🤺Toshkentda qilichbozlik boʻyicha Jahon kubogi bosqichi boshlandi
Bugun poytaxtimizdagi “Olimpiya shaharchasi”da qilichbozlikning sablya yoʻnalishi boʻyicha Jahon kubogining navbatdagi bosqichiga start berildi. Ayollar oʻrtasida tashkil etilayotgan musobaqada 25 mamlakatdan 150 nafardan ortiq sportchi ishtirok etmoqda.
Dasturga koʻra, bugun dastlabki saralash bosqichi boʻlib oʻtadi. Ertaga ochilish marosimi va hal qiluvchi bosqich bahslari tashkil etilsa, 29-mart sanasidan jamoaviy yoʻnalishdagi janglar oʻrin olgan.
—
🤺 В Ташкенте стартовал этап Кубка мира по фехтованию
Сегодня в «Олимпийском городке» стартовал очередной этап Кубка мира по фехтованию на саблях. В соревнованиях среди женщин принимают участие более 150 спортсменок из 25 стран.
Согласно программе, сегодня состоится предварительный отборочный этап. Завтра состоятся церемония открытия и финал, а 29 марта пройдёт командная программа.
#Qilichbozlik#JahonKubogi
👉@OlympicUz
olympic.uz I YouTube I Instagram I
Bokschilarimiz Jahon kubogining yakuniy bosqichini 13 ta medal bilan tugatishdi
Hindistonda boks boʻyicha Jahon kubogining yakuniy bosqichi boʻlib oʻtdi. Unda ishtirok etgan Oʻzbekiston terma jamoasi 4 ta oltin, 5 ta kumush va 4 ta bronza medallariga sazovor boʻldi.
🥇 Oltin medal:
-50 kg: Asilbek Jalilov
-55 kg: Samandar Olimov
-75 kg: Javohir Abdurahimov
+90 kg: Halimjon Mamasoliyev
🥈 Kumush medal:
-85 kg: Jasurbek Yoʻldoshev
-90 kg: Nusratbek Tohirov
-48 kg: Farzona Fozilova
-70 kg: Aziza Zokirova
+81 kg: Oltinoy Sotimboyeva
🥉 Bronza medal:
-60 kg: Dilshod Abdumurodov
-65 kg: Adham Muxiddinov
-70 kg: Muhammadazizbek Ismoilov
-51 kg: Gulsevar Gʻaniyeva
Ushbu natija bilan bokschilarimiz mazkur musobaqani umumjamoa hisobida mezbonlardan keyin ikkinchi oʻrinda yakunlashdi.
—
Наши боксёры завершили финальный этап Кубка мира с 13 медалями
В Индии прошёл заключительный этап Кубка мира по боксу. Сборная Узбекистана завоевала на этом турнире 4 золотые, 5 серебряных и 4 бронзовые медали.
🥇Золотые медали:
-50 кг: Асилбек Жалилов
-55 кг: Самандар Олимов
-75 кг: Жавохир Абдурахимов
+90 кг: Халимжон Мамасолиев
🥈Серебряные медали:
-85 кг: Жасурбек Йулдошев
-90 кг: Нусратбек Тохиров
-48 кг: Фарзона Фозилова
-70 кг: Азиза Зокирова
+81 кг: Олтиной Сотимбоева
🥉Бронзовые медали:
-60 кг: Дилшод Абдумуродов
-65 кг: Адхам Мухиддинов
-70 кг: Мухаммадазизбек Исмоилов
-51 кг: Гульсевар Ганиева
По итогам турнира наша команда заняла второе общекомандное место, уступив только хозяевам соревнований.
#Boks#JahonKubogi
👉@OlympicUz
olympic.uz I YouTube I Instagram I
🤺Toshkentda qilichbozlik boʻyicha Jahon kubogi bosqichi boshlandi
Bugun poytaxtimizdagi “Olimpiya shaharchasi”da qilichbozlikning sablya yoʻnalishi boʻyicha Jahon kubogining navbatdagi bosqichiga start berildi. Ayollar oʻrtasida tashkil etilayotgan musobaqada 25 mamlakatdan 150 nafardan ortiq sportchi ishtirok etmoqda.
Dasturga koʻra, bugun dastlabki saralash bosqichi boʻlib oʻtadi. Ertaga ochilish marosimi va hal qiluvchi bosqich bahslari tashkil etilsa, 29-mart sanasidan jamoaviy yoʻnalishdagi janglar oʻrin olgan.
—
🤺 В Ташкенте стартовал этап Кубка мира по фехтованию
Сегодня в «Олимпийском городке» стартовал очередной этап Кубка мира по фехтованию на саблях. В соревнованиях среди женщин принимают участие более 150 спортсменок из 25 стран.
Согласно программе, сегодня состоится предварительный отборочный этап. Завтра состоятся церемония открытия и финал, а 29 марта пройдёт командная программа.
#Qilichbozlik#JahonKubogi
👉@OlympicUz
olympic.uz I YouTube I Instagram I
🤺Toshkentdagi Jahon kubogida qatnashuvchi qilichbozlarimiz nomi maʼlum
27-29-mart kunlari Toshkent qilichbozlikning sablya yoʻnalishi boʻyicha Jahon kubogi bosqichiga mezbonlik qiladi. Oʻzbekiston qilichbozlik federatsiyasi ayollar oʻrtasida kechadigan ushbu musobaqada qatnashuvchi sportchilarimiz nomini maʼlum qildi.
Unga koʻra, Zaynab Dayibekova, Gulistan Perdibeva, Karina Kurbanova, Darina Babajanova, Salima Roʻziyeva, Bibioysha Husanboyeva hamda Samira Shokirova boʻlajak bellashuvlarda yurtimiz sharafini himoya qilishadi.
Dasturga koʻra, 27-28-mart kunlari yakkalik, 29-mart sanasida esa jamoaviy dasturda gʻolib va sovrindorlar aniqlanadi.
—
🤺Узбекские саблистки примут участие в этапе Кубка мира в Ташкенте
С 27 по 29 марта Ташкент примет этап Кубка мира по фехтованию на саблях. Федерация фехтования Узбекистана объявила имена спортсменок, которые выступят на этом турнире среди женщин.
В частности, Зайнаб Дайибекова, Гулистан Пердибоева, Карина Курбанова, Дарина Бабажанова, Салима Рузиева, Бибиойша Хусанбоева и Самира Шокирова будут защищать честь страны на предстоящих соревнованиях.
Согласно программе, 27–28 марта состоятся индивидуальные состязания, а 29 марта будут определены победители и призёры в командной программе.
#Qilichbozlik#JahonKubogi
👉@OlympicUz
olympic.uz I YouTube I Instagram I
Toshkent qilichbozlik boʻyicha Jahon kubogiga mezbonlik qiladi
27-29-mart kunlari Toshkent qilichbozlikning sablya yoʻnalishi boʻyicha Jahon kubogi bosqichini qabul qiladi. Ayollar oʻrtasida tashkil etiladigan mazkur musobaqada dunyoning eng kuchli sablyachilari jam boʻlishadi.
Bellashuvlar “Olimpiya shaharchasi”da tashkil etilishi rejalashtirilgan. Dasturga koʻra, 27-28-mart kunlari yakkalik, 29-mart kuni esa jamoaviy yoʻnalishda gʻolib va sovrindorlar aniqlab olinadi.
—
Ташкент примет этап Кубка мира по фехтованию
С 27 по 29 марта в Ташкенте пройдет этап Кубка мира по фехтованию на саблях среди женщин. Соревнования планируется провести в «Олимпийском городке».
Согласно программе, 27–28 марта состоятся индивидуальные состязания, а 29 марта будут разыграны награды в командном первенстве.
#Qilichbozlik#JahonKubogi
👉@OlympicUz
olympic.uz I YouTube I Instagram I
Yosh qilichbozimiz Jahon kubogi bosqichida bronza medalini qoʻlga kiritdi
Joriy hafta yakunida dunyo boʻylab qilichbozlik boʻyicha yoshlar oʻrtasidagi Jahon kubogi bosqichlari oʻtkazilmoqda. Toshkent mazkur musobaqalarning shpaga boʻyicha yigitlar oʻrtasidagi bellashuvlariga mezbonlik qilyapti.
Bugun tashkil etilgan yakkalik dasturidagi bahslarda terma jamoamiz bronza medaliga sazovor boʻldi. Musobaqada yarim finalgacha yetib borgan Kamron Ismoilov shohsupaning uchinchi pogʻonasiga koʻtarildi.
—
Юный фехтовальщик завоевал бронзовую медаль этапа Кубка мира
В конце этой недели по всему миру проходят этапы Кубка мира по фехтованию среди юниоров. Ташкент принимает соревнования по шпаге среди юношей.
Сегодня в поединках индивидуальной программы представитель нашей сборной завоевал бронзовую медаль. Камрон Исмоилов, дошедший до стадии полуфинала, занял 3 место.
#Qilichbozlik#JahonKubogi
👉@OlympicUz
olympic.uz I YouTube I Instagram I
Bekzod Qurbonov Jahon kubogining finaliga tayyorlanmoqda
8-12-aprel kunlari AQShning Fort-Uert shahrida ot sportining konkur yoʻnalishi boʻyicha Jahon kubogining final bosqichi boʻlib oʻtadi. Dunyoning eng kuchli 36 sportchisi ishtirok etadigan mazkur musobaqada yurtdoshimiz Bekzod Qurbonov ham qatnashadi.
Sportchimiz hozirda AQSHga yetib borgan va “Matts VG” laqabli tulpori bilan musobaqaga soʻnggi tayyorgarlik mashgʻulotlarini olib bormoqda. Qayd etish joiz, ushbu turnirda sportchilar 160 sm balandlikdagi toʻsiqlardan sakrash boʻyicha bahs olib borishadi.
—
Бекзод Курбанов готовится к финалу Кубка мира
8-12 апреля в городе Форт-Уэрт США состоится финал Кубка мира по конкуру. В этом соревновании примут участие 36 сильнейших спортсменов мира, в том числе и наш соотечественник Бекзод Курбанов.
В настоящее время наш спортсмен находится в США и завершает подготовку к соревнованиям на своей лошади по кличке «Matts VG». Стоит отметить, что в этом старте всадники будут соревноваться в маршруте с высотой препятствий 160 см.
#Konkur#JahonKubogi
👉@OlympicUz
olympic.uz I YouTube I Instagram I
Chusovitina hamda Mirvaliyev finalda ishtirok etishdi
Sport gimnastikasi boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi Antalya (Turkiya) mezbonlik qilayotgan Jahon kubogi bosqichidagi ishtirokini yakunladi.
Yurtdoshlarimizdan Oksana Chusovitina tayanib sakrash hamda Abdulaziz Mirvaliyev esa erkin mashq boʻyicha final dasturida medallar uchun bahs olib borishdi. Yakunda Chusovitina 13.133 ball bilan toʻrtinchi, Mirvaliyev esa 13.233 ball bilan beshinchi natijani qayd etdi.
—
Чусовитина и Мирвалиев выступили в финале
Сборная Узбекистана по спортивной гимнастике завершила выступление на этапе Кубка мира, который проходит в Анталье (Турция).
Среди наших спортсменов Оксана Чусовитина (опорный прыжок) и Абдулазиз Мирвалиев (вольные упражнения) вышли в финал. По итогам выступлений Чусовитина с результатом 13,133 балла заняла четвёртое место, а Мирвалиев, набрав 13,233 балла, расположился на пятой позиции.
#SportGimnastikasi#JahonKubogi
👉@OlympicUz
olympic.uz I YouTube I Instagram I
Chusovitina hamda Mirvaliyev finalda
Turkiyada oʻtkazilayotgan sport gimnastikasi boʻyicha Jahon kubogi bosqichining dastlabki kuni ortda qoldi. Unda Oʻzbekiston terma jamoasining 2 nafar aʼzosi final yoʻllanmasini qoʻlga kiritdi.
Oksana Chusovitina tayanib sakrash (13.083 ball), Abdulaziz Mirvaliyev esa erkin mashq (13.533) dasturida kuchli sakkizlikdan joy olishdi. Endi ular ertaga medallar uchun kurash olib borishadi. Shuningdek, bugun ikkinchi kun saralash bahslari boʻlib oʻtadi.
—
Чусовитина и Мирвалиев вышли в финал
В Турции завершился первый день этапа Кубка мира по спортивной гимнастике. По его итогам 2 представителя сборной Узбекистана пробились в финал.
Оксана Чусовитина, набрав 13,083 балла, вышла в решающую стадию в опорном прыжке. Абдулазиз Мирвалиев, в свою очередь, вышел в финал соревнований в вольных упражнениях, получив 13,533 балла и войдя в число восьми сильнейших. Завтра наши гимнасты поборются за медали Кубка мира. Кроме этого, сегодня пройдёт второй квалификационный день соревнований.
#SportGimnastikasi#JahonKubogi
👉@OlympicUz
olympic.uz I YouTube I Instagram I
Gimnastikachilarimiz bugun Jahon kubogining navbatdagi bosqichida ishtiroklarini boshlashadi
Bugun Turkiyaning Antalya shahrida sport gimnastikasi boʻyicha Jahon kubogining navbatdagi bosqichi start oladi. 15-martga qadar davom etadigan musobaqada Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzolari ham qatnashishadi.
Mamlakat gimnastika federatsiyasining maʼlum qilishicha, ushbu bosqichda quyidagi 4 nafar sportchimiz yurtimiz sharafini himoya qiladi: Abdulaziz Mirvaliyev, Humoyun Ismoilov, Rasuljon Abdurahimov, Oksana Chusovitina.
—
Наши гимнасты сегодня начнут участие на очередном этапе Кубка мира
Сегодня в городе Анталья стартует очередной этап Кубка мира по спортивной гимнастике. Соревнования продлятся до 15 марта и в них примут участие представители сборной Узбекистана.
По информации Федерации гимнастики страны, на этом этапе честь Узбекистана будут защищать 4 спортсмена: Абдулазиз Мирвалиев, Хумоюн Исмоилов, Расулжон Абдурахимов и Оксана Чусовитина.
#SportGimnastikasi#JahonKubogi
👉@OlympicUz
olympic.uz I YouTube I Instagram I
Chusovitina Bokudagi Jahon kubogi finalida qatnashdi
Sport gimnastikasi boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi a’zosi Oksana Chusovitina Ozarbayjonda oʻtayotgan Jahon kubogi bosqichidagi ishtirokini yakunladi.
Hamyurtimiz tayanib sakrash dasturining finalida 12.299 ball jamgʻarishga erishdi. Afsuski, bu medallar uchun kurashda yetarli boʻlmadi va u musobaqani yettinchi pogʻonada tugatdi.
—
Оксана Чусовитина выступила в финале этапа Кубка мира в Баку
Представительница сборной Узбекистана по спортивной гимнастике Оксана Чусовитина завершила своё выступление на этапе Кубка мира в Азербайджане.
Наша соотечественница в финале упражнений в опорном прыжке набрала 12,299 балла. К сожалению, этого результата оказалось недостаточно для борьбы за медали и в итоге она заняла седьмое место.
#SportGimnastikasi#JahonKubogi
👉@OlympicUz
olympic.uz I YouTube I Instagram I
Oksana Chusovitina yana finalda
Boku shahrida oʻtayotgan sport gimnastikasi boʻyicha Jahon kubogining dastlabki saralash bahslari ortda qoldi. Unda Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi Oksana Chusovitina tayanib sakrash dasturida final yoʻllanmasini qoʻlga kiritdi.
Hamyurtimiz kvalifikatsiyada 13.049 ball bilan uchinchi pogʻonani egalladi. Mazkur yoʻnalishdagi final 7-mart sanasiga belgilangan. Shuningdek, u bugun toʻsindagi mashq dasturida ham saralash bosqichida qatnashadi.
Yigitlarimizdan Abdulaziz Mirvaliyev va Humoyun Ismoilov erkin mashq, Rasuljon Abdurahimov esa parallel brusdagi mashqda ishtirok etishdi. Biroq ular toʻplagan ball final uchun yetarli boʻlmadi.
—
Оксана Чусовитина вновь вышла в финал
В Баку завершились первые квалификационные выступления этапа Кубка мира по спортивной гимнастике. Представительница сборной Узбекистана Оксана Чусовитина завоевала путёвку в финал в опорном прыжке.
Наша соотечественница в квалификации набрала 13,049 балла и заняла третье место. Финал в этом направлении состоится 7 марта. Кроме того, сегодня она также выступит в отборочном этапе в упражнении на брусьях.
Среди мужчин Абдулазиз Мирвалиев и Хумоюн Исмоилов выступили в вольных упражнениях, а Расулжон Абдурахимов — в упражнении на параллельных брусьях. Однако набранных ими баллов оказалось недостаточно для выхода в финал.
#SportGimnastikasi#JahonKubogi
👉@OlympicUz
olympic.uz I YouTube I Instagram I