@Chilonzor_tuman_hokimligi · Post #80524 · 2026/02/19 03:31
#Xavfsizlik #JamoatTartibi #TungiXizmat #TezkorProfilaktika #VaziyatlarMarkazi #FaceID #KuzatuvKamerasi #XavfsizHudud Chilonzor tumanida tungi xizmat kuchaytirilgan tartibda davom etmoqda Chilonzor tumani hududida xavfsiz muhitni ta’minlash maqsadida tungi xizmatga jalb etilgan ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan tezkor-profilaktik tadbirlar izchil ravishda amalga oshirilmoqda. Amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijasida jamoat tartibini saqlash, huquqbuzarlik va jinoyatlarning oldini olishga alohida e’tibor qaratilmoqda. 🔎 Vaziyatlar markazi faoliyati tufayli sodir etilgan jinoyatlar tezkorlik bilan fosh etilmoqda hamda sodir etilishi mumkin bo‘lgan jinoyatlarning barvaqt oldi olinmoqda. 🎥 Shuningdek, hududda o‘rnatilgan zamonaviy kuzatuv kameralari va “Face ID” texnologiyasi orqali aksariyat huquqbuzarliklar o‘z vaqtida aniqlanib, huquqbuzar shaxslarga nisbatan qonuniy choralar ko‘rilmoqda. Huquq-tartibot idoralari tomonidan aholi tinchligi va xavfsizligini ta’minlash borasidagi ishlar qat’iy nazorat ostida davom ettirilmoqda. 👉👉👉Ichki ishlar vazirligi Matbuot xizmati tomonidan tayyorlangan videolavhada ayni jarayonlar 🔵@Chilonzor_tumani_hokimligi