TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← () => "翠楼屋"

TGINSIGHT SIMILAR POSTS

查找相似内容

Source channel @lambdaexpression · Post #310 · 2月13日

by iPhone13 Pro #摄影

Hashtags

Results

找到 3 条相似帖子

搜索 #rozmetovzm

当前筛选 #rozmetovzm清除筛选
Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi

@gsbe_uz · Post #2717 · 2025/11/01 05:03

“Rozmetov Z.M”korxonasiga amaliy tashrif 🎓 Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi tinglovchilari amaliy o‘quv jarayoni doirasida O‘zbekistonning yirik ishlab chiqaruvchi korxonalaridan biri — «Rozmetov Z.M» MChJga tashrif buyurishdi. 📍 Tashrifning asosiy maqsadi — tinglovchilarning nazariy bilimlarini amaliy tajriba bilan boyitish, ishlab chiqarish jarayonlarini o‘rganish va zamonaviy menejment, innovatsion va raqamli yondashuvlar bilan yaqindan tanishishdan iborat bo‘ldi. 🔵«Rozmetov Z.M» MChJ mamlakatimizda yuqori sifatli mahsulotlar ishlab chiqarish, eksport salohiyatini oshirish va yangi ish o‘rinlari yaratishda faol ishtirok etayotgan korxonalardan biridir. Tashrif davomida tinglovchilar ishlab chiqarish, texnologik jarayonlar, mahsulot sifatini nazorat qilish tizimi hamda korxonaning boshqaruv modeli bilan tanishdilar. 🔰 Korxona rahbariyati tinglovchilarga o‘z faoliyati, yutuqlari va kelgusidagi rivojlanish rejalari haqida batafsil ma’lumot berib o‘tdi. Shuningdek, o‘zaro savol-javob shaklida fikr almashuvlar bo‘lib o‘tdi. 🔴Ushbu tashrif tinglovchilarga amaliy bilim va ko‘nikmalarni shakllantirish, hamda yurtimizda faoliyat yuritayotgan ilg‘or ishlab chiqaruvchi korxonalarning tajribasini o‘rganish imkonini berdi. 🇷🇺Подробнее 🇬🇧More #GSBE#GraduateSchool#RozmetovZM#Experience#Education

Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi

@gsbe_uz · Post #2300 · 2025/04/18 12:29

🕐«Rozmetov Z.M» korxonasiga tashrifdan videolavha ✅ Ma'lumot uchun: «Rozmetov Z.M.» MCHJ kompaniyasi kolbasa va go‘sht mahsulotlari ishlab chiqarish bo‘yicha yetakchi korxonalardan biri hisoblanadi. «Rozmetov» brendi 1989-yilda “O‘zbekiston” mehmonxonasida yaratilgan va “Asl Farhod” mahsuloti bilan mashhur bo‘lgan. Ishlab chiqarishga innovatsion yondashuv va yuqori sifatli mahsulotlar tufayli korxona ichki go‘shtni qayta ishlash bozorida yetakchiga aylandi. ⭐️Mazkur tashrifni tashkil etishda yaqindan yordam bergan «Rozmetov Z.M» jamoasiga minnatdorchilik bildiramiz #GSBE#GraduateSchool#RozmetovZM#Experience#Education

Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi

@gsbe_uz · Post #2293 · 2025/04/18 07:38

✅ «Rozmetov Z.M» korxonasiga amaliy tashrif 🎓 Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi tinglovchilari amaliy o‘quv jarayoni doirasida O‘zbekistonning yetakchi ishlab chiqaruvchi korxonalaridan biri — «Rozmetov Z.M» MChJga tashrif buyurishdi. ⚙️ Tashrifdan ko‘zlangan asosiy maqsad tinglovchilarga ishlab chiqarish jarayonlarini bevosita ko‘zdan kechirish, ilg‘or menejment va logistika tizimlari bilan tanishish, shuningdek, korxonaning muvaffaqiyatli biznes modeli asosida o‘rganish imkoniyatini yaratishdan iborat bo‘ldi. ⭐️ Korxona vakillari tomonidan tinglovchilarga ishlab chiqarish quvvatlari, mahsulot assortimenti, zamonaviy texnologik yechimlar hamda eksport salohiyati haqida batafsil ma’lumotlar taqdim etildi. Shuningdek, tinglovchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga bevosita korxona rahbariyati va mutaxassislaridan javob olish imkoniyatiga ega bo‘lishdi. ⚡️ Mazkur tashrif tinglovchilarning nazariy bilimlarini amaliy tajriba bilan boyitish, mamlakat sanoat salohiyati va ishbilarmonlik muhiti haqida chuqurroq tasavvurga ega bo‘lishlariga xizmat qildi. 🔔Tashrif so‘nggida kompaniya tomonidan tinglovchilarga esdalik sovg‘alari topshirildi. 🇷🇺Подробнее 🇬🇧More #GSBE#GraduateSchool#RozmetovZM#Experience#Education