@Chilonzor_tuman_hokimligi · Post #83484 · 2026/04/17 08:06
#Chilonzor #Nuroniy #Sport #ShaxmatShashka #SoglomHayot #Mahalla CHILONZORDA NURONIYLAR SHAXMAT-SHASHKA BO‘YICHA KUCH SINASHDI O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11-martdagi 92-sonli hamda 2024-yil 25-noyabrdagi 405-sonli qarorlari ijrosini ta’minlash, keksalar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish maqsadida "Nuroniy" jamg‘armasi Chilonzor tumani bo'limi tomonidan shaxmat-shashka musobaqasi o‘tkazildi. Mazkur tadbirda tumandagi 1-sektorga qarashli 12 ta MFYdan tashrif buyurgan nuroniylar ishtirok etishdi. O‘zaro do‘stona va murosasiz kechgan bahslarda otaxonlarimiz g‘oliblik uchun mahoratlarini namoyish etdilar. Yakuniy natijalarga ko‘ra: 🏆 Shashka yo‘nalishi bo‘yicha 3 nafar; 🏆 Shaxmat yo‘nalishi bo‘yicha 3 nafar eng kuchli ishtirokchilar aniqlandi. G‘oliblar tashkilotchilar tomonidan esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar. Bu kabi tadbirlar nuroniylarimizning ijtimoiy faolligini oshirish va vaqtlarini mazmunli o‘tkazishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. 🔵 Сhilonzor_tumani_hokimligi