@yoshlar_tv · Post #18037 · 2026/03/14 02:59
✅Prezidentimiz Xalq qabulxonalari faoliyatini yanada kuchaytirish chora-tadbirlarini belgilab berdi. Prezident Administratsiyasiga hokimlar bilan birgalikda Xalq qabulxonalariga muammolarning mohiyatini tushunadigan zamonaviy kadrlarni jamlash, murojaatlarni tizimli tahlil qilish bo‘yicha alohida nazorat guruhi faoliyatini yo‘lga qo‘yish topshirildi. ✅Prezident Administratsiyasi Kommunikatsiyalar departamenti har oyda Xalq qabulxonalariga kelib tushgan murojaatlarni tahlil qilib, umumlashtiradi, vazirlar va hokimlarga yetkazib, ijrosini nazorat qiladi. ❗️Odamlar kayfiyatiga ta’sir qilayotgan masalalar bo‘yicha rahbarlar hisobotini eshitib boradi, eng muammoli masalalar bo‘yicha takliflarni Hukumatga kiritadi. #Prezident#DiqqatMarkazida#Aholi#Murojaatlari