TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← () => "翠楼屋"

TGINSIGHT SIMILAR POSTS

查找相似内容

Source channel @lambdaexpression · Post #310 · 2月13日

by iPhone13 Pro #摄影

Hashtags

Results

找到 53 条相似帖子

搜索 #jurnal

当前筛选 #jurnal清除筛选
Til va adabiyot ta’limi

@TAT_jurnal · Post #2335 · 2026/01/23 13:47

#jurnal Sizga O‘zbekiston ma’qul bo‘ldimi? Toshkentimiz qanday ekan? O‘zbek yoshlari haqida nima deysiz? Milliy taomlarimiz og‘zingizga yoqdimi? Osh mazalimikan?.. Somsa... shashlik... Bo‘ldi-da endi! Chetdan kelgan “oq odam” borki, bariga o‘zimizni tahqirlovchi savollar beramiz. Go‘yoki biz bir molmiz, narximizni boshqalar bichishi kerak. Xalqimiz qullarcha o‘ylashga, balki umuman o‘ylamaslikka osongina ko‘niktirilmagani rost. Keyingi 150 yilda uzluksiz kechgan bosqin, qirg‘in, qatag‘on... va muntazamlik kasb etgan “пропаганда-агитация” ko‘zlarni ko‘r, quloqlarni kar, milliy ongni falaj qilib qo‘ydi. Oqibatda tasdiqni tashqaridan kutib, har kimga javdiraydigan holga tushib qoldik. O‘zimizni o‘zgalar nazari bilan baholashga odatlandik, ongimizga in qurgan majruh refleksdan haliyam qutulib bo‘lmayapti. Axir ozod O‘zbekiston 34 yoshga kirdi – asrning naq uchdan biri-ya! Afsus, siyosiy mustaqillik hamisha ham tafakkur mustaqilligi degani emas ekan! “Sharq ekzotikasi”, “mehmondo‘st xalq”, “boladek beg‘ubor odamlar” qabilidagi arzongarov ta’rif-u tavsiflardan ko‘zimizda yosh aylanadi. Yoki biror ajnabiy zot o‘zbekcha chuldirab yuborsa... “O, janobi oliylari! Marhamatingizning cheki yo‘q!” Sezmayapsizmi, o‘zlarini hamon og‘alarcha tutyapti. Negaki hanuz qulluq (qullik) qilmoqdamiz. Taraqqiyotni taqlidda ko‘rish – kolonial tafakkur taqozosi. “Biz baribir qila olmaymiz”, “Bizni boshqarish kerak”, “Bizga kimdir yo‘l ko‘rsatishi zarur”, deya hisoblashimiz yoki chet elning xo‘rozqandini yotvolib yalashimiz – xullas, ongosti zanjirlarimizning bir uchi mustamlakachilar qo‘lida mahkam. XXI asrning birinchi choragi tugayapti hamki, omma sovetcha qoliplar ichra o‘ylashda sobit, fikrimcha. 90-yillardagi postkolonial uyg‘onish uzoqqa cho‘zil(ma)di. Mustamlaka davrida shakllangan hadik hissi qalbimizda yanayam gurkiradi (chunki yana bir qo‘rquv saltanati tiklangandi). Mas’uliyatni bo‘yinga olmoqdan bo‘ysunishni afzal bildik. Muammoni hal qilish emas – vazifani xo‘jako‘rsinga ijro etish odat tusiga kirdi. Ruhiy inqirozlar, adashuv va ikkilanishlar ortidan eski tuzumga qaytish istagi xuruj qildi. Postkolonial uyg‘onish achchiq, og‘riqli kechadi (rahbariyat chidashi kerak): radikallik bosh ko‘tarishi, tashqi dunyo butkul inkor etilishi, romantik millatchilik kuchayishi tabiiy. Mustamlakachi ayamay tanqid qilinadi. Savollar ko‘ndalang qo‘yiladi: nega biz shunday o‘ylashga majbur etilganmiz? Nega milliy qadriyatlarimizga, xususan, tilimizga e’tibor yo‘q? Nega o‘z tariximizni boshqalar yozgan tarzda qabul qildik? Nega bizning qahramonlar doim ikkinchi planda?.. Anglash bosqichi cho‘zilib ketgani sabablaridan biri “davlat – bosh islohotchi” degan yondasuv (taraqqiyotning o‘zbek modeli besh tamoyilidan ikkinchisi)ga bog‘liq bo‘lsa kerak. To‘g‘ri, bu bilan barqarorlik ta’minlandi, ammo yuqoridan buyruq kutish odati tark etilmadi. O‘zgarishlarni ham tashabbus sifatida emas, ko‘rsatma sifatida qabul qilamiz. Mustaqil intellektual maydon sekin shakllandi. “Davlat biladi / qiladi” degan tushuncha pastdan chiqadigan dekolonial ijodkorlikni susaytirdi. Dekolonial tafakkur bosqichida millat qarshilikdan ijodga o‘tadi. Taqlid emas, tanqid emas, tahlil eta boshlaydi. Yo‘l qidiradi. “Boshqalar nima deyishi qiziq, biroq hal qiluvchi savol – ahvoli ruhiyamiz haqida o‘zimiz qanday fikrdamiz?” Gap tashqi bahodan butunlay voz kechishda emas, balki baholashni o‘zimiz o‘rganishimizda. O‘z ehtiyojimiz, o‘z qadriyatimiz va o‘z kelajagimiz qarichi bilan o‘z mezonlarimizni yaratishimiz zarur. O‘zimizni markazga qo‘ygan holda dunyo bilan teng muomala-muloqotga kirishish vaqti keldi. Alqissa, mustamlakachilik xarita o‘zgarishi bilan tugamaydi, ongda o‘zgarish bo‘lmog‘i shart! Muso alayhissalom jisman erkin, ammo ruhan qul qavmini sahroda 40 yil sargardon kezdirganini bilasiz – faqat jazo uchun emas, ozod insonni tarbiyalash uchun ham. Agar 33-34 asr avvalgi “qutulish muddati” formulasi barqaror ishlasa, bizga atigi 6 yil qolibdi (2031). Shoyad! “Til va adaviyot ta’limi” jurnalining 2025-yil 9-soniga kirishso‘z 🗄Farrux Jabborbek

Hashtags

Til va adabiyot ta’limi

@TAT_jurnal · Post #2266 · 2025/12/29 06:42

#jurnal Abakanga borganimizda xakas qardoshlarning ism-familiyasi asosan slavyan-nasroniycha ekaniga achingan bo‘ldim. Bugun dunyoda atigi 60 ming atrofida xakas borligi, ko‘pi ona tilini bilmasligi, ruslashib ketish xavfi ostida qolgani og‘ritadi odamni. Dabdurustdan o‘zimning ism-familiyam forsiy-arabiy ildizga egaligini eslab, ichimda istehzoli kuldim. Ism bu – mavjudlik belgisi. Ism bu – mafkura. Ism bu – sir! Eski inonchlarga ko‘ra, ins-jinslar Sizning ismingizni bilib olsa, ovloq joyda chaqirar, agar qarasangiz, ruhingizni egallarmish. Buni biz bugun xurofot deymiz. Ammo necha asrlardan beri otimizni adashtirib, ruhimizga-da egalik qilishmoqda-ku. Mingyillik forsiy adabiy, arabiy islomiy nomenklatura hukmronligi shaxsan kaminaning ism-familiyasida ham yaqqol ko‘rinadi. Ajnabiy so‘zlarga ishqibozligimiz sabablaridan biri turkiy tillarda omonimlik, paronimlik xususiyatlari kuchliligiga ham bog‘liq deb o‘ylayman. Bir yozuvchi akamiz o‘g‘liga Bilga (donishmand) ismini qo‘ymoqchi bo‘lganida singillari yig‘lagan ekan: jiyanimizni hamma “burga” deb chaqirsinmi... Tayoqning bir uchi bilga (donishmand) emasligimizga, Bilga hoqonni ommatan tanimasligimizga borib uriladi. Qachon turkiy nom ko‘targanlar ko‘payadi, qachonki masalani jamiyatda ijobiy ma’noda diskursga olib kirsak. O‘zi qanaqa ismlar bizniki, Boltavoy va Teshavoydan boshqa, deb kuladiganlar ko‘p oramizda. Avvalo, bunaqalarga mana deb ko‘rsatish uchun turkiy antroponimikani bir yerga jamlash kerak. Ilk urinishlar bor. Ikki-uch yil ilgari Oyina.uz portalida Abduvohid Hayit, Ulug‘bek Hamdam yig‘gan ro‘yxatlar nashr etilgan edi. Orzu qilamanki, tarixdagi barcha turkiy nomlar to‘planib, shaxslari haqida qisqacha ma’lumot berilib, ensiklopedik manba yaratilsa. Kim farzandiga ism tanlamoqchi bo‘lsa, kitobni varaqlab, saytni titkilab, izlaganini topsa. Ro‘yxatdagi kishi otlarining ibratli ildizini ko‘rsatsak, ota-onalarda rag‘bat uyg‘onadi, bolalarga tarbiyaviy ta’sir qiladi. Ismlar o‘g‘il-qizlarimizni buyuk o‘tmishimiz bilan bog‘lab tursa... …To‘g‘ri, biz bor-yo‘g‘i 60 ming emasmiz, lekin jon boshiga hisoblanganda ahvolimiz xakaslardan yaxshimi? Kamsonli xalqlarda o‘zlikdan uzoqlashish jarayoni ochiq ko‘rinadi. Bizda esa yashirin, asta-sekin, lekin keng miqyosda kechadi. Xakaslar “yo‘qolib ketmaslik” haqida qayg‘uradi – o‘zbekning esa parvoyiga kelmaydi. Chunki ko‘pmiz-da. Ko‘pligimiz bizni hamisha ham himoya qilolmaydi. Madaniy barqarorlik son bilan emas, ong bilan o‘lchanadi. Qadimda soni mo‘l, o‘zligi zaif bo‘lgan xalqlarni bugun faqat tarix darsliklarida uchratish mumkin. Keskin qarorlar qabul qilish, masalan, “ism tozalash” kampaniyasini boshlash tarafdori emasman. O‘zbekning o‘zligi serqatlam, faqat shu qat-qavatlar orasida turkiylik siqilib qolmasin deyman. Bu nega kerak? Bir hovuch xayolparast ziyolilarning utopik orzulari ro‘yobga chiqishi uchunmi? Yo‘q! Jahonning beqaror geosiyosiy maydonida o‘yin emas, o‘yinchi bo‘lishdek real maqsadning mittigina murvati bu!.. Men bolalarimga turkiy ism qo‘ydimmi? Har kim o‘ziga o‘zi berishi shart shu savolni. Hech yo‘qsa, nabiralarga ulgurasiz! “Til va adabiyot ta’limi” jurnalining 2025-yil 7-soniga kirishso‘z 🗄Farrux Jabborbek

Hashtags

Til va adabiyot ta’limi

@TAT_jurnal · Post #2161 · 2025/11/04 02:32

#jurnal ...Toshkentda shunaqa ham jinni ko‘p ediki, sanab sanog‘iga yetolmaysiz, deb yozadi G‘afur G‘ulom “Shum bola” qissasida. Karim jinni ilgari bo‘zchi ekan, chit ko‘payib ketganidan bo‘zi o‘tmay, bozori kasodga uch­rab, bola- chaqasini boqolmay, jinni bo‘lib qolibdi. Xol parang ham avval baxmal to‘qigan, do‘kon-dastgohiga o‘t tushgach, esdan og‘gan. Temir-tersak buyumlar zavoddan chiqa boshlagach, chilangar Mamatraim avval tirikchiligidan, so‘ng xushidan ayrilgan, Mayramxonga aylangan... Turkistonga sanoat kirib kelishi xalq hayotiga ijobiy ta’sir ko‘rsatgani turgan gap. Ayni jarayonda minglab hunarmandlar xonavayron bo‘lib ketgani ham rost. Kimlar omon qolgan? Eng avvalo, zavod-fabrikaga ishga kirganlar. Mehnat bozoriga moslashish nihoyatda muhim ko‘nikma (ayniqsa, o‘zgaruvchan sharoitda). Shunday qilib, avvalgi hunarmandlarning asosiy qismi sanoat ishchilariga aylangan. Texnologiya har qancha rivojlanmasin, baribir qo‘l mehnatiga ehtiyoj qisman bo‘lsa-da saqlanib qoladi. Buni Chorsu bozoridagi tunukachilar rastasi misolida ko‘rishimiz mumkin. Bugun hatto mashinaning radiatorini yamatish uchun ularga murojaat etilmoqda. Soha qaysidir darajada takomillashgan, zamonga moslashgan. “Omon qolish”ning yana bir sinalgan usuli – ishini san’at darajasiga ko‘tarish; duradgor usta emas, usta duradgor bo‘lish (ikkisining nozik ma’no farqi bor). Fotografiya ommalasha boshlaganida endi tasviriy san’at yo‘qolib ketadi, degan vahima ko‘tarilgan ekan. To‘g‘ri, xashaki chizmakashlar sindi, haqiqiy san’atkorlar­ning esa oshig‘i yanayam olchi bo‘ldi. Bora-bora fotorassomlar ko‘paydi, texnika imkoniyatlari badiiyatga bo‘ysundirilib go‘zal asarlar yaratildi, yaratilyapti. Sun’iy intellekt insoniyat tarixidagi to‘rtinchi sanoat inqilobini boshlab berdi. Bug‘ mashinasi o‘ylab topilganida (birinchisi), elektr energiyasi kashf etilganida (ikkinchisi), kompyuter ixtiro qilinganida (uchinchisi) ota-bobolarimiz taraqqiyotdan qanchalik ortda yashagan bo‘lsa, sun’iy intellekt davriga qadam qo‘yilganida ham shunchalik orqada bormoqdamiz. Afsuski, shunday! Ehtimol, oradagi masofa yanada uzayib ketgandir (adashayotgan bo‘lsam, xursandman...) Mavzu nihoyatda keng. “Til va adabiyot ta’limi” jurnali sahifalarida sun’iy intellektning sohamizga ta’siri masalasi turli darajada yoritib kelinmoqda. Hozir bir-ikki jihatga e’tiboringizni qaratmoqchiman, xolos. Inson hamisha o‘zi yaratgan narsalar bilan raqobatda yashaydi. Bu kurashda yengilgan payti qiyomat qo‘psa kerak. Mana, hozir sun’iy intellekt imkoniyatlaridan hayratlanish bosqichidamiz. Biroq uning ojiz tomonlari ko‘pki, o‘zidan so‘rasangiz ham, birma-bir sanab beradi (to‘g‘ri, tinmay tirishib, o‘zini o‘zi takomillashtirib bormoqda). Xullas, to‘rtinchi inqilob davrida sun’iy intellektdan aqlli bo‘lishga majburmiz. Kasbimizni san’atga aylantirmasdan esa buni eplay olmaymiz! 💬davomi⤵️

Hashtags

Til va adabiyot ta’limi

@TAT_jurnal · Post #1936 · 2025/07/12 04:35

#jurnal 🔥🔥🔥"Til va adabiyot ta'limi" jurnalining Usmon Azim ijodiga bag'ishlangan maxsus soni teletaqdimoti. Albatta ko'ring: https://www.youtube.com/watch?v=wROFK8WZIgw Jurnal haqidagi fikringizni izohda qoldiring. 🌐Sayt✈️Telegram✅Murojaat♾️Muhokama

Hashtags

Til va adabiyot ta’limi

@TAT_jurnal · Post #1932 · 2025/07/09 03:32

#jurnal 😎"Til va adabiyot ta'limi" jurnali 2025-yil 1-soni qahramoni Dilnoza Berdiyevaning 2024–2025-o'quv yilida jami 157 nafar o'quvchisi milliy sertifikatni qo'lga kiritdi. 🌐Sayt✈️Telegram✅Murojaat♾️Muhokama

Hashtags

Til va adabiyot ta’limi

@TAT_jurnal · Post #1929 · 2025/07/07 02:04

#jurnal 📣Usmon Azim – har qanday ruhiy holatdan she'r topa oladigan, istalgan hayotiy tafsilda poeziya ko'ra biladigan katta iste'dod egasi. Qozoqboy Yo'ldosh, pedagogika fanlari doktori, professor 🔥"Til va adabiyot ta'limi" jurnalining 2025-yil 2-sonidagi "Shoir kim?" rukni Sizni bir kunda asrlar yashay oladigan ruhiyatning kashfchisi bilan tanishtiradi. 🌐Sayt✈️Telegram✅Murojaat♾️Muhokama

Hashtags

Til va adabiyot ta’limi

@TAT_jurnal · Post #1890 · 2025/06/10 03:06

#jurnal Muallim sirini fosh qildingizmi? 😎Kitoblik muallim Dilnoza Berdiyeva o'z rekordini yangilaganidan xabaringiz bor. 🔥Bu safar 70 nafar shogirdi milliy sertifikat oldi. Xo'sh, u bunday natijalarga qanday erishyapti? Siz ham mana shunday natija ko‘rsatishingizga nima yetmayapti? ✅"Til va adabiyot ta’limi" jurnalining 2025-yil 1-sonida chop etilgan "Kitoblik muallimning siri" maqolasini o‘qing. Fikrlashamiz! 🌐Sayt✈️Telegram✅Murojaat♾️Muhokama

Hashtags

Til va adabiyot ta’limi

@TAT_jurnal · Post #2537 · 2026/04/17 03:05

#maqola #jurnal Sunʼiy intellekt Sizni taniydimi? ⚡️Tekshirib ko‘rsak, SI hammani ham taniyvermas ekan. Ammo, "Til va adabiyot ta'limi" jurnalidagi qahramonimizni juda yaxshi biladi. Hatto, u haqidagi SI bergan maʼlumotlarni nashrimizda ham chop etganmiz. 🚩O‘zingizni SIdan so‘rab ko‘ring-chi? Sizni tanirmikan? 🌐Sayt ✈️Telegram ✅Murojaat ♾Muhokama 🌐Instagram

Til va adabiyot ta’limi

@TAT_jurnal · Post #2512 · 2026/04/07 05:48

#jurnal#maqola Adabiyot ta’limida SIdan samarali foydalanish, avvalo, o‘qituvchining integral kompetensiyasiga bog‘liq: u bir vaqtning o‘zida ham SI vositalarining imkoniyat-cheklovlarini bilishi, ham badiiy matn tahlili metodikasini chuqur egallagan bo‘lishi kerak. Ya’ni SI savodxonligi texnik ko‘nikma sifatida emas, adabiy-metodik maqsadga xizmat qiluvchi pedagogik mahorat bilan uyg‘unlashgandagina natija beradi. Bunday integratsiya o‘qituvchiga uchta ustuvor vazifani sifatli bajarish imkonini yaratadi: 1) dars maqsadiga mos raqamli vazifani tanlash; 2) o‘quvchining mustaqil talqinini saqlab qolish; 3) SI natijalarini matn dalili asosida tekshirish. Shu tarzda o‘qituvchi texnologiya operatori emas, balki badiiy tafakkurni rivojlantiruvchi metodik yo‘naltiruvchiga aylanadi. ✅"Til va adabiyot ta'limi" jurnalining 2025-yil 12-sonida pedagogika fanlari doktori, professor Umid XO‘JAMQULOV "So‘z san'ati va sun'iy intellekt"ga alohida to‘xtalib, adabiyot va SI yutuqlari bilan tanishtirgan. 🌐Sayt ✈️Telegram ✅Murojaat ♾Muhokama 🌐Instagram

Til va adabiyot ta’limi

@TAT_jurnal · Post #2472 · 2026/03/26 06:13

#maqola#jurnal ⚡️"Sergey Dovlatovni o‘qish o‘zbek kitobxoniga o‘zini shafqatsiz taftish qilish va so‘zning ma’no qatlamlaridan zavqlanish hissini beradi, deb muxtasar xulosa qilsa bo‘ladi. Lekin bu izohdan ko‘ngil to‘lmaydi" – deydi Behzod Qobulov "Gorilla, Asya va jomadon" maqolasida. 🔥"Nazarimda, “Jomadon” sovet nostalgiyasi bilan yashayotgan avlodning cho‘pchaklariga qarshi yoshlar tafakkurida kuchli g‘oyaviy instrument bo‘la oladi. U sovet tuzumi bo‘ladimi yoki boshqami – inson erkini cheklash, resurslarni adolatsiz taqsimlash, cheksiz imkoniyatlarga ega elitaning xalq ustiga bir maydon bo‘lib o‘tirib olishi, oxir-oqibat, tanazzulga yetaklaydigan hodisadir. Dovlatov asarlaridan men shunday saboq chiqardim"... ✅Maqolani to‘liq holda "Til va adabiyot ta'limi" jurnalining 11-sonida o‘qishingiz mumkin. 🌐Sayt ✈️Telegram ✅Murojaat ♾Muhokama 🌐Instagram

Til va adabiyot ta’limi

@TAT_jurnal · Post #2042 · 2025/09/23 06:19

#maqola #jurnal ✅Bugungi dunyo bozori ham, bozor dunyosi ham Hazrat Navoiy yashagan davrdan birmuncha farq qiladi. Lekin mohiyat o‘zgargani yo‘q. “Til va adabiyot ta’limi” jurnalining 2025-yil 5-sonida Olim Davlatovning "Besh kun besh emas" maqolasini oʻqib, mohiyat sirini anglang. 🌐Sayt✈️Telegram✅Murojaat♾️Muhokama📱Instagram

Til va adabiyot ta’limi

@TAT_jurnal · Post #2013 · 2025/09/05 04:34

#maqola #jurnal 🔥Shoirning aslida vazifasi nima? Bu savol paydo bo'lganida Homer Odesseyni hali dengiz halokatlaridan qutqarib ulgurmagan edi. Bu so'roq tilga ilk bor chiqqanida hali Alpomishning oti egarlanmagan edi... ✅ Bilasizmi, "Til va adabiyot ta'limi" jurnalining 2025-yil 4-sonidagi Shoir kim? Ushbu savolga Shodmonqul SalomningEshqobil Shukurga bag'ishlangan maqolasidan javob topishingiz mumkin. 🌐Sayt✈️Telegram✅Murojaat♾️Muhokama

上一页第 1/5 页下一页