帖子内容
🇺🇿🔄#34 — O‘rganish, O’sish Yangi Maqsadlar: Safar Davom Etmoqda 3 yil shu companiyada va yangi lavozimda 1 yil ishladim. Ko‘p narsalarni o‘rgandim, lekin bu yetarli emasdek edi. Men boshqa narsani, kattaroq narsani orzu qildim. Bort kuzatuvchisi (Flight Attendant ) bo‘lishni orzu qildim — dunyo bo‘ylab sayohat qilish, yangi madaniyatlarni o‘rganish va o‘sish. Ammo bu jarayon juda qiyin edi: assestmentlar, tashqi ko‘rinish, va boshqa ko‘plab narsalar. Shunday qilib, imkoniyatni qo‘ldan boy bermadim. Bir oy davomida Emirates, Qatar Airways va Fly Dubai ga LinkedIn orqali ariza berdim. Jarayon oson bo‘lmagan, lekin men davom ettirdim. Va nihoyat, 2025-yil 26-aprelda dunyoning eng katta aviakompaniyalaridan biri bo‘lgan Emirates dan suhbat uchun taklifnoma oldim! Bu men uchun katta xursandchilik edi! ✈️ Orqaga qarab, bu nafaqat yangi ish haqida emas, balki orzularimni amalga oshirish uchun qadam-baqadam jasoratni namoyish qilish haqida ekanini tushundim. Va men kelgusi qadamga tayyorman. Emirates o‘zining Yaxshi Maoshi, ajoyib imkoniyatlari va dunyoning eng go‘zal joylarida ishlash imkoniyatini taqdim etadi. Bu ishda sayohat qilish, dunyo bo‘ylab yangi joylarni kashf qilish hissi boshqa hech narsaga teng kelmaydi. Lekin bizni tayyorgarlik va 5 kunlik Imtihon kutayotgan edi. 📍 2025-yil 26-aprel #OrzularniHechQachonTo‘xtatma #EverythingILived