TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← () => "翠楼屋"

TGINSIGHT SIMILAR POSTS

查找相似内容

Source channel @lambdaexpression · Post #310 · 2月13日

by iPhone13 Pro #摄影

Hashtags

Results

找到 1 条相似帖子

搜索 #malaya

当前筛选 #malaya清除筛选
Obidjon Xamidov | Buxoro davlat universiteti rektori

@buxdurektori · Post #5518 · 2025/02/05 17:16

🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦 ☄️🇺🇿🇲🇾Buxoro davlat universiteti rektori Obidjon Xamidov Malayziyaning Malaya universitetida hamkorlik aloqalarini rivojlantirish maqsadida universitet rahbariyati bilan uchrashdi. Buxoro davlat universiteti rektori Obidjon Xamidov Malayziya mamlakatida xizmat safari davomida Malaya universitetiga tashrif buyurib, universitet rektori Dato' Seri Ir. Dr. Noor Azuan Bin Abu Osman boshchiligidagi rahbariyat a'zolari bilan uchrashuv o'tkazdi. Uchrashuvda shuningdek, BuxDU Xalqaro hamkorlik bo'yicha prorektor Abror Juraev ham ishtirok etdi. Universitetlararo hamkorlik aloqalarini kuchaytirish, biznes, matematika, raqamli texnologiyalar, turizm va sunʼiy intellekt sohalaridagi hamkorlik masalalari ko'rib chiqildi. Shuningdek, uchrashuv davomida qo'shma hamkorlikning keng imkoniyatlari ko'rib chiqildi. Sun'iy intellekt hamda menejment bo'yicha magistratura hamda PhD dasturlari muhokama qilindi. Malaya universiteti (UM) Malayziyaning poytaxti Kuala-Lumpurda joylashgan eng qadimgi va nufuzli oliy o'quv yurtidir. UM 2025-yil QS Jahon universitetlari reytingida 60-o'rinni egallab, mamlakatdagi eng yuqori reytingga ega universitet hisoblanadi. Universitet 17 222 talaba va 2 524 o'qituvchidan iborat bo'lib, xalqaro miqyosda tan olingan ta'lim va tadqiqot markazi sifatida e'tirof etiladi. #BuxDU#BukhSU#Malayziya#Malaya#QS_60#xalqaro_hamkorlik Bizni kuzatishda davom eting: 🌐 Telegram 🌐Instagram🌐Facebook🌐Web-sayt🌐Youtube