📢#Qonun : Oliy ta’lim talabalarini armiyaga chaqirish haqida
Savol: Oliy ta’lim muassasalarida o‘qiyotgan talabalar muddatli harbiy xizmatga chaqiriladimi?
✅ Javob:
“Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida”gi qonunning 21-moddasiga ko‘ra: Oliy ta’limning kunduzgi shaklida o‘qiyotgan talabalar o‘qishni davom ettirishlari uchun ularning chaqirilish muddati o‘qishni tamomlagunlariga qadar kechiktiriladi. Ya’ni, ular o‘qishni tugatmaguncha xizmatga chaqirilmaydi.
🎓 Ammo: kunduzgi va kechki ta’limda o‘qiyotgan talabalar o‘z roziligi bilan safarbarlik chaqiruvi rezerviga olinishi mumkin. Bunday holatda ular iyul-avgust oylarida bir oylik harbiy yig‘inlarga jalb etiladi.
@mudofaa_vacancy
#Qonun
Kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchi — harbiy xizmatni kasb sifatida tanlagan va harbiy xizmat majburiyatlarini kontrakt asosida bajarayotgan fuqaro.
👉 mudofaa_vacancy
#Qonun
Muddatli harbiy xizmat harbiy xizmatchisi — Qurolli Kuchlar safida oddiy askarlar tarkibi lavozimlarida majburiy xizmatni o‘tayotgan chaqiruv yoshidagi fuqaro.
👉 mudofaa_vacancy
#Qonun
Haqiqiy harbiy xizmat — chaqiruv yoki kontrakt bo‘yicha oddiy askarlar, serjantlar va ofitserlar tarkibi lavozimlarida Qurolli Kuchlar safidagi harbiy xizmat.
👉 mudofaa_vacancy
#Qonun
Harbiy xizmat — fuqarolar tomonidan Qurolli Kuchlar safida umumiy harbiy majburiyatni bajarish borasidagi davlat xizmatining alohida turi.
👉mudofaa_vacancy
Qurilish maydonlarida atmosfera havosini muhofaza qilish talablariga rioya etmaganlik uchun javobgarlik belgilandi
📌Qonun (O‘RQ-1042-son, 03.03.2025 y.) bilan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga qo‘shimchalar va o‘zgartirish kiritildi.
🔰 Qonunga ko‘ra, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga qurilish maydonlarida atmosfera havosini muhofaza qilish talablariga rioya etmaganlik uchun javobgarlikni belgilovchi qo‘shimchalar va o‘zgartirish kiritildi.
🟢Bunda:
🔹O‘lchami besh yuz kvadrat metr va undan ortiq bo‘lgan qurilish maydonida, unga tutash bo‘lgan hududda hamda undan chiqish yo‘llarida chang va qum zarrachalarining havoga ko‘tarilishini bartaraf etishga doir majburiy talablarni buzish yoxud ushbu hududlarda ifloslantiruvchi moddalarning yo‘l qo‘yiladigan doiradagi normativlardan ortiq darajada atmosfera havosiga chiqarilishiga yo‘l qo‘yish:
➖mansabdor shaxslarga BHMning 10 baravari (3 mln 750 ming so‘m) miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.
🔹Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa:
➖mansabdor shaxslarga BHMning 50 baravari (18 mln 750 ming so‘m) miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.
✔️Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran 3 oy o‘tgach kuchga kiradi.
#atmosfera#qonun
📱telegram 📱instagram
#YalpiMajlis#Qonun#Закон
📝Qattiq maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqish xizmatlari zamon talabiga moslashtiriladi
➡️Batafsil
💬
Услуги по сбору и вывозу твердых бытовых отходов адаптируются к требованиям времени
➡️Подробно
InstagramTelegram
FacebookYoutube
Dizayndagi qonunlar haqida
Dizaynda qonunlar yo'q. Bo'lmagan va bo'lmaydi ham.
Tavsiyalar, maslahatlar, tajriba bor. "O'nta katta xato" va "etti oltin qoida" mavjud, ammo qonunlar esa yo'q.
Agar dizayn fan bo'lganida, bu yo'ldan boshqa yo'l yo'q, deb fikrlasak bo'lar edi. Ammo dizayn bu san'atning, ijodkorlikning, kreativlikning, ma'lum bir odamlarning boshqa odamlar bilan muloqot qilish usullari kabi, til, fikr kabi, har qanday qonunni chetlab o'tadi.
Ⓒ Artemiy Lebedev, Kovodstvo kitobidan.
Batafsil kitobda:
https://www.artlebedev.ru/kovodstvo/sections/99/
#qonun#lebedev#kovodstvo
Davlat va din munosabatlari
↪️ Texnik jihatdan tartibga solish agentligi tizimidagi Surxondaryo hududiy filiallari xodimlari uchun “Davlat va din munosabatlari” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
➡️ Tadbirda Imom Termiziy nomidagi Islom instituti rektori, falsafa fanlari bo‘yicha PhD doktori K.T.Islomov ishtirok etib, vijdon erkinligi va diniy sohadagi davlat siyosati haqida batafsil ma’lumot berdi.
➡️ Xususan, yaqinda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasida fuqarolarning vijdon erkinligini ta’minlash va diniy sohadagi davlat siyosati konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Qonun mazmun-mohiyatiga to‘xtalib o‘tdi.
➡️ Ma’ruzada fuqarolarning vijdon erkinligini ta’minlash, konfessiyalararo totuvlikni mustahkamlash, bag‘rikenglik va dunyoviylikni ta’minlash masalalariga alohida urg‘u berildi. Shuningdek, vatanparvarlik, halollik va oilaviy munosabatlarda ahillik mavzulari ham yoritildi.
↪️ Tadbir yakunida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.
#UzNIM#Davlat_va_din#qonun#manaviy_marifiy_tadbir#hududiy_filallar
📱nim.uz📱Facebook📱Instagram📱Twitter📱Youtube