#Chilonzor
#YoshlarKuni
#YoshlarBilanUchrashuv
#YoshlarBandligi
#MahallaHayoti
Chilonzorda Payshanba – Yoshlar kuni munosabati bilan yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
Payshanba – Yoshlar kuni munosabati bilan Chilonzor tumani “Diyor” mahallasi idorasida tuman hokimining birinchi o‘rinbosari Mirzohid Abduqodirov tomonidan yoshlar bilan uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuv davomida yoshlarning muammo va takliflari tinglanib, ularning murojaatlari atroflicha o‘rganildi.
Shuningdek, ishlash istagini bildirgan yoshlarni bandligini ta’minlash maqsadida ularni ishga joylashtirish bo‘yicha amaliy choralar ko‘rildi.
Tadbir yakunida yoshlarning ma’naviy dunyosini boyitish maqsadida ularga qiziqarli badiiy asarlardan iborat kitoblar taqdim etildi.
🔵https://t.me/chilonzor_tuman_hokimligi
#Chilonzor
#SharqMahallasi
#Obodonlashtirish
#Yo‘llarTa’miri
#Infratuzilma
#Qulaylik
#MahallaHayoti
“Sharq” mahallasida ichki ko‘chalar ta’mirlanmoqda
Chilonzor tumani hokimining Toshkent shahri Chilonzor tumani Obodonlashtirish boshqarmasi tasarrufidagi jamoat transporti qatnaydigan ko‘chalar hamda mahallalarning ichki yo‘llarini ta’mirlash to‘g‘risidagi qarori ijrosi doirasida amaliy ishlar davom etmoqda.
Mazkur qarorga muvofiq, “Sharq” mahallasining ta’mirtalab bo‘lib qolgan ichki ko‘chalarida ta’mirlash ishlari olib borilmoqda. Ayni paytda yo‘llarning holatini yaxshilash, aholi uchun qulay va xavfsiz harakatlanish sharoitlarini yaratish maqsadida zarur chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Ushbu ishlar mahalla infratuzilmasini yaxshilash, aholining turmush sifatini oshirish hamda hudud obodonligini ta’minlashga xizmat qiladi.
⬅️⬅️⬅️Lavhamizda jarayonlar
🔵Сhilonzor_tumani_hokimligi
#XayrSahovat
#MehrOqibat
#XontopiMahallasi
#IjtimoiyHimoya
#EzguIshlar
#MahallaHayoti
Mahallalarda xayr-sahovat ishlari izchil davom etmoqda
Tumanimizdagi barcha mahallalarda xayr-sahovat va mehr-oqibat tadbirlari muntazam ravishda tashkil etib kelinmoqda.
Jumladan, “Xontopi” mahallasida ehtiyojmand oilalar a’zolari hamda imkoniyati cheklangan fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida kiyim-kechaklar tarqatildi.
Mazkur xayriya tadbiri aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash, jamiyatda mehr-oqibat va hamjihatlik muhitini mustahkamlashga xizmat qilmoqda.
⬅️⬅️⬅️Bu kabi ezgu tashabbuslar kelgusida ham izchil davom ettiriladi.
🔵@Chilonzor_tumani_hokimligi