@itladiesuzbekistan · Post #155 · 2025/05/15 07:46
Hamjamiyatimiz rezidenti Mohira Mirodilova kecha Telegram kanalimizda joylashtirilgan e’lon orqali Job & Edu Fest tadbiri haqida bilib qoldi va ushbu foydali imkoniyatdan foydalandi! 🚀 U tadbirda ishtirok etib, o‘zini rivojlantirish, kasbiy o‘sish va yangi imkoniyatlar haqida katta motivatsiya va bilim oldi. Endi u bilib turibdi — qaysi yo‘nalishda ishlash kerak, nimaga e’tibor qaratish kerak va o‘z ustida qanday ishlash mumkin. 📲 Bu — IT Ladies kanali qizlarimiz uchun foydali va amaliyotga yo‘naltirilgan ma’lumot manbai ekanligining yaqqol isboti! 👏 Biz faxrlanamiz: har bir qizimiz o‘z yo‘lini topishi uchun ilhom va imkoniyatlar yaratishga oz bo'lsada hissa qo'shayotganimizdan. Siz kanalimizda qanday ma'lumotlar bo'lishishini istardingiz? #ITLadies#JobEduFest#TexnologiyaAyollarUchun#Motivatsiya