@handicraftman · Post #55244 · 2026/03/13 06:58
#Navoiy ⚡️Navoiy viloyat hokimi Normat Tursunov Nurotadagi Navoiy ixtisoslashtirilgan san’at maktab-internatida bo‘lib, ta’lim muassasasi faoliyati, o‘qituvchi va o‘quvchilarga yaratilgan sharoitlar hamda mashg‘ulot jarayonlari bilan tanishdi. 📌Tashrif davomida san’at maktabida faoliyat yuritayotgan ikki nafar hunarmand bilan uchrashuv o‘tkazildi: 📊Kashtado‘z Xudoyqulova Munira — bugungi kunda 20 nafar yoshga kashtachilik sir-asrorlarini o‘rgatib kelmoqda. U Prezidentimiz tomonidan hunarmandlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar va berilgan imtiyozlardan ruhlanib, yoshlarni kelgusida yetuk va lider kashtachi qizlar etib tarbiyalash yo‘lida faol ishlashini ta’kidladi. 🏅Kulol Istamtoshev Sulaymon — yosh avlodga kulolchilik san’atini o‘rgatib kelmoqda. Viloyat hokimi hunarmand bilan suhbatlashib, tavsiyalar berdi hamda uning takliflarini tingladi. 🌍Mazkur tashrif san’at ta’limi va hunarmandchilik sohasini rivojlantirishga qaratilgan e’tiborning amaliy ifodasidir. #Navoiy#Hunarmand#Sanat#Kashtachilik#Kulolchilik#Yoshlar Faсebook| ✅Instagram ✅Youtube | ✅Murojaat yo'llash