⚡️Kitob o‘qib ota-onasiga avtomobil sovg‘a qilayotgan yoshlar safi ko‘paymoqda!
🇺🇿Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan tashkil etilgan “Yosh kitobxon” tanlovining respublika bosqichida 15-19 yosh toifasi bo‘yicha bahslar yakunlandi.
Qizg‘iz bahs va munozaralarga boy bo‘lgan tanlov yakunida eng bilimdon yoshlar aniqlanib, Prezident sovg‘asi — BYD Chazor elektromobili va pul mukofotlari o‘z egalariga topshirildi.
🏆G‘oliblar bilan tanishing!
1-o‘rin — Xaldurdiyeva Oguljeren (Toshkent shahri) – 340.3 ball, Prezident sovg‘asi – BYD Chazor elektromobili;
2-o‘rin — Murodova Shahnozabonu (Sirdaryo viloyati) – 301.7 ball bilan 75 million so‘m;
3-o‘rin — Muxtorova Muhinur (Samarqand viloyati) – 296 ball bilan 50 million so‘m pul mukofoti bilan taqdirlandilar.
👏 Barcha g‘oliblarni samimiy muborakbod etamiz! !
#YoshKitobxon
Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram📱Instagram📺YouTube🌍Veb sayt
27-dekabrdan "Yosh kitobxon" tanloviga start beriladi!
"Yosh kitobxon" tanlovining saralash bosqichlari o‘tkaziladigan manzillar ro‘yxati bilan quyidagi havola orqali o'z hududingizni tanlagan holda tanishib chiqishingiz mumkin:
• Qoraqalpog‘iston Respublikasi
• Andijon viloyati
• Buxoro viloyati
• Jizzax viloyati
• Qashqadaryo viloyati
• Navoiy viloyati
• Namangan viloyati
• Samarqand viloyati
• Sirdaryo viloyati
• Surxondaryo viloyati
• Toshkent viloyati
• Farg‘ona viloyati
• Xorazm viloyati
• Toshkent shahar
❗️Eslatib o‘tamiz, "Yosh kitobxon" tanlovining saralash bosqichi:
27-dekabr - 10-14 yosh toifasi (2007-2011 yillar oralig‘ida tug‘ilganlar) uchun;
28-dekabr - 15-19 yosh toifasi (2002-2006 yillar oralig‘ida tug‘ilganlar) uchun;
29-dekabr - 20-30 yosh toifasi (1991-2001 yillar oralig‘ida tug‘ilganlar) uchun bo‘lib o‘tadi.
⏰ Tanlov soat 10:00dan 17:00ga qadar o‘tkaziladi.
#yoshkitobxon
@dkattakhanova👈
Kitobxonlar navbatdagi bosqichga tayyormisiz?
📚Mamlakatimiz bo‘ylab kitobxonlik harakatini yangi bosqichga olib chiqqan “Yosh kitobxon” tanlovining tuman va shahar bosqichlari boshlanmoqda! Joriy yilning 31-yanvar kuni barcha hududlarda bilimdon yoshlarimiz bir vaqtning o‘zida o‘zaro bellashadilar.
Tanlov o‘tkaziladigan manzillar va mas’ul xodimlar haqidagi batafsil:
✔️Qoraqalpog’iston Respublikasi;
✔️Andijon viloyati;
✔️Buxoro viloyati;
✔️Jizzax viloyati;
✔️Qashqadaryo viloyati;
✔️Navoiy viloyati;
✔️Namangan viloyati;
✔️Samarqand viloyati;
✔️Sirdaryo viloyati;
✔️Surxondaryo viloyati;
✔️Toshkent viloyati;
✔️Farg‘ona viloyati;
✔️Xorazm viloyati;
✔️Toshkent shahri.
👏Barcha kitobsevar yoshlarimizga zafarlar tilaymiz! Omad sizga yor bo‘lsin!
#yoshkitobxon
🕊Telegram📱Instagram📺YouTube🔹Linkedin🌍Veb sayt
Kitob o‘qib, ota ishonchini oqlagan qiz
Ko‘pchilik unga “bu tanlovdan o‘tolmaysan” dedi. Lekin u tinimsiz kitob o‘qidi. Har bir sahifada o‘z kuchini topdi!
📚“Yosh kitobxon” tanlovining 10–14 yosh toifasida g‘olib bo‘lgan Dilbarxon Haydarova — oddiy oila farzandi.
#Yoshkitobxon
Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram📱Instagram📺YouTube🌍Veb sayt
Yosh kitobxonlarga Prezident sovg‘asi BYD Chazor elektromobillari topshirildi!
📚Poytaxtimizdagi Yoshlar ijod saroyida ”Yosh kitobxon” tanlovining 2024-2025-yilgi mavsum g‘oliblarini tantanali taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Eng quvonarli jihati, g‘oliblarning barchasi qizlar! Bu esa qizlarga berilayotgan e’tibor, ularning bilimga chanqoqligi va kitobga bo‘lgan qiziqishi qanchalik ortganligining belgisi.
G‘oliblar bilan tanishing;
• Dilbarxon Haydarova — Toshkent shahar “Bo‘z” mahallasidan 10-14 yosh toifasi g‘olibi. Otasi Bo‘ronov Firuzbek, hisobchi.
• O‘g‘iljayron Xaldurdiyeva — Qoraqalpog‘iston Respublikasi, To‘rtko‘l tumani “Kaltaminor” mahallasidan 15-19 yosh toifasi g‘olibi. Toshkent shahri O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti talabasi. Otasi So‘yunov Abajan, yakka tadbirkor. Dehqonchilik bilan shug‘ullanadi.
• Maftuna Ochilova — Xorazm viloyati, “Nurli hayot” mahallasidan 20-30 yosh toifasi g‘olibi. Onasi Ochilova Dildora, nafaqada.
👏Yoshlar ishlari agentligi jamoasi nomidan barcha g‘olib kitobxonlarimizni va ularning ota-onalarini chin yurakdan tabriklaymiz!
Keyingi postlarimizda g‘oliblarimizdan eksklyuziv intervyularni ulashamiz!
#YoshKitobxon
Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram📱Instagram📺YouTube🌍Veb sayt
📚“Yosh kitobxon” tanlovining hududiy bosqichi boshlanmoqda!
Hurmatli kitobxonlar! Tez kunda eng kutilgan bilimlar bellashuvi boshlanadi. Yosh avlodning kitobga bo‘lgan muhabbatini yanada oshirib, bilim va tafakkurini charxlashga xizmat qiladigan “Yosh kitobxon” tanlovining hududiy bosqichi 3-fevraldan start oladi.
Hududiy bosqich ikkita shart bo‘yicha o‘tkaziladi:
1. “Badiiy asarlar bilimdoni” sharti.
Ushbu shartda o‘zbek va jahon adabiyotiga oid tegishli kitoblarning mazmun-mohiyati, g‘oyasi va ahamiyatini ishtirokchilardan sharhlab berishi so‘raladi. Ishtirokchilar badiiy asar nomini bilet orqali tanlaydi, tayyorgarlik ko‘rish uchun 1 daqiqa, javob berish uchun 2 daqiqa vaqt belgilanadi. Mazkur shart uchun 100 ballgacha baho beriladi.
2. “Tezkor savol-javob” sharti.
Ushbu shartda Ekspertlar komissiyasi tomonidan tavsiya etilgan adabiyotlardan tuzilgan 5 ta savolga 5 ta javob berish so‘raladi. Tayyorgarlik ko‘rish uchun vaqt ajratilmaydi, javob berish uchun 2 daqiqa vaqt belgilanadi. Mazkur shart uchun 100 ballgacha baho beriladi.
📚Ishtirokchilar ro‘yxati bilan ushbu havola orqali tanishishingiz mumkin.
👏Bilimdonlar, barchangizga omad yor bo‘lsin! Eslatib o‘tamiz, Sizlarni elektromobil kutmoqda!
#Yoshkitobxon
Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram📱Instagram📺YouTube🌍Veb sayt
«Yosh kitobxon»da ishtirok etish uchun qaysi kitoblarni oʻqish kerak? #yoshkitobxon
«Yosh kitobxon» tanlovi 3 ta yosh toifasida — 10-14 yosh, 15-19 yosh va 20-30 yosh toifasida oʻtkaziladi. Yuqoridagi rasmlarda tanlovning yangi mavsumida ishtirok etish istagida boʻlgan yoshlar oʻqishi lozim boʻlgan kitoblar roʻyxati e’lon qilinmoqda.
@alisher_sadullaev
“Yosh kitobxon”da ishtirok etish uchun qaysi kitoblarni oʻqish kerak? #yoshkitobxon
“Yosh kitobxon” tanlovi 3 ta yosh toifasida — 10-14 yosh, 15-19 yosh va 20-30 yosh toifasida oʻtkaziladi. Yuqoridagi rasmlarda tanlovning yangi mavsumida ishtirok etish istagida boʻlgan yoshlar oʻqishi lozim boʻlgan kitoblar roʻyxati e’lon qilinmoqda.
Eslatib o‘tamiz, yangi mavsum uchun ro‘yxatdan o‘tish 1-sentabrga qadar@yoshkitobxon_bot telegram boti orqali davom etadi.
Qo‘shimcha foydali ma’lumotlar:
➖2021-yilgi mavsumda yoshlarning finaldagi chiqishlari.
➖Tanlov yuzasidan ko‘proq ma’lumotlar bilan tanishing.
Telegram sahifamiz👉@yoshlaragentligi
📚«Yosh kitobxon” tanlovining hududiy bosqichlari o’tkazilish muddati va joyi bilan tanishing💁🏻♀️
#beshtashabbus#yoshkitobxon
🕊@dkattakhanova📱Facebook
📱Instagram🌐LinkedIn🕊Twitter
Kitobxonlik bahslarining ilk kuni yakunlandi
📚Mamlakatimiz bo’ylab yuz minglab kitobxonlarni kashf etayotgan “Yosh kitobxon” tanlovining respublika bosqichiga bu yilAndijon viloyatimezbonlik qilmoqda.
Tanlovning birinchi kunida 10-14 yosh toifasidagi ishtirokchilar 3 ta shart bo’yicha bellashib, o’z bilimlarini sinovdan o’tkazdilar. Ertaga esa ushbu toifada qolgan 2 ta shart bo‘yicha bahslar davom etadi va eng bilimdon yosh kitobxonlar aniqlanadi.
🇺🇿Eslatib o’tamiz, tanlov g’oliblari Prezident sovg’asi - elektromobil bilan taqdirlanadi.
💬Demak, ertaga kitobxonlarimizni eng hayajonli bahslar kutmoqda! Elektromobilkimga nasib etadi? Izohlarda fikrlaringizni qoldiring!
#Yoshkitobxon#Beshtashabbusolimpiadasi
Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram📱Instagram📺YouTube🌍Veb sayt
Prezident sovg’asi o’z egasiga topshirildi
📚Bugun, Andijon viloyatining Marhamat tumanida “Yosh kitobxon” tanlovi respublika final bosqichining 10-14 yosh toifasidagi g’olib va sovrindorlarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
🏆G‘oliblarga Prezident sovg‘asi BYD Chazor elektromobili va pul mukofotlari topshirildi!
#Yoshkitobxon#Beshtashabbusolimpiadasi
Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram📱Instagram📺YouTube🌍Veb sayt