@utycargo · Post #292 · 2025/04/22 10:39
🎉Sog‘lom turmush tarzi – mustahkam jamoa poydevori!🎉 🌱 “Temiryo‘lkargo” aksiyadorlik jamiyatida sog‘lom hayot tarzi va jamoaviy birdamlikni mustahkamlashga katta e’tibor qaratilmoqda. Shu maqsadda jamiyat xodimlari o‘rtasida qiziqarli va ruhlantiruvchi sport musobaqalari tashkil etildi. 🏃♂️ Sport musobaqalari sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish bilan birga, jamoamizdagi do‘stlik va birlikni yanada mustahkamladi. Ayollar va erkaklar alohida-alohida jamoalarda quyidagi yo‘nalishlarda bellashdilar: ▪️ 100 metrga yugurish ▪️ Arqonda sakrash ▪️ Turnikda tortilish ▪️ To‘p otish ▪️ Stol tennisi 🏆 G‘olib va faol ishtirokchilar jamiyatimiz Kasaba uyushma qo‘mitasi tomonidan qimmatbaho esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. 🍛 Tadbir yakunida esa barcha ishtirokchilarga mazali osh tortildi – bu ahillik va birdamlikni yanada mustahkamladi. 🔹 Musobaqa g‘oliblari: 🏃100 metrga yugurish 👩 1-o‘rin – Rejametova Dilbar 👩 2-o‘rin – Tulabayeva Sevara 👩 3-o‘rin – Bagautdinova Sabina 👨 1-o‘rin – Sadikov Ikrom 👨 2-o‘rin – Sodiqov Xasan 👨 3-o‘rin – Mirzayev Akmal 🔗Arqonda sakrash 1-o‘rin – Xudayarova Arzu 2-o‘rin – Bagautdinova Sabina 3-o‘rin – Rejametova Dilbar 💪Turnikda tortilish 1-o‘rin – Zaxriddinov Hamidjon 2-o‘rin – Rustamxodjayev Ma’ruf 3-o‘rin – Alimov Sherzod 🏀To‘p otish 1-o‘rin – Pardayeva Noroy 2-o‘rin – Avazova Guli Nigor 3-o‘rin – Kirgizova Nargis 🏓 Stol tennisi 1-o‘rin – Yusufjonov Husan 2-o‘rin – Mirahmedov Miraziz 3-o‘rin – Saitxonov Ilyos 💫Sog‘lom jamiyat – kuchli va barqaror jamoaning asosi. “Temiryo‘lkargo” AJ ushbu qadriyatni o‘z faoliyatida ustuvor yo‘nalishlardan biri sifatida belgilab olgan. #Navroz2025#Temiryolkargo#Bayram#Sport#JamoaRuh#Birlik