🌍Bugun! TMK spikerleri forum sahnasida!
UIMF 2025 forumi bu yil texnologik metallar, kritik minerallar va global ta’minot zanjiri mavzulariga katta urg‘u bermoqda.
✅ Aynan shu yo‘nalishlarda TMK ekspertlari 11:20-12:20 vaqt oralig’ida chiqish qiladilar.
👤Han Ilhan - Boshqaruv raisi maslahatchisi
Mavzu: “Kritik minerallar: global ta’minot zanjirlarida barqarorlikni ta’minlash.”
👤Amir Abidov - Fan va taraqqiyot bo‘yicha boshqaruv raisining o‘rinbosari
Mavzu: “Ilm-fan va innovatsiyalar – O‘zbekistonning texnologik metallar sohasida yangi bosqich.”
👤Ulug‘bek Ro‘ziyev - Boshqaruv raisining operatsion masalalari bo‘yicha o‘rinbosari
Mavzu: Qazib olish va qayta ishlash jarayonlarining ekologik ta’sirini
kamaytirish uchun texnologiyalardan foydalanish
👤Timur Xikmatullaev - Boshqaruv raisining global integratsiya masalalari bo'yicha maxsus vakili-ilmiy texnik hamkorlik boshqarmasi boshlig'i
Mavzu: “Texnologik metallar sohasida innovatsiyalar va xalqaro ilmiy hamkorlikning yangi bosqichi.”
TMK ekspertlarini tinglang va O‘zbekiston sanoatining kelajagini shakllantiruvchi jarayonning bir qismi bo‘ling.
📍 UIMF 2025 | 28–29 oktabr | Toshkent, “O‘zekspomarkaz”
Batafsil: mining.uz | uimf.uz
🫥🫥🫥
✅TMK matbuot xizmati
🌐Web-site|🔵Facebook |📷Instagram| 🎰LinkedIn|🎬Youtube|🚀Telegram
#TMK
#UIMF2025#miningmetals2025
#ItecaExhibitions
⚡️UIMF 2025 va MiningMetals Uzbekistan 2025 — TMK uchun g‘alabali start!
Toshkent shahri, Hyatt mehmonxonasida bo‘lib o‘tgan UIMF 2025 forumi va Mining Metals Uzbekistan 2025 ko‘rgazmasining tantanali ochilish marosimida TMK jamoasi uchta yirik mukofot bilan taqdirlandi!
🏆Texnologik metallar lideri;
🏆UIMF 2025 va MiningMetals Uzbekistan 2025ning oltin homiysi;
🏆Eng yaxshi ijtimoiy tarmoqlarda yoritish yoʻnalishida “Best Promotion Exhibition”
✅TMK kelajak metallari lideri!😎
🫥🫥🫥
✅TMK matbuot xizmati
🌐Web-site|🔵Facebook |📷Instagram| 🎰LinkedIn|🎬Youtube|🚀Telegram
#TMK
#UIMF2025#miningmetals2025
#ItecaExhibitions
⚡️ UIMF 2025da TMK road shousi: forumning maxsus sessiyasi kelajak metallari haqida
Bugun UIMF 2025 doirasidagi eng muhim sessiyalardan biri — kritik minerallar va texnologik barqarorlik mavzusiga bagʻishlandi.
✅Unda asosiy spiker sifatida TMK Boshqaruv raisi maslahatchisi Han Ilhan “Kritik minerallar: global ta’minot zanjirlarida barqarorlikni ta’minlash” mavzusida chiqish qildi.
O‘z ma’ruzasida u volfram, molibden, reniy, nikel, kobalt, selen, tellur, grafit va nodir yer elementlari kabi kritik minerallarning texnologik rivojlanishdagi hal qiluvchi ahamiyatini, hamda bu jarayonda TMKning “mine–metal–market” tamoyiliga asoslangan integratsiyalashgan yondashuvining ustunliklarini ta’kidladi.
🇺🇿Shuningdek, sessiyada O‘zbekistonning global mineral kun tartibidagi roli, mahalliy resurs bazasini chuqur qayta ishlash istiqbollari, ESG tamoyillari asosida barqaror ishlab chiqarish zanjirini yaratish imkoniyatlari muhokama qilindi.
Batafsil: mining.uz | uimf.uz
🫥🫥🫥
📎На русском языке
📎In English
🫥🫥🫥
✅TMK matbuot xizmati
🌐Web-site|🔵Facebook |📷Instagram| 🎰LinkedIn|🎬Youtube|🚀Telegram
#TMK
#UIMF2025#miningmetals2025
#ItecaExhibitions
🔥TMK stendi global konchilik industriyasining diqqat markazida!
✅TMK stendi Mining Metals Uzbekistan 2025 koʻrgazmasining eng qaynoq va faol uchrashuvlar maydoniga aylandi. Xalqaro delegatsiyalar, investorlar va sanoat ekspertlari TMK faoliyatiga katta qiziqish bildirib, qator B2B muzokaralar olib bormoqda.
🇺🇿TMK – “Kelajak metallari” konsepsiyasi orqali O‘zbekistonning texnologik salohiyatini global maydonda taqdim etmoqda.
Bizning stendda sizni:
🔹 “Mine–Metal–Market” qiymat zanjiri
🔹 Barqaror “Green Mining” yechimlari
🔹 Ilm-fan va innovatsiyalar integratsiyasi
🔹 Xalqaro hamkorlik loyihalari kutmoqda.
📍2-pavilon, D-150 stend
Keling, O‘zbekistonning kelajak metallari bilan tanishing!
🗄🗄🗄
🔥Стенд ТМК в центре внимания мировой горнодобывающей индустрии!
✅Стенд ТМК стал самой горячей и активной площадкой для встреч на выставке Mining Metals Uzbekistan 2025. Международные делегации, инвесторы и отраслевые эксперты проявляют большой интерес к деятельности ТМК и проводят ряд B2B переговоров.
🇺🇿ТМК представляет технологический потенциал Узбекистана на глобальной арене через концепцию "Металлы будущего."
На нашем стенде вас ждут:
🔹 Цепочка создания ценности "Mine-Metal-Market"
🔹 Устойчивые решения "Green Mining"
🔹 Интеграция науки и инноваций
🔹 Проекты международного сотрудничества
Павильон 2, стенд D-150
Давайте познакомимся с металлами будущего Узбекистана!
Подробнее: mining.uz | uimf.uz
🫥🫥🫥
✅TMK matbuot xizmati
🌐Web-site|🔵Facebook |📷Instagram| 🎰LinkedIn|🎬Youtube|🚀Telegram
#TMK
#UIMF2025#miningmetals2025
#ItecaExhibitions
😂Ayni paytda 7-Uzbekistan International Mining & Metals Forum (UIMF 2025)ning tantanali ochilish marosimi hamda yalpi majlis bo‘lib o‘tmoqda.
🎯Asosiy mavzu:
“Kelajak togʻ-kon sanoati: resurslar va strategiyalar”
🇺🇿Sessiyada O‘zbekiston tog‘-kon sanoatining yangi rivojlanish bosqichi belgilanib, barqarorlik, investitsiya va innovatsiyalar uyg‘unligini ta’minlaydigan yoʻnalishlar muhokama qilinmoqda.
✅Bu esa TMKning barqaror rivojlanishga qaratilgan tashabbuslarini yanada kuchaytiradi.
Qaynoq jarayonlarni biz bilan birinchilardan boʻlib kuzatib boring.
🫥🫥🫥
😂В настоящее время проходит торжественная церемония открытия и пленарное заседание 7-го Uzbekistan International Mining & Metals Forum (UIMF 2025).
🎯Основная тема:
"Горнодобывающая промышленность будущего: ресурсы и стратегии"
🇺🇿На сессии обозначен новый этап развития горнодобывающей промышленности Узбекистана, обсуждаются направления, обеспечивающие гармоничное сочетание стабильности, инвестиций и инноваций.
✅Это еще больше усилит инициативы ТМК, направленные на устойчивое развитие.
Следите за горячими событиями вместе с нами одними из первых.
Подробно: mining.uz | uimf.uz
🫥🫥🫥
✅TMK matbuot xizmati
🌐Web-site|🔵Facebook |📷Instagram| 🎰LinkedIn|🎬Youtube|🚀Telegram
#TMK
#UIMF2025#miningmetals2025
#ItecaExhibitions
☄️ ERTAGA! UIMF 2025 va Mining Metals Uzbekistan 2025 start oladi
Ko‘rgazma + sanoat forumi formatida tashkil etilayotgan ushbu yirik tadbirda TMK oltin homiy sifatida ishtirok etmoqda.
🌎Dunyoning 17 davlatidan 50+ spiker va 450+ delegatlar jamlanayotgan bu maydonda TMK Sizni jahon sanoatining trend mavzularidagi ekspertlar chiqishlari, networking, investitsiya va yirik hamkorlik imkoniyatlari bilan kutadi.
✅ TMK bilan birga kelajakni ertadan boshlang!
📍28–30oktabr | Toshkent, “O‘zekspomarkaz”
✅#2-pavilon, D-150 stend
Batafsil: mining.uz | uimf.uz
🫥🫥🫥
☄️ЗАВТРА! UIMF 2025 и Mining Metals Uzbekistan 2025 стартуют
В этом крупном мероприятии, организованном в формате выставки и промышленного форума, ТМК выступает в качестве золотого спонсора.
🌎На этой площадке, где собираются более 50 спикеров и более 450 делегатов из 17 стран мира, ТМК ждет Вас с выступлениями экспертов по трендовым темам мировой индустрии, возможностями для нетворкинга, инвестиций и крупного сотрудничества.
✅Начните будущее уже завтра вместе с ТМК!
📍28-30 октября | Ташкент, "Узэкспоцентр"
✅Павильон №2, стенд D-150
Подробнее: mining.uz | uimf.uz
🫥🫥🫥
✅TMK matbuot xizmati
🌐Web-site|🔵Facebook |📷Instagram| 🎰LinkedIn|🎬Youtube|🚀Telegram
#TMK
#UIMF2025#miningmetals2025
#ItecaExhibitions
🌍UIMF 2025 forumi bu yil texnologik metallar, kritik minerallar va global ta’minot zanjiri mavzulariga katta urg‘u bermoqda.
✅ Aynan shu yo‘nalishlarda TMK ekspertlari forumning eng strategik va konseptual sessiyalarida chiqish qiladilar.
👤Han Ilhan - Boshqaruv raisi maslahatchisi
Mavzu: “Kritik minerallar: global ta’minot zanjirlarida barqarorlikni ta’minlash.”
👤Amir Abidov - Fan va taraqqiyot bo‘yicha boshqaruv raisining o‘rinbosari
Mavzu: “Ilm-fan va innovatsiyalar – O‘zbekistonning texnologik metallar sohasida yangi bosqich.”
👤Ulug‘bek Ro‘ziyev - Boshqaruv raisining operatsion masalalari bo‘yicha o‘rinbosari
Mavzu: Qazib olish va qayta ishlash jarayonlarining ekologik ta’sirini
kamaytirish uchun texnologiyalardan foydalanish
👤Timur Xikmatullaev - Boshqaruv raisining global integratsiya masalalari bo'yicha maxsus vakili-ilmiy texnik hamkorlik boshqarmasi boshlig'i
Mavzu: “Texnologik metallar sohasida innovatsiyalar va xalqaro ilmiy hamkorlikning yangi bosqichi.”
TMK ekspertlarini tinglang va O‘zbekiston sanoatining kelajagini shakllantiruvchi jarayonning bir qismi bo‘ling.
📍 UIMF 2025 | 28–29 oktabr | Toshkent, “O‘zekspomarkaz”
Batafsil: mining.uz | uimf.uz
🫥🫥🫥
📎На русском языке
📎In English
🫥🫥🫥
✅TMK matbuot xizmati
🌐Web-site|🔵Facebook |📷Instagram| 🎰LinkedIn|🎬Youtube|🚀Telegram
#Iqtibos
#UIMF2025#miningmetals2025
#ItecaExhibitions
⚡️Kelgusi 5 yilda TMKda 19 ta ta’lim dasturi yoʻlga qoʻyiladi
UIMF 2025 doirasida o‘tgan “Kon-metallurgiya majmuasida kasbiy ta’limning kelajagi” sessiyasi soha uchun kadrlar tayyorlashning yangi modeli muhokamasiga bag‘ishlandi:
🗣️”Bizning maqsadimiz — nafaqat texnik jihatdan malakali, balki innovatsion fikrlaydigan, moslashuvchan va xalqaro miqyosda raqobatbardosh mutaxassislarni tayyorlashdir. Bunga erishish uchun TMK yetakchi universitetlar va ilmiy markazlar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan, talaba va xodimlar uchun uzluksiz o‘qitish tizimini joriy qilmoqda.
2030-yilga borib, Texnologik metallar oliy maktabi amaliy metallurgiya ta’limining mintaqaviy yetakchisiga aylanish, qo‘shma dasturlarni amalga oshirish va jahon universitetlari bilan ilmiy-tadqiqot hamkorliklarini kengaytirishni maqsad qilgan.
Ta’lim, ilm-fan va sanoat o‘rtasidagi aloqalarni yanada mustahkamlash maqsadida TMK Massachusets Texnologiya Instituti (MIT) bilan Master Service Agreement imzoladi.
Unga muvofiq, 2025-yil oxirigacha 100 nafar TMK xodimi MITda maxsus tayyorlov va malaka oshirish kurslarida o‘qitiladi.
2030-yilgacha jami 19 ta yangi o‘quv dasturi yo‘lga qo‘yiladi, yuzlab talabalar qabul qilinadi, 15 ta xalqaro hamkor universitet bilan 30 ta ilmiy loyiha amalga oshiriladi va kamida 50 ta xalqaro miqyosda tan olingan ilmiy maqola chop etiladi”.
👤 Boshqaruv raisining global integratsiya masalalari bo'yicha maxsus vakili Timur Xikmatullaevning UIMF 2025 munozara sessiyasidagi nutqidan.
Batafsil: mining.uz | uimf.uz
🫥🫥🫥
✅TMK matbuot xizmati
🌐Web-site|🔵Facebook |📷Instagram| 🎰LinkedIn|🎬Youtube|🚀Telegram
#Iqtibos
#UIMF2025#miningmetals2025
#ItecaExhibitions
🗣️Bizning asosiy maqsadimiz — kelajak uchun innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqish.
Biz Koreya hukumati tomonidan 11,2 million AQSh dollari miqdorida grant oldik. Ushbu mablag‘ Korea Institute for Advancement of Technology (KIAT) orqali ajratilgan bo‘lib, u bizning ilmiy ishlanmalarni tijoratlashtirish loyihalarimizni qo‘llab-quvvatlaydi.
Bu degani, bizda to‘liq innovatsion sikl mavjud: g‘oyadan — laboratoriya tadqiqotlariga, pilot sinovlarga va yakunda — investitsion loyihaga qadar.
TMK 2024-yilda tashkil etilgan bo‘lsa-da, biz faqat volfram, molibden yoki reniy bilan cheklanmaymiz.
Bugun biz uchun litiy, vanadiy, magniy va boshqa kritik xomashyolar bo‘yicha yangi avlod laboratoriyalarini yaratish zarur. Shu bois, jahon darajasidagi nanoanalitik laboratoriyani tashkil etishga qaror qildik.
Nima uchun “nano”?
Chunki ayrim elementlar minerallar tarkibida nano o‘lchamda joylashgan bo‘ladi. Ularni ajratish uchun biz qaysi element qaysi mineral tarkibida joylashganini aniq bilishimiz kerak.
Bundan tashqari, TMK bugungi kunda to‘liq qiymat zanjiri — upstream (konchilik), midstream (qayta ishlash) va downstream (tayyor mahsulotlar) bo‘yicha ishlaydi.
Aynan downstream bosqichida biz nano-o‘lchamdagi maxsus qotishmalar ishlab chiqmoqdamiz. Shu sababli, bu laboratoriya biz uchun zarur bo‘lib, 2025-yil dekabr oyida foydalanishga topshiriladi.
👤 Fan va taraqqiyot bo‘yicha TMK boshqaruv raisining o‘rinbosari Amir Abidovning UIMF 2025 strategik muloqotidagi nutqidan.
Batafsil: mining.uz | uimf.uz
🫥🫥🫥
✅TMK matbuot xizmati
🌐Web-site|🔵Facebook |📷Instagram| 🎰LinkedIn|🎬Youtube|🚀Telegram
#Iqtibos
#UIMF2025#miningmetals2025
#ItecaExhibitions
⚡️⚡️⚡️TMK selen va tellur ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyadi!
🗣️O‘tgan yilgacha molibden ishlab chiqarish jarayoni gidrometallurgiya usulida, ya’ni ammiak eritmasi va azot kislotasidan foydalanilgan holda olib borilar edi.
Biroq o‘tgan yilda TMK mutaxassislari tomonidan molibden tuzlarini olishning uch bosqichli ishqoriy yuvish texnologiyasi joriy etildi.
Natijada ammiak eritmasidan foydalanish hajmi 4,4 baravarga qisqardi.
Molibden yarim tayyor mahsulotlari ishlab chiqarish bo‘yicha gidrometallurgik jarayonlar yagona aspiratsion tizimga ulangan bo‘lib, u havo va suvni tozalash uskunalarini o‘z ichiga oladi. Bugungi kunda ushbu tizimning samaradorligi 95 foizdan yuqori.
Molibden va volfram mahsulotlaridan tashqari, o‘tgan yilda kombinat 99,9% tozalikka ega bo‘lgan metall reniyni ilk bor Yevropa mamlakatlariga eksport qildi.
2026-yildan boshlab kombinat molibden va volframdan tashqari selen va tellur kabi yuqori tozalikka ega komponentlarni — 99,99% gacha tozalikka yetkazilgan mahsulotlarni ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda.
👤Boshqaruv raisining operatsion masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Ulug‘bek Ro‘ziyevning UIMF 2025 strategik muloqotidagi nutqidan.
Batafsil: mining.uz | uimf.uz
🫥🫥🫥
✅TMK matbuot xizmati
🌐Web-site|🔵Facebook |📷Instagram| 🎰LinkedIn|🎬Youtube|🚀Telegram