@IHMA_matbuotkotibi · Post #411 · 2025/08/31 05:25
#YangiOzbekistonda #YangiIjtimoiyHimoya #34Yil 🇺🇿“Barchasi xalq uchun, inson qadri uchun” — bu Prezidentimiz siyosatining bosh mezonidir. So‘nggi ikki yil davomida Yangi O‘zbekistonda ijtimoiy himoya tizimi aynan shu tamoyil asosida mutlaqo yangi mazmun kasb etdi. Chunki Prezidentimiz doim ta’kidlaganidek, amalga oshirilayotgan har bir islohot – xalq farovonligi uchundir. ✦ 2 yil – 2 million taqdir. Bu oddiy raqam, statistika emas. Bu – ikki million insonning hayoti, his-tuyg‘ulari, orzulari va kelajagidir. Har bir taqdir – Yangi O‘zbekiston kelajagiga qo‘shilgan ulkan hissa. Bu – orzulariga qanot topgan yoshlarning, farzandi uchun kurashayotgan onalarning, keksa ota-onasiga mehr izlayotgan farzandlarning, nogironligi bor bo‘lsa-da hayotdan umidini yo‘qotmagan insonlarning hikoyalari. Bugun ijtimoiy himoya har bir oilaning hayotiga yangi rang olib kirmoqda. G‘amxo‘rlik – nafaqat yordam, balki inson qadrini yuksaltirish, ertangi kunga bo‘lgan ishonchni qaytarishdir. Ijtimoiy himoya – inson uchun, inson qadri uchun! Telegram | Х Facebook | Instagram