TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← () => "翠楼屋"

TGINSIGHT SIMILAR POSTS

查找相似内容

Source channel @lambdaexpression · Post #310 · 2月13日

by iPhone13 Pro #摄影

Hashtags

Results

找到 1 条相似帖子

搜索 #kelajakyoshlarniki

当前筛选 #kelajakyoshlarniki清除筛选
Сhilonzor tumani hokimligi Matbuot xizmati

@Chilonzor_tuman_hokimligi · Post #80680 · 2026/02/24 09:47

#Chilonzor #SaidqahhorXolxo‘jayev #YoshlarTashabbusi #Startap #DigitalFinance Chilonzorda innovatsion g‘oyalar namoyishi: yoshlar startaplari tuman rahbariyati e’tiborida Saidqahhor Xolxo‘jayev tashabbusi bilan tumanda yoshlar startap loyihalarini qo‘llab-quvvatlash borasida amaliy ishlar izchil davom etmoqda. Xususan, tuman hokimi tuman yoshlarining, shuningdek, Iqtisodiyot universiteti qoshida faoliyat yuritayotgan Digital Finance akseleratsiya markazida tahsil olayotgan tashabbuskor talabalarning ham innovatsion g‘oyalari bilan yaqindan tanishdi. Markaz rahbari Azizbek Haitov boshchiligida yoshlar tomonidan ishlab chiqilayotgan loyihalar tuman rahbariyati tomonidan sinchiklab o‘rganildi. Jumladan, Jahongir Anvarov yetakchiligidagi talabalar jamoasi tomonidan tayyorlangan, har mavsumda dolzarb bo‘lgan gazonlarni o‘rishga mo‘ljallangan “Agrokar” qurilmasi alohida e’tiborga sazovor bo‘ldi. Shuningdek, Nargiza Isakova rahbarligida ishlab chiqilgan maktablar va OTMlar hududlariga o‘rnatish uchun mo‘ljallangan “Aqlli o‘rindiqlar” loyihasi ham innovatsion yechim sifatida yuqori baholandi. Bundan tashqari, Hulkarbonu Rustamova boshchiligidagi talabalar tomonidan taqdim etilgan kiberjinoyatlardan himoya tizimi loyihasi ham mutasaddilar e’tiborini tortdi. Ushbu tashabbuslar nafaqat axborot xavfsizligini mustahkamlash, balki raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishga ham xizmat qiladi. Yoshlar tomonidan taqdim etilgan barcha startap loyihalar iqtisodiyotimizni rivojlantirish, yangi ish o‘rinlari yaratish va innovatsion muhitni shakllantirishga munosib hissa qo‘shishi ta’kidlandi. Tuman hokimi tomonidan tashabbuskor yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning loyihalarini amaliyotga joriy etish borasida zarur tavsiyalar berildi. #YoshlarQo‘llabQuvvatlanadi #RaqamliIqtisodiyot#KelajakYoshlarniki ⬅️⬅️⬅️ Lavhamizda tadbir jarayonlari 🔵@Chilonzor_tumani_hokimligi