IT Blog@ITbusiness_school · Post #1850 · 2022/06/17 11:30
#tanqid
Menga “Sizni gaplaringizga, ya’ni 1 yil ichida malibu 2 olganiz va uxlab pul topishizga ishonib biz ham shu kasbni tanlab pul topa olmayapmiz” deydiganlar chiqib turadi. 1-dan men shu kasbni tanlasang senda ham shunaqa bo’ladi demaganman. 2-dan ular bilan birma-bir telefonda gaplashsam umuman 3dddru saytiga model yuklamagan va yaxshi portfolioga ega bo’lmagan hamda zerikkanidan kursni to’liq yakunlamagan bo’lib chiqadi.
Agar manga o’xshash uchun manga ergashib shu kasbni tanlagan bo’lsangiz, unda manga o’xshab soat 4 dan turib kechgacha bir yil ishlang! O’tiraverganingizdan bellaringiz og’rib ketsin. Minglab model yasab ko’zlaringiz og’rib ketsin. Shunda tanqidingiz adolatdan bo’ladi!
Rizqni Alloh beradi! Sabablarini qilmasdan meni aybdor qilmang! Ma’lumot uchun: Diziproda o’qigan o’quchilarimiz kursni tamomlaganlaridan keyin ham yanada kuchliroq mutaxasis bo’lishlari uchun yangi yozilgan kursni bepul beryapmiz.
👉@abdusattor
Chet tillarini oʻrganish kerak, ammo...
Yaxshi oʻquv markaz, qadriyatlariga ega boʻlgan maskanda oʻrganish ham juda muhim ahamiyatga ega. Va shuni ham taʼkidlab oʻtish juda muhimki, siz oʻrganayotgan chet tilingizni madaniyatlariga berilib ketish oqibatida, oʻz eʼtiqodingizga putur yetkazib qoʻymang!
Mana bunaqa dinni hazil qiladigan oʻquv markaziga umuman oʻqish tugul yaqinlashmang ham. Izohda "video hazilomus" maʼnoda olinibdi deb yozishibdi... Din sizlarga hazil boʻldimi hali?
P.s. Oʻz eʼtiqodlaringiz, madaniyatlaringizni toʻliq anglab olmay turib, boshqa tillarni va boshqa mamlakatlar madaniyatini oʻrganishni tavsiya qilmayman!
#tanqid — @xurramovblog
Ali Ahmad@AlisherAhmatovich · Post #876 · 2023/09/14 14:56
Hamma dasturlashga o’zini urmasdan, boshqa sohalarga ham ursa yaxshi bo’lardi.
Bizga kuchli va aqlli amaldor, siyosatshunoslar ham kerak, bunga shubha yo’q.
Kuchli iqtisodchilar ham kerak.
Kimda shu kabi sohalarga Alloh bergan qobiliyati va imkoniyati bo’la turib, pul yoki boshqa sabab umuman boshqa sohaga urgan bo’lsa o’zini, ertaga buni javobi bo’lishi mumkin. Ummatni qiyinchilikdan olib chiqish faqat bir sohada bo’lmasligini tushunib yetyapmiz mana.
#maslahat#tanqid
@Josh_shares
Pul uchun sohasini tanlagan kishi hech qachon professional kadr boʻlolmaydi!
Sohada uni daromadi qiziqtirib ushlab turibdi va ertaga daromad kamaysa boshqa ishga oʻtib ketadi. Yaqinda ham bizga kerakli mutaxassislar boʻyicha 30 dan ziyod kishi bilan gaplashganimda ham, qilinadigan ishlar haqida emas, balki qancha oylik berilishi haqida birinchi soʻrashyapti. Buni soʻrashni yomon joyi yoʻq, albatta, ammo siz bizga qanchalik qiymat bera olishingizni bilmay turib sizga oylik taklif qila olmaymizda...
— Tartibsiz rezyume, imlo xatolar bilan yozilgan. Murojaat qilayotgan kishiga ham xatolar bilan yozib... Tilga eʼtiborsiz kishidan ishiga eʼtiborli boʻlishini kutish ham biroz shubhalidek men uchun. Bu kabi yondashuvli kishilar bilan chiqisha olmasligimiz ham aniqda...
Nuqta verguligacha ahamiyat beradigan kishilar esa, ishiga sifatli yondashuvga ega boʻlishlari mumkin, menga oʻxshab)
Xulosa oʻrnida, oʻzingiz yoqtirgan sohada ishlashga harakat qiling va u sohadan moddiy foyda koʻrmagan taqdiringizda ham, qanaqadir zavq olish uchun ham hobbi sifatida shugʻullanib yurishingiz mumkin. Balki, taqdir taqozosi bilan moddiy foydaga ham kirishingiz mumkin. Albatta, kuchli kadr koʻchada qolmaydi. Ja boʻlmasa mana bunaqa sharoitlar bor yoshlar uchun 😁
#shaxsiyfikr#tanqid — @xurramovblog
Dizayndagi “chupchaklar”…
Hech e’tibor berganmisiz: dizayneri bor kompaniyalar va dizayneri yo‘q kompaniyalar chiqargan vakansiyalar o‘rtasida katta farq bor.
Qaysi birida oylik yuqoriroq bo‘ladi deb o‘ylaysiz?
— Ko‘p kuzatuvlarimga ko‘ra, aynan dizayneri yo‘q kompaniyalar yaxshiroq summa taklif qiladi. Chunki ular bozor holatiga qarab real narx belgilaydi.
Dizayneri bor kompaniyalarda-chi?
Odatda oylik ko‘rsatilmaydi, “kelishiladi” degan klassik iboralar bilan cheklaniladi )
Eng qiziq joyi shuki, vakansiyada doim bir xil gaplar:
“Bizga pulga qiziqqan emas, qadriyatlari bor, o‘rganishni xohlaydigan, jamoa bilan rivojlanadigan dizayner kerak…”
Shu gaplarga o‘zlari ishonisharmikan?
“Qadriyat” degani nimani anglatadi — qiynalib, arzimagan oylikka ishlab, qarzga botib yurishnimi?
Yana bir masala. Tajribali dizaynerlar (yoki o‘zini shunday deb hisoblaydiganlar) vakansiya yozayotib, har xil chupchaklarni yozib, “bizga tajribali dizayner kerak” deydi, lekin budjet 300–400$ atrofida bo‘ladi. Keyin esa “tajribasiz bo‘la turib 500–800$ so‘raydigan dizaynerlar”dan shikoyat qilishni boshlashadi.
Nega bunday?
Sizning kompaniyangiz bozordagi koʻrsatgichlari eng past kompaniya bo‘lishi mumkin, lekin shuni unutmang:
bozor narxlarini “10 yillik tajribali mutaxassis” boʻlsangiz ham yakka o‘zingiz belgilay olmaysiz. (Aqlingiz ham yetmaydi)
Bugun bozorda junior dizaynerlarga ham 1000$ berilayotgan kompaniyalar juda koʻp (shaxsan oʻzim koʻpini taniyman). Farrosh 400-500$ olayotgan paytda UX/UI dizaynerga 300$ ± taklif qilish — uyatli holat!
Agar oylik bera olmasangiz, vakansiyada ochiq yozing:
“Biz shunaqa gadoy tipidagi kompaniya yoki agentlikmiz.”
Buni haqorat sifatida emas, real holat sifatida aytyapman.
Menga shu holatlar bo‘yicha juda ko‘p dizaynerlar yozishyapti:
“tajribali dizayner bilan ishlayman, rivojlanaman” degan umidda ishini o‘zgartiradi, lekin taklif qilinayotgan summalar dahshatli. 1000$ topib yurgan dizayner sizning “qadriyatlaringiz, bir oilamiz, aka-uka, opa-singil tutunamiz”ga ishonib ishini tashlab keladimi — bir o‘ylab ko‘ring.
Dizaynerlar, dasturchilar kun bo‘yi kompyuter qarshisida ko‘z nurini ketkazib ishlaydi. Ularga "mardikor"dan ham kamroq oyliklarni taklif qilib, bozordagi ahvolingizni o‘zingiz hijolatga qo‘ymang. U dizaynerlar bu holatni hech kimga aytmaydi deb oʻylamang, kamida 10 ta tanish dizayneriga aytib chiqsa ham ajab emas, koʻp kompaniyalarni holatini shu kabi dizaynerlar "gadoy kompaniya" ekan deb menga aytishganidan tanib qolganman)
Vakansiyada "qadriyat deysizmi, bir jamoa, bir oila" deysizmi — baribir xodimga kompaniya ham real qiymat bera olishi kerak.
Motivatorlar davridagi chupchak gaplar aytilaverib, hamma kim qandayligini bilib olishdi. Endi boʻladigan gapni yozinglar vakansiyada ham... Qoʻpol qilib aytganda, "quruq gapga, qorin toʻymaydi".
— Dizayner aynan shu kompaniyada ishlamasa ham kuni oʻtadi, Rizq Allohdan...
P.S. Shu turdagi vakansiyalar chiqarayotganlarga bu xabarni yuborib qo‘ying, kazo-kazo dizayner boʻlsa ham!
@suxrobblog
#dizayn#vakansiya#tanqid
Yillar muhim emas!
Veb yoki UX/UI dizaynersiz, sohada 2-3 yillab ishlab kelyapsiz, boringki, 10-15ta proekt qildiz deylik. Lekin, loyihalarda to'g'ri yechim berganingizni qayerdan bilasiz? Xo'p, ishingiz mijozga va dasturchiga yoqdi degani, siz zo'r yorvorishn dizaynersiz degani emas!
Birinchidan mijoz bu dizayner yoki art-direktor emas, dasturchiga keladigan bo'lsak o'zimizda ko'p dasturchilar o'zini ishlatadigan texnologiyalarni ham qoyillatib ishlatishiga ko'zim yetmaydi... Bu bilan, hamma mijoz va dasturchilarni layoqatsiz demoqchi emasman. Ko'plab xalqaro darajadagi yaxshi dasturchilarimiz bor, bundan tashqari dizayndan xabari bor mijozlarimiz ham bo'lishi mumkin, bu juda yaxshi albatta.
Bu postni yozishimdan maqsad, ko'proq rivojlanishimiz kerak, hurmatli dizayner do'stlarim... O'zimizdagi dizaynerlarda kuzatadigan ko'plab, kamchiliklarni yozib ketaman:
— Avvalo loyihani yaxshilab tushunib oling va shu bo'yicha research qiling. Kamida loyihani 20ta alternativ versiyalarini o'rganib chiqing. Alternativi bo'lmagan taqdirda, boshqa loyihalarni yaxshilab tahlil qilib, o'zimizni loyihaga oladigan qismlarini o'rganib, o'z stilingizni yaratishga harakat qiling...
UI'da ishlashdagi kamchiklarimizdan (umumiy UI prinsiplarini bilmaslik):
— Grid bilan to'g'ri ishlay olmaslik;
— Masofa, o'lchamlar (bir bog'dan, bir tog'dan bo'lib ketgan bo'ladi);
— Tugmalar (button) har xil o'lchamda yoki, bitta stilda emasligi;
— Ranglar (Loyiha 2ta mavzuda bo'lsa, figmada color variables bilan ishlashni tavsiya qilaman);
— Components'siz ishlash;
— Layer'larni tartiblamay ishlash, imkon qadar layerlarni nomlab keting (boshqa dizayner b/n ishlasangiz to'liq nomlab keting);
— Boshqa dizayner Feedback'lariga amal qiling. Yokida amal qilmaslik uchun, sabab keltiring)
— Dasturchiga dizaynni topshirishda qadamma-qadam (figmada section'larga bo'lib) tushunarli qilib topshirmaslik.
— Dasturchi siz chizgan dizaynni qidirib yurmasin va ortiqcha savollarni oldini oling. Dasturchi b/n inoq bo'lishga harakat qiling.Va joyi kelganda dasturchiga amallab, yuboring deysiz bemalol 😅;
Bu kamchiliklar juda ko'pchilikda ko'raman, hattoki, Rus va Ukrainalik dizaynerlarni figma faylllarini ochganimda ham uchratganman, bu yaxshi holat emas, albatta. Bu postni esa avvalo o'zimga eslatma uchun ham yozib ketyapman. Menda ham, boshqalarda ham kamchiklar bo'ladi, bu tabiiy holat bundan uyalish yoki hijolat bo'lish kerak emas. Ammo o'rganib, rivojlanmasangiz bu uyatli holatdir, o'rganmaslikdan uyaling!
P.s. Sohani o'rganib borar ekanman, hali ko'p narsalarni bilmasligimni anglab yetyapman. Imkon qadar, zanglagan bilimlarimni yangilab boryapman)
@suxrobblog — #foydali#tanqid#feedback
Bu gapni mendan oldin ham boshqa dizaynerlar aytishgan boʻlishlari mumkin. Dizaynerlarda ozgina qoʻlidan bir oz ish keladigan boʻlib qolgandan keyin manmansirab qolishadimi tushunmayman?!
Dasturchilarda kamdan-kam bu holatni kuzataman. Dizaynerlarda haddan ziyod manmansirash koʻpayib ketmayaptimi?!
Gapirsang, bir davlatning yarim boshli "aborot"ini qiladigandek, gapirsa. Ha-a, "yorvorshn" dizayner ekan-da deb ishini koʻrsang, fundamental xatolarda uralashib yurgan boʻlsa...
@suxrobblog
#dizayner#tanqid#manmanlik
"Linkedin haqida haqiqatlar"
Hozirda Linkedindan faol tarzda foydalanmoqdaman. Oʻzbek auditoriyasi qisman oldi qochdi gap soʻzlarga toʻlib ketibdi.
Hozircha Linkedinʼda professional yondashuvga ega oʻzbek sigmentini his qilmadim. ChatGPT yozib bergan kontekstlar, dasturchilar kodidagi "bug"lar... Men dizaynerman, koddagi "bug" haqidagi post menga qiziq emas, misol uchun.
Kompaniyalar HR'lari ham, postni oʻqib, ha bu zoʻr dasturchi ekanku demasa kerak, aksar holatda dasturchini kod haqidagi posti dasturchilar uchun muhim, normal dasturchi boʻlsa oʻzi izlanib, muammosini yechadi, Mamarayim akani Linkedindagi postini kutib oʻtirmay. HR ham bu postni oʻqib, vaqtini ketkazmay, oʻtkazib yuborish ehtimoli yuqoriroq...
Dasturchilar va boshqa mutaxassislar undan muhimroq jarayonlarni yoritishgani afzalmi deb oʻylayman. Masalan, umumiy oʻzbek auditoriya ijobiy qabul qiladigan, sotuvga ishlamaydigan samimiy yozilgan postlar.
Menga connection boʻlgan kishilar bezovta boʻlmasligi uchun ham, har qanday postga reaksiya bildirmaslikka harakat qilaman, koʻp postlar qiziq ham emas menga, biron narsa oʻrganaman deb kirmayman. U yerda tadbirkor va AyTi sferasidagi kishilar mavjudligi uchunmi, koʻpchilik PR, sotuv uchun post qoʻyishganga oʻxshaydi, goʻyoki. Tabiiylik, samimiylik yoʻq, "copy paste" ishlanmalar koʻpi, fikrimcha!
— "Baʼzi kompaniyalar" oʻzlarini product'ini maqtash bilan ovora. Bu ishimizdan faxrlanamiz, bu loyihadan gʻururlanamiz, izohlarda oʻzlari ishlab chiqqan ishga, zoʻr chiqibdi deb yozib ham qoʻshishyapti, qoyil-e)
Dizaynerlar, Linkedin dizayner portfoliosini qoʻyib boradigan joy emas. Ha deganda dizayn ishlarini Linkedinda koʻrish ham normal holat emas, bu ham dasturchini "bug" haqidagi postiga oʻxshab qoladi. Ideal dizaynerni portfoliosi men uchun Behance. Ishlaringizni batafsil yoritib, keys shaklida joylaganingiz afzal, deb oʻylayman.
Mijoz topish, sotuvchi deysizmi? U yerdan mijoz topib, millioner boʻlib ketgan odamni bilmayman. Baʼzi holatlarda mijoz va ish beruvchilarni bezdirib qoʻyishingiz ham mumkin.
Masalan mana bunaqa:
— Tadbirkor odam: "bu dizaynermi kim bu oʻzi, boshqa ishi yoʻqmi, har kuni post qiladi? Ishini koʻz-koʻz qilib xit qildi oʻziyam. Kechayam, yemagan ishini qoʻyidu, connection'dan chiqarib yuboray yaxshisi. 😒"
Xullas, shunaqa gaplar, postda imlo xatolar boʻlsa, Linkedinda yozib yubormanglar. Matnni toʻliq qoʻlda, yozganman, samimiyligi bilinsin deb!
P.s. Aytgancha kopirayterlik boʻyicha ham tajribam bor ))
@suxrobblog // #linkedin#fikr#tanqid#pr