TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← () => "翠楼屋"

TGINSIGHT SIMILAR POSTS

查找相似内容

Source channel @lambdaexpression · Post #310 · 2月13日

by iPhone13 Pro #摄影

Hashtags

Results

找到 6 条相似帖子

搜索 #socialsummit2025

当前筛选 #socialsummit2025清除筛选
IHMA | Dilfuza Ruzmetova

@IHMA_matbuotkotibi · Post #672 · 2025/11/07 12:21

🎥Bugungi videoda sizni “O‘zbekiston. Ochiq eshiklar mamlakati” stendi bilan yaqindan tanishtiramiz! 🔍 Ko‘rgazma nafaqat mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy himoya islohotlarini, balki inson markazidagi yondashuv va innovatsion texnologiyalarning qanday uyg‘unlashganini ham namoyish etadi. 📌 Stendning har bir bo‘limi — ijtimoiy xizmatlar, nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun imkoniyatlar, raqamlashtirilgan xizmatlar, mahalla tizimidagi o‘zgarishlar — barchasi bir maqsadga xizmat qiladi: hech kimni ortda qoldirmaslik. #SocialSummit2025#Doha2025 📝telegram💻instagram 📝facebook🐧xcom 🎞youtube🎖ihma.uz

IHMA | Dilfuza Ruzmetova

@IHMA_matbuotkotibi · Post #668 · 2025/11/06 19:59

“O‘zbekiston. Ochiq eshiklar mamlakati” stendiga tashrif buyuruvchilar oqimi davom etmoqda — xalqaro delegatsiyalar, BMT agentliklari va ekspertlar mamlakatning innovatsion ijtimoiy himoya modelini o‘rganib, inson qadri va texnologik yondashuv uyg‘unlashgan tizimdan ilhomlanmoqda. 🔜 Ertaga yana bitta video orqali ko‘rgazma haqida batafsil so‘zlab beramiz — uning asosiy g‘oyasi, tarkibi va har bir bo‘lim ortidagi islohotlarni yoritamiz. Sizga qiziqmi? Unda bizni kuzating! #SocialSummit2025#Doha2025 📝telegram💻instagram 📝facebook🐧xcom 🎞youtube🎖ihma.uz

Sammit doirasida Qatar Davlati Ijtimoiy rivojlanish va oila vaziri, xonim Busayna bint Ali an-Nuaymi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv davomida Qatar Davlati va O‘zbekiston Respublikasi o‘rtasida ijtimoiy himoya sohasidagi hamkorlikni yanada kengaytirish istiqbollari muhokama qilindi. Tomonlar zo‘ravonlikka qarshi kurash, inklyuziv ta’limni rivojlantirish va ijtimoiy mutaxassislar malakasini oshirish bo‘yicha tajriba almashishga tayyor ekanliklarini ta’kidladilar. Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktor o‘rinbosari Usman Sharifhodjayev hamkorlikning strategik ahamiyatini ta’kidladi: «Bizning hamkorligimiz davlat rahbarlari darajasida shakllangan o‘zaro ishonchga asoslanadi. 2023-yil oktabr oyida imzolangan Anglashuv Memorandumi ijtimoiy himoya va himoyaga muhtoj guruhlar manfaatida tizimli va uzoq muddatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish uchun muhim asos bo‘ldi». O‘z navbatida, Qatar Davlati Ijtimoiy rivojlanish va oila vaziri, xonim Busayna bint Ali an-Nuaymi ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlikni yuqori baholadi: «O‘zbekiston Respublikasi bilan munosabatlarimizni yanada rivojlantirish uchun katta imkoniyatlarni ko‘ryapmiz. Sizning ijtimoiy sohadagi islohotlaringiz e’tiborga loyiq va biz himoyaga muhtoj aholiga ko‘mak berish hamda ijtimoiy himoya yo‘nalishlarida tajriba almashish borasida birgalikda tashabbuslar ishlab chiqishga tayyormiz». Muzokaralar yakunida 2026–2028 yillar uchun Qo‘shma harakatlar rejasi ishlab chiqilishi bo‘yicha kelishuvga erishildi. Reja zo‘ravonlikka qarshi kurashda idoralararo hamkorlik, nogironligi bo‘lgan shaxslar ta’limida inklyuziyani rivojlantirish va ijtimoiy xodimlar hamda psixologlar malakasini oshirishni o‘z ichiga oladi. Ushbu hujjat 2023-yil oktabr oyida imzolangan Anglashuv Memorandumining amaliy davomiga aylanadi. Xonim Busayna bint Ali an-Nuaymi, shuningdek, O‘zbekistonning sammit doirasida tashkil etilgan ko’rgazma stendi bilan yaqindan tanishib chiqdi va olib borilayotgan islohotlarga yuqori baho berdi. 📌 Yangiliklarimizni kuzatib boring — tez orada sammit tafsilotlari va natijalari bilan bo‘lishamiz! #WSSD_Uzb#Doha2025#SocialSummit2025 📝telegram💻instagram 📝facebook🐧xcom 🎞youtube🎖ihma.uz

IHMA | Dilfuza Ruzmetova

@IHMA_matbuotkotibi · Post #665 · 2025/11/05 09:58

🎥Dohadagi Sammitdan iliq taassurotlar! O’zbekistonning milliy stendi — “O‘zbekiston - Ochiq eshiklar mamlakati” — 2-Umumjahon ijtimoiy rivojlanish sammitining markazida bo‘ldi. Bu faqatgina ko‘rgazma emas — bu insonlar qalbiga yaqin bo‘lgan islohotlarning hikoyasi. Qariyalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar, ehtiyojmand oilalar uchun ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar bilan tanishgan xalqaro mehmonlar, mutaxassislar va vazirlarning samimiy qiziqishini namoyon etdi. Bu jarayon orqali O‘zbekiston jahon hamjamiyatiga nafaqat o‘z tajribasini ulashdi, balki ijtimoiy himoya sohasidagi yangi global muloqotga eshik ochdi. Ushbu video orqali siz ham o‘sha iliq muhitni his eting. Yangiliklarimizni kuzatib boring — tez orada sammit tafsilotlari va natijalari bilan bo‘lishamiz! #WSSD_Uzb#Doha2025#SocialSummit2025 📝telegram💻instagram 📝facebook🐧xcom 🎞youtube🎖ihma.uz

IHMA | Dilfuza Ruzmetova

@IHMA_matbuotkotibi · Post #654 · 2025/11/05 03:10

Dohada O‘zbekistonning “Ochiq eshiklar mamlakati” ko‘rgazmasi namoyish etilmoqda Dohada o‘tayotgan 2-Umumjahon ijtimoiy rivojlanish sammiti doirasida O‘zbekiston tomonidan konseptual ko‘rgazma — “O‘zbekiston — ochiq eshiklar mamlakati” taqdim etilmoqda. 🔑Ochiq eshiklar — ishonch va ochiqlik ramzi. Ular bizning mamlakatimizning mehmondo‘st, hamkorlikka tayyor va dunyoga ochiq ekanini ifoda etadi. Bu eshiklar oddiy dekor emas — har bir eshik orqali ijtimoiy sohada amalga oshirilayotgan o‘zgarishlar, ularga oid faktlar va xizmatlarning aholigacha qanday yetib borayotgani ko‘rsatilgan. Ko‘rgazma markazida — “Mahalla” konsepsiyasi. Chunki barcha islohotlarimiz aynan mahalla darajasida, har bir xonadon bilan individual ishlash orqali real natijalarga erishmoqda. Shuning uchun ko‘rgazmadagi har bir eshik orqasida muayyan islohot ochib berilgan. O’zbekiston ko‘rgazma stendiga bugun Qatar Davlati Amiri Shayx Tamim bin Hamad Ol Soniy janoblaritashrif buyurdi. U kishi O‘zbekiston pavilyonining tashkil etilishi va undagi ma’lumotlarning yuqori darajadaligini baholab, ko‘rgazma uchun minnatdorlik bildirdi. Amir, shuningdek, ijtimoiy rivojlanish borasida O‘zbekiston va Qatarning o‘zaro hamkorligini yanada kengaytirish muhimligini ta’kidladi. Eshiklar orqali tashrif buyuruvchilar Ijtimoiy himoya milliy agentligi va “Inson” markazlari faoliyati, kambag’allikni qisqartirish va oilalarni qo‘llab-quvvatlash, inklyuziv ta’limni rivojlantirish, yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarga ko‘mak berish, sog‘liqni saqlash va ekologiya masalalari, sportni rivojlantirish, majburiy va bolalar mehnatiga barham berish, maktabgacha ta’limni kengaytirish, bolalarga nisbatan zo‘ravonlikka qarshi kurash, ayollarni qo‘llab-quvvatlash va gender tenglik, nogironligi bo‘lgan shaxslar hayotini yaxshilash kabi 11 ta yo’nalishlar natijalari bilan tanishdilar. 🇺🇿 O‘zbekistonning ijtimoiy rivojlanish borasidagi so‘nggi yutuqlari va islohotlari aynan shu ko‘rgazma orqali jahon hamjamiyatiga namoyon etilmoqda. Yangiliklarimizni kuzatib boring — tez orada sammit tafsilotlari va natijalari bilan bo‘lishamiz! #WSSD_Uzb#Doha2025#SocialSummit2025 📝telegram💻instagram 📝facebook🐧xcom 🎞youtube🎖ihma.uz

IHMA | Dilfuza Ruzmetova

@IHMA_matbuotkotibi · Post #629 · 2025/11/03 15:37

Global muloqot markazida: O‘zbekiston ijtimoiy himoya bo‘yicha ilg‘or tajriba bilan qatnashadi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qatarda bo‘lib o‘tadigan Ikkinchi Jahon ijtimoiy rivojlanish Sammitida ishtirok etadi 🔹 Sammit doirasida Ijtimoiy himoya milliy agentligi“O‘zbekiston — ochiq eshiklar mamlakati” nomli milliy ko’rgazma stendni taqdim etadi. Bu yirik interfaol ekspozitsiya bo‘lib, unda so‘nggi yillarda mamlakatimizda ijtimoiy himoya, ta’lim, sog’liqni saqlash, kabi sohalarda amalga oshirilgan islohotlar va 100 dan ortiq ijtimoiy xizmatlarni yagona oynada jamlagan tizimning imkoniyatlari namoyish etmoqda. 🔹 Shuningdek, Agentlik bir qator mamlakatlar ishtirokida xalqaro maxsus tadbirni tashkil etadi. Ushbu maydonda ijtimoiy himoyaga muhtoj aholiga ko‘mak bo‘yicha global chaqiriqlar, ilg‘or yechimlar, shuningdek, O‘zbekistonning inklyuziv va adolatli ijtimoiy himoya tizimi bo‘yicha tajribasi muhokama qilinadi. 🇺🇿 O‘zbekiston ushbu yo‘nalishda sezilarli natijalarga erishmoqda. Sammitda ishtirok etish — mamlakatimiz tajribasini dunyoga namoyish etish, xalqaro hamkorlikni mustahkamlash va har bir insonni qo‘llab-quvvatlash borasidagi global muloqotni davom ettirish uchun muhim imkoniyatdir. 📌 Yangiliklarimizni kuzatib boring — tez orada sammit tafsilotlari va natijalari bilan bo‘lishamiz! #WSSD_Uzb#Doha2025#SocialSummit2025 📝telegram💻instagram 📝facebook🐧xcom 🎞youtube🎖ihma.uz