#Xatirchi
#Ekoreyd
O‘zbekiston Ekologik partiyasi Xatirchi tuman Kengashi raisi tomonidan mahallalarda ekoreyd tadbiri o‘tkazildi. Ekoreyd davomida mahallalarning sanitariya holati, chiqindilarni yig‘ish va olib chiqib ketish tizimi, shuningdek, aholiga yaratilgan sharoitlar joyiga chiqib o‘rganildi.
O‘rganish jarayonida hududlarga xizmat ko‘rsatuvchi “Mironshox Komfort Servis” MCHJ faoliyati ham tahlil qilindi. Aniqlanishicha, mazkur tashkilot tomonidan mahallalardan maishiy chiqindilarni haftaning ikki kunida olib chiqib ketish yo‘lga qo‘yilgan. Biroq ayrim hududlarda chiqindilarni belgilangan muddatlarda olib ketish masalasiga yanada mas’uliyat bilan yondashish zarurligi qayd etildi.
Ekopartiya Navoiy viloyati Kengashi matbuot xizmati
👇👇Kanalimizga obuna bo‘ling
https://t.me/navoiyekopartiya
#Xatirchi
#Ekoreyd
Xatirchi tumanida ekoreyd tadbiri
Oʻzbekiston Ekologik partiyasi Xatirchi tuman Kengashi raisi tomonidan hududdagi daraxtlar va yashil maydonlar holatini oʻrganish maqsadida ekoreyd tadbiri oʻtkazildi.
Tadbir davomida daraxtlarni parvarishlash va sugʻorish ishlari nazorat qilindi, hududlarda koʻchat ekish va koʻkalamzorlashtirish boʻyicha tavsiyalar berildi.
Ekoreyd natijasida yashil hududlarni asrash va ekologik madaniyatni oshirishga oid amaliy chora-tadbirlar belgilandi. 🌳
Ekopartiya Navoiy viloyati Kengashi matbuot xizmati
👇👇Kanalimizga obuna bo‘ling
https://t.me/navoiyekopartiya
#Xatirchi
#Ekoreyd
Xatirchi tumanida ekoreyd o‘tkazildi
Oʻzbekiston Ekologik partiyasi Xatirchi tuman Kengashi raisi tomonidan Farovon MFY hududida ekologik holatni o‘rganish maqsadida ekoreyd o‘tkazildi.
O‘rganish davomida ayrim chiqindixonalar o‘z vaqtida tozalanmagani aniqlandi. Shundan so‘ng Mironshox Komfort Servis MCHJga murojaat qilinib, hududdagi chiqindixonalar tozalandi hamda tartibga keltirildi.
Ekoreyd davomida aholi bilan suhbat o‘tkazilib, hududni toza saqlash va ekologik madaniyatni oshirish yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi.
Ekopartiya Navoiy viloyati Kengashi matbuot xizmati
👇👇Kanalimizga obuna bo‘ling
https://t.me/navoiyekopartiya
#Xatirchi
#Ekoreyd
Damariq MFY hududida joylashgan yangi qurilgan ko‘p qavatli uylar atrofida ekologik holatni o‘rganish maqsadida O‘zbekiston Ekologik partiyasi Xatirchi tuman Kengashi raisi boshchiligida ekoreyd tadbiri o‘tkazildi.
Tadbir davomida hududdagi daraxt va ko‘chatlarning holati, ularning parvarishi hamda atrof-muhit tozaligi o‘rganildi. Shuningdek, maishiy chiqindilarni yig‘ish va ularni belgilangan joylarga tashlash tartibi ham ko‘zdan kechirildi.
Mutasaddilar tomonidan hududni yanada obodonlashtirish, yashil maydonlarni asrab-avaylash hamda tozalikni ta’minlash bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi. Ekoreyd davomida aholi o‘rtasida ekologik madaniyatni oshirishga qaratilgan tushuntirish ishlari ham olib borildi. 🌿
Ekopartiya Navoiy viloyati Kengashi matbuot xizmati
👇Kanalimizga obuna bòling!
https://t.me/navoiyekopartiya
#Xatirchi
#Ekoreyd
20-maktab hududida ekoreyd o‘tkazildi
Oʻzbekiston Ekologik partiyasi Xatirchi tuman Kengashi raisi hamda partiyadan saylangan Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati tomonidan 20-sonli maktab hududida ekoreyd o‘tkazildi.
O‘rganish davomida hududning sanitariya holati ko‘zdan kechirilib, chiqindilarni o‘z vaqtida olib ketish hamda tozalikni doimiy ta’minlash yuzasidan maktab ma’muriyatiga zarur tavsiyalar berildi.
Hudud tozaligini saqlash va o‘quvchilar o‘rtasida ekologik madaniyatni kuchaytirish masalasi deputatlik nazoratiga olindi.
Ekopartiya Navoiy viloyati Kengashi matbuot xizmati
👇👇Kanalimizga obuna bo‘ling
https://t.me/navoiyekopartiya
#Xatirchi
#Ekoreyd
Oʻzbekiston Ekologik partiyasi Xatirchi tuman partiya tashkiloti tomonidan Paraxun mahallasida navbatdagi ekoreyd tadbiri oʻtkazildi.
Natijada, aholining gavjum yashaydigan hududlarida maishiy chiqindilar toʻplanib qolganligi aniqlanib, ularning noto‘g‘ri joylarga tashlanayotgani ko‘zga tashlandi.
Aniqlangan muammo yuzasidan “Mironshox Komfort Servise” MCHJ rahbariga rasmiy tarzda xabar berildi.
Reyd yakunida maxsus texnika va ishchi guruhlar jalb qilinib, hududdagi barcha to‘planib qolgan maishiy chiqindilar toʻliq tozalandi.
Navoiy viloyati Kengashi matbuot xizmati
👇Kanalimizga obuna bo‘ling!
https://t.me/navoiyekopartiya
#Xatirchi
#ekoreyd
O‘zbekiston Ekologik partiyasi Xatirchi tuman Kengashi raisi tomonidan tumandagi ijtimoiy soha obyektlarining qish mavsumiga puxta tayyorgarligini ta’minlash maqsadida 10-umumiy o‘rta ta’lim maktabida ekoreyd tadbiri o‘tkazildi.
Ekoreyd jarayonida, avvalo, ta’lim muassasasining isitish tizimi holati, qozonxonalarning texnik sozligi, issiqlik quvurlarining ishlash darajasi hamda sinf xonalarida belgilangan harorat me’yorlariga rioya etilayotgani atroflicha ko‘zdan kechirildi.
Shuningdek, maktablarda energiya tejamkorligiga oid choralar, yoqilg‘i resurslaridan oqilona foydalanish masalalari ham e’tibordan chetda qolmadi.
Navoiy viloyati Kengashi matbuot xizmati
👇👇Kanalimizga obuna bo‘ling
https://t.me/navoiyekopartiya
#Xatirchi
#Ekoreyd
Atrof-muhitni muhofaza qilish, hududlarda sanitariya holatini yaxshilash hamda aholining ekologik madaniyatini oshirish maqsadida Oʻzbekiston Ekologik partiyasi Xatirchi tuman Kengashi raisi tomonidan Paraxun MFY hududida ekoreyd tadbiri tashkil etildi.
Ekoreyd davomida Paraxun MFY hududidagi Mustaqillik koʻchasida joylashgan maishiy chiqindilar uchun moʻljallangan maxsus chiqindi qutisi belgilangan meʼyordan ortiq darajada toʻlib ketgani aniqlandi.
Aniqlangan kamchiliklar yuzasidan masʼul tashkilotlarga maʼlumot berildi. Natijada chiqindilar o‘z vaqtida olib chiqilib, hudud tozalandi.
Mazkur ekoreyd tadbiri ekologik muammolarga befarq bo‘lmaslik, toza va obod muhitni asrab-avaylash yo‘lida amalga oshirilayotgan amaliy ishlarning yana bir ifodasi bo‘ldi.
Navoiy viloyati Kengashi matbuot xizmati
👇👇Kanalimizga obuna bo‘ling
https://t.me/navoiyekopartiya
#Xatirchi
#Jamoatchilik_nazorati
O‘zbekiston Ekologik partiyasi Xatirchi tuman Kengashi raisi tomonidan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida tumanda amalga oshirilayotgan ko‘kalamzorlashtirish ishlari yuzasidan jamoatchilik monitoringi o‘tkazildi.
O‘rganishlar davomida Amir Temur istirohat bog‘ida 190 tup manzarali daraxt ko‘chatlari ekilgani aniqlandi.
Shuningdek, “Milliy bog‘” loyihasi doirasida 200 dan ortiq turli iqlim sharoitiga mos daraxt ko‘chatlari ekilgan bo‘lib, mazkur hudud kelgusida aholi uchun qulay dam olish maskaniga aylantirilishi rejalashtirilgan. Bundan tashqari, “Xotira xiyoboni” atrofida 50 dan ortiq daraxt ko‘chatlari ekilib, hududni obodonlashtirish ishlari izchil davom ettirilayotgani qayd etildi.
Sohil bo‘yi atrofida 95 tup daraxt ko‘chatlari o‘tqazilgani hamda ushbu hududda yashil hududlarni kengaytirish bo‘yicha qo‘shimcha ishlar olib borilayotgani bildirildi.
Ekopartiya Navoiy viloyati Kengashi matbuot xizmati
👇👇Kanalimizga obuna bo‘ling
https://t.me/navoiyekopartiya
#Jamoatchilik_nazorati
#Xatirchi
O‘zbekiston Ekologik partiyasi Xatirchi tuman Kengashi raisi tomonidan tumandagi Mustaqillik MFY hududida joylashgan kichik sanoat zonasida faoliyat yuritayotgan un ishlab chiqarish korxonasida jamoatchilik nazorati o‘tkazildi.
Mazkur un zavodi bir sutkada 4,5 tonna bug‘doy mahsulotini qayta ishlab, aholi iste’moli uchun un hamda chorvachilik uchun kepak mahsulotlari ishlab chiqarayotgani ma’lum qilindi.
Jamoatchilik nazorati davomida ishlab chiqarish jarayonida chang va chiqindilarni kamaytirish, hududni obodonlashtirish, yashil hududlarni kengaytirish hamda atrof-muhitga salbiy ta’sirlarni oldini olish yuzasidan tavsiyalar berildi.
Ekopartiya Navoiy viloyati Kengashi matbuot xizmati
👇👇Kanalimizga obuna bo‘ling
https://t.me/navoiyekopartiya
#Xatirchi
#Jamoatchilik_nazorati
Bugun Oʻzbekiston Ekologik partiyasi Xatirchi tuman Kengashi raisi hamda tuman Kengashi deputatlari ishtirokida Xatirchi tumanida faoliyat yuritayotgan avtotransport vositalarini yuvish shaxobchalarida jamoatchilik monitoringi oʻtkazildi.
Xususan, yuvish jarayonida foydalanilayotgan suvning sarfi, oqava suvlarni yigʻish va tozalash tizimlarining mavjudligi hamda ularning texnik holati koʻzdan kechirildi.
Jamoatchilik monitoringi davomida tadbirkorlik subyektlari bilan ochiq muloqot oʻtkazilib, ekologik talablarni bajarish nafaqat qonunchilik talabi, balki atrof-muhitni asrash yoʻlidagi muhim omil ekani alohida taʼkidlandi.
Navoiy viloyati Kengashi matbuot xizmati
👇Kanalimizga obuna bo‘ling!
https://t.me/navoiyekopartiya
#Xatirchi
#Jamoatchilik_nazorati
O‘zbekiston Ekologik partiyasi Xatirchi tuman Kengashi raisi tomonidan tumanda qishloq xo‘jaligi bilan shug‘ullanayotgan aholi xonadonlarida o‘rganish ishlari olib borildi.
Jumladan, Dehqonobod mahalla fuqarolar yig‘ini, Xo‘ja ko‘chasi 67-uy manzilida yashovchi Salimov Quchqor aka xonadonida ham bo‘lindi. Ushbu xonadonda tomorqa yerlaridan oqilona foydalanilgan bo‘lib, 3,5 sotix maydonda zamonaviy issiqxona tashkil etilgan.
Ma’lum bo‘lishicha, xonadon egasi issiqxonada asosan ko‘katlar va “zelin” ekinlarini yetishtirib, yil davomida mo‘l hosil olmoqda. Natijada, xonadonning yillik daromadi o‘rtacha 55–60 million so‘mni tashkil etmoqda. Bu esa nafaqat oila byudjetini mustahkamlash, balki mahalla aholisini mavsumiy toza va sifatli mahsulotlar bilan ta’minlashga ham xizmat qilmoqda.
Navoiy viloyati Kengashi matbuot xizmati
👇Kanalimizga obuna bo‘ling!
https://t.me/navoiyekopartiya