@utycargo · Post #899 · 2025/11/03 10:22
🌍Central Asia Oil & Gas Forum 2025: energetika logistikasidagi pozitsiyalar mustahkamlanmoqda Toshkent shahrida Markaziy Osiyo mintaqasining uglevodorod sohasiga bag‘ishlangan nufuzli Central Asia Oil & Gas Forum bo‘lib o‘tdi. Forumda milliy kompaniyalar, xalqaro korporatsiyalar, investorlar, logistika operatorlari, treyderlar va davlat tashkilotlari vakillari ishtirok etdilar. 🚆 Forumning ishchi dasturi doirasida “Temiryo‘lkargo” AJ Boshqaruvi raisi o‘rinbosari Oybek Jabarov o‘z maʼruzasi bilan ishtirok etdi. U o‘z chiqishida energetika sektorini taʼminlashda temiryo‘l logistikasining o‘rni, xususan, neft, neft mahsulotlari, sanoat uskunalari va kimyoviy moddalarni mintaqaviy hamda xalqaro yo‘nalishlarda tashish imkoniyatlari haqida so‘z yuritdi. 💡 Maʼruza forum ishtirokchilari, ayniqsa xalqaro treyderlar va energetika sohasidagi yetkazib beruvchilar tomonidan katta qiziqish bilan tinglandi. 🤝 Tadbir doirasida BAAda joylashgan Vamoil International kompaniyasi vakillari bilan alohida uchrashuv o‘tkazilib, energetika logistikasi yo‘nalishidagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi. #Temiryolkargo#OilAndGasForum#Logistics#Energy#Uzbekistan#Cooperation#RailFreight 🌍Central Asia Oil & Gas Forum 2025: позиции в энергетической логистике укрепляются В Ташкенте прошел престижный Центральноазиатский нефтегазовый форум, посвященный углеводородной отрасли Центральноазиатского региона. В форуме приняли участие представители национальных компаний, международных корпораций, инвесторов, логистических операторов, трейдеров и государственных организаций. 🚆 В рамках рабочей программы форума с докладом выступил заместитель председателя правления АО "Темирйулкарго" Ойбек Джабаров. В своем выступлении он рассказал о роли железнодорожной логистики в обеспечении энергетического сектора, в частности, о возможностях транспортировки нефти, нефтепродуктов, промышленного оборудования и химикатов в региональных и международных направлениях. 💡 Доклад был заслушан с большим интересом участниками форума, особенно международными трейдерами и поставщиками энергетического сектора. 🤝 В рамках мероприятия состоялась отдельная встреча с представителями компании Vamoil International, базирующейся в ОАЭ, где обсуждались перспективы сотрудничества в области энергетической логистики. #Temiryolkargo#OilAndGasForum#Logistics#Energy#Uzbekistan#Cooperation#RailFreight https://t.me/utycargo utycargo.uz 📱facebook /📱x.com /📱web sayt/📱linkedin.com/📱instagram