TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← () => "翠楼屋"

TGINSIGHT SIMILAR POSTS

查找相似内容

Source channel @lambdaexpression · Post #310 · 2月13日

by iPhone13 Pro #摄影

Hashtags

Results

找到 8 条相似帖子

搜索 #targibot

当前筛选 #targibot清除筛选
Navoiy viloyat Kengashi

@navoiyekopartiya · Post #20181 · 2026/02/12 04:58

#Zarafshon #Targibot Zarafshon shahrida yoshlar o‘rtasida ekologik huquqiy madaniyatni yuksaltirishga qaratilgan muhim ma’rifiy tadbir – “Siz ekologiyaga oid qonunlarni bilasizmi?” nomli respublika ko‘rik-tanlovining maktablararo final bosqichi yuqori saviyada bo‘lib o‘tdi. Final bosqichida shahar hududidagi umumta’lim maktablaridan saralab olingan 13 ta jamoa ishtirok etdi. Har bir jamoa ekologiyaga oid huquqiy bilimlari, sahnaviy chiqishlari, savol-javoblardagi faolligi hamda jamoaviy hamkorlikdagi mahorati orqali o‘zaro kuch sinashdi. Hakamlar hay’ati tomonidan jamoalarning chiqishlari nizom talablari asosida baholab borildi. Yakuniy natijalarga ko‘ra, bilim, sahnaviy mahorat va jamoaviy uyg‘unlik borasida eng yuqori natijani qayd etgan 2-umumta’lim maktabi jamoasi faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritib tanlovning viloyat bosqichida ishtirok etish huquqini ham qo‘lga kiritdi. Navoiy viloyati Kengashi matbuot xizmati 👇Kanalimizga obuna bo‘ling! https://t.me/navoiyekopartiya

Navoiy viloyat Kengashi

@navoiyekopartiya · Post #19007 · 2025/11/28 13:12

#Zarafshon #Targibot Zarafshon shahrida ekologik madaniyatni oshirish, yoshlarda atrof-muhitga e’tibor va mas’uliyat tuyg‘usini mustahkamlash maqsadida Oʻzbekiston Ekologik partiyasi Zarafshon shahar Kengashi raisi tashabbusi bilan Barkamol avlod bolalar maktabida o‘quvchilar ishtirokida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Tadbirda shahar Kengashi raisi ekologik muammolarning bugungi kundagi dolzarbligi, ularga befarq bo‘lmaslik, ayniqsa, yoshlar ongida “tabiat – umumiy uyimiz” degan tushunchani mustahkamlash zarurligini alohida ta’kidladi. O‘quvchilar ekologiya borasidagi o‘zlarini qiziqtirgan savollarini berishdi, shuningdek, maktab hududida amalga oshirilayotgan ko‘kalamzorlashtirish ishlari, chiqindilarni saralash tizimi va ekologik loyihalarda ishtirok etish imkoniyatlari haqida ham fikr almashdilar. Navoiy viloyati Kengashi matbuot xizmati 👇👇Kanalimizga obuna bo‘ling https://t.me/navoiyekopartiya

Navoiy viloyat Kengashi

@navoiyekopartiya · Post #20191 · 2026/02/12 04:59

#Qiziltepa #Targibot Qiziltepa tumanidagi 7-umumiy o‘rta ta’lim maktabida buyuk sarkarda va mutafakkir, shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 543 yilligiga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbirda O‘zbekiston Ekologik partiyasi Qiziltepa tuman Kengashi raisi, maktab pedagog jamoasi, o‘quvchi-yoshlar hamda faollar ishtirok etdi. Shundan so‘ng so‘zga chiqqan tuman Kengashi raisi Zahiriddin Muhammad Boburning serqirra hayot yo‘li, harbiy yurishlari, davlat boshqaruvidagi salohiyati bilan bir qatorda, uning nozik qalb egasi, tabiat oshuftasi bo‘lganini alohida ta’kidladi. Boburning “Boburnoma” asarida tabiat manzaralari, o‘simlik va hayvonot olami, daryo va bog‘lar tasviri nihoyatda mehr bilan, kuzatuvchanlik asosida yoritilgani yoshlar uchun ibrat maktabi ekani qayd etildi. Navoiy viloyati Kengashi matbuot xizmati 👇Kanalimizga obuna bo‘ling! https://t.me/navoiyekopartiya

Navoiy viloyat Kengashi

@navoiyekopartiya · Post #20149 · 2026/02/09 05:50

#Uchquduq #Targibot O‘zbekiston Ekologik partiyasi Uchquduq tuman Kengashi raisi tomonidan buyuk mutafakkir, so‘z mulkining sultoni Alisher Navoiy tavalludining 585 yilligi munosabati bilan tumandagi 7-umumiy o‘rta ta’lim maktabida davra suhbati tashkil etildi. Suhbat davomida Alisher Navoiy nafaqat ulug‘ shoir va davlat arbobi, balki xalq farovonligi, obodlik va bunyodkorlik yo‘lida beqiyos xizmat qilgan buyuk siymo ekanini alohida ta’kidlashdi. Uning asarlarida tabiatni asrash, suv va yer ne’matlariga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lish, har bir insonning atrof-muhit oldidagi mas’uliyati haqida ibratli fikrlar borligi sodda va tushunarli misollar orqali o‘quvchilarga yetkazildi. O'quvchilar tomonidan Navoiy g‘azallari va ruboiylaridan namunalar ifodali o‘qildi. Bu esa davra suhbatiga yanada ko‘tarinki ruh bag‘ishlab, yoshlarning adabiyotga bo‘lgan qiziqishini oshirdi. Navoiy viloyati Kengashi matbuot xizmati 👇Kanalimizga obuna bo‘ling! https://t.me/navoiyekopartiya

Surxondaryo viloyati Kengashi

@ecopartysurxon · Post #22920 · 2026/02/17 05:38

#Ekopartiya #Jarqoʼrgʼon_tumani #Targibot ♻️ Ekologik madaniyatni oshirish yoʻlidagi muhim uchrashuv Oʻzbekiston Ekologik partiyasi Jarqoʻrgʻon tuman partiya tashkiloti raisi K. Gʻafurjonovich tashabbusi bilan tumandagi “Seul Smart Education” oʻquv markazida partiya targʻibotiga bagʻishlangan davra suhbati tashkil etildi. Tadbirda oʻquv markaz direktori Umid Davlatov, markaz oʻqituvchilari hamda iqtidorli va faol yoshlar ishtirok etdi. Davra suhbati davomida partiyaning asosiy maqsad va vazifalari, atrof-muhitni muhofaza qilish, ekologik muammolarni bartaraf etish, “Yashil makon” umummilliy loyihasi, suv va havo resurslarini asrash masalalari yuzasidan batafsil tushunchalar berildi. Shuningdek, yoshlarni ekologik tashabbuslarda faol ishtirok etishga chorlash, ularning taklif va gʻoyalarini qoʻllab-quvvatlash muhimligi alohida taʼkidlandi. Ishtirokchilar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan atroflicha javoblar oldilar. Surxondaryo viloyat partiya tashkiloti Matbuot xizmati

Surxondaryo viloyati Kengashi

@ecopartysurxon · Post #24279 · 2026/03/17 12:35

#Ekopartiya #Uzun_tumani #Ekologik_sana #Targibot 🌱 “14-mart – Xalqaro to‘g‘onlarga qarshi kurashish kuni” munosabati bilan targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi O‘zbekiston Ekologik partiyasi Uzun tumani Kengashi raisi Sh. Mavlonov tashabbusi bilan tumandagi Pedagogika texnikumida “14-mart – Xalqaro to‘g‘onlarga qarshi kurashish kuni” munosabati bilan ekologik targ‘ibot tadbiri tashkil etildi. Tadbirda o‘quvchi-yoshlar, pedagoglar hamda mutaxassislar ishtirok etib, ekologik muammolar, xususan yirik gidrotexnik inshootlarning atrof-muhitga ta’siri, suv resurslaridan oqilona foydalanish hamda tabiiy muvozanatni saqlash masalalari yuzasidan atroflicha ma’lumotlar berildi. Tadbir davomida to‘g‘onlar qurilishining ekologik oqibatlari haqida tushunchalar berildi, suv resurslarini tejash va muhofaza qilish zarurligi ta’kidlandi, yoshlarning ekologik madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan fikr-mulohazalar bildirildi. 🌍 Ta’kidlanganidek, tabiat va inson o‘rtasidagi muvozanatni saqlash, ekologik xavfsizlikni ta’minlashda har bir fuqaroning mas’uliyati muhim ahamiyat kasb etadi. Ekopartiya Surxondaryo viloyat Kengashi matbuot xizmati

IIBB YHXB | Rasmiy kanali

@ubdd_uz · Post #33384 · 2026/01/05 16:31

#TARGIBOT#DIQQAT_PIYODA #QONUN_USTUVOR_JAZO_MUQARRAR 🅰 Poytaxtimiz hududi bo'ylab Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari tomonidan yo'l-transport hodisalarini oldini olish yuzasidan nazorat reyd tadbirlari va targ'ibot-tashviqot ishlari olib borilmoqda. ✅Toshkent shahar IIBB YHXB Axborot xizmati

Сhilonzor tumani hokimligi Matbuot xizmati

@Chilonzor_tuman_hokimligi · Post #81898 · 2026/03/19 07:14

#Beshqorg'on_MFY #Yoshlar #HuquqbuzarlikProfilaktikasi #IIV #Xavfsizlik #Targibot #270Maktab Payshanba – Yoshlar kuni: “Beshqo‘rg‘on” MFYda yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazildi Payshanba –Yoshlar kuni munosabati bilan “Beshqo‘rg‘on” MFY hududida joylashgan 270-maktabda keng qamrovli profilaktik tadbir tashkil etildi. Unda IIV JIED mas’ul xodimi, ishchi guruhi a’zolari, profilaktika inspektori, IIV Akademiyasi kursantlari hamda MFY “yettligi” vakillari ishtirok etdi. Tadbir davomida o‘quvchilarga axborot texnologiyalari sohasida xavfsizlik, giyohvandlikning salbiy oqibatlari, firibgarlik holatlaridan himoyalanish hamda yo‘l harakati xavfsizligi (DYHXX) yo‘nalishida jinoyat qurboniga aylanib qolmaslik yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi. Shuningdek, MFY yoshlar yetakchisi tomonidan bugungi kunda yoshlarga davlatimiz rahbari tomonidan yaratilayotgan keng imkoniyat va shart-sharoitlar haqida targ‘ibot ishlari olib borildi. Tadbir yakunida MFY profilaktika inspektori so‘zga chiqib, o‘quvchilarni to‘g‘ri yo‘ldan yurishga, qonunlarga hurmat bilan qarashga hamda har qanday noqonuniy xatti-harakatlardan yiroq bo‘lishga chaqirdi. 🔵@Chilonzor_tuman_hokimligi