@handicraftman · Post #54933 · 2026/02/25 05:54
#Buxoro 📍 Vobkentda etno-turizm qishlog‘i: hunarmand ayollar qo‘llab-quvvatlanmoqda ⚡️Vobkent tumanining “Shirin” mahallasida tashkil etilgan etno-turizm qishlog‘i hamda “Daromadli ayol” loyihasi doirasidagi kasanachilik ishlari bilan tanishildi. Tadbirda Botir Zaripov ishtirok etib, xotin-qizlar bandligini ta’minlash va turizm infratuzilmasini rivojlantirish muhimligini ta’kidladi. 📌Maskanda hunarmandchilik ko‘rgazmalari, milliy taomlar, etno-madaniy dasturlar yo‘lga qo‘yilgan. Tikuvchilik, kashtachilik, to‘qimachilik va suvenir ishlab chiqarish orqali ayollarning daromadi oshirilmoqda. 📊Yakunda turizm salohiyatini kengaytirish va hunarmand ayollar mahsulotlarini bozorga samarali chiqarish bo‘yicha vazifalar belgilandi. #Hunarmand#Vobkent#EtnoTurizm#DaromadliAyol Faсebook| ✅Instagram ✅Youtube | ✅Murojaat yo'llas