TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← () => "翠楼屋"

TGINSIGHT SIMILAR POSTS

查找相似内容

Source channel @lambdaexpression · Post #310 · 2月13日

by iPhone13 Pro #摄影

Hashtags

Results

找到 1 条相似帖子

搜索 #meningdunyoim

当前筛选 #meningdunyoim清除筛选
Сhilonzor tumani hokimligi Matbuot xizmati

@Chilonzor_tuman_hokimligi · Post #81785 · 2026/03/17 10:35

#Forum #FarzandlarKelajagi #InklyuzivTalim #TosiqsizMuhit #PsixologikSoglomMuhit #MeningDunyoim Farzandlarimiz kelajagiga barchamiz birdek mas’ulmiz Chilonzor tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tizimidagi 126-sonli umumta’lim maktabida “Farzandlarimiz kelajagiga barchamiz birdek mas’ulmiz” shiori ostida forum bo‘lib o‘tdi. Forum doirasida maktab direktorlar, maxsus pedagoglar va psixologlar ishtirokida alohida ta’lim ehtiyoji bo‘lgan inklyuziv bolalar bilan ishlash, “to‘siqsiz muhit”ni tashkil etish, ularning jamiyatda o‘z o‘rnini topishiga ko‘maklashish, oilaviy nizolarning psixologik ildizlarini o‘rganish va oldini olish, o‘quvchilarga nisbatan zo‘ravonlikning har qanday ko‘rinishlarini bartaraf etish hamda umumta’lim maktablarida sog‘lom psixologik muhitni shakllantirish masalalariga bag‘ishlangan o‘quv-seminarlar tashkil etildi. Seminarlar davomida ishtirokchilar o‘z bilim va ko‘nikmalarini oshirdilar. Shuningdek, inklyuziv o‘quvchilar ishtirokida “Mening dunyoim” shiori ostida tanlov o‘tkazildi. Unda alohida ta’lim ehtiyoji bo‘lgan o‘quvchilar estrada vokal, tasviriy san’at, robototexnika va turli kasblarga oid ijodiy ishlari orqali o‘z iste’dodlarini namoyon etdilar. Forum yakunida inklyuziv ta’lim tanlovi ishtirokchilaridan 30 nafari hamda ushbu yo‘nalishda samarali faoliyat olib borayotgan direktorlar, maxsus pedagoglar va psixologlar munosib taqdirlandilar. 👉👉👉 Lavhamizda tadbir jarayonlari 🔵https://t.me/chilonzor_tuman_hokimligi