@Chilonzor_tuman_hokimligi · Post #81061 · 2026/03/05 06:38
#Ramazon#MehrMuruvvat #Nuroniylar#Chilonzor #QatortolMahallasi#Ehtirom #RamazonSovgasi Ramazon — mehr-muruvvat, ahillik va shukronalik oyi Chilonzor tumanida muborak Ramazon oyi munosabati bilan keksalar holidan xabar olish, ularni qutlash va e’zozlash tadbirlari davom etmoqda. Jumladan, Nuroniylar kengashining tuman bo‘limi rahbari Tohir Karimov hamda tuman hokimligi mas’ullari bilan birgalikda “Chilonzor” mahallasida istiqomat qiluvchi Ikkinchi jahon urushi davrida front ortida xizmat qilgan faxriy nuroniy otaxon Anvar Sultonovning holidan xabar olindi. Otaxonga Nuroniylar kengashi Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan ajratilgan Ramazon sovg‘asi hamda 1 million so‘m pul mablag‘i topshirildi. Faxriy nuroniylar holidan xabar olish, ularga e’tibor va g‘amxo‘rlik ko‘rsatish tadbirlari davom ettirilmoqda. 👉👉👉Lavhamizda jarayonlar 🔵@Chilonzor_tumani_hokimligi