帖子内容
🇺🇿 #35 — Imtihon Kuni Ertalab imtihonga borish uchun erta turdim. Bilasizmi, xayotingizda muhim narsa bo‘lsa, 1 kun oldin umuman uxlolmaysiz 😂 Emirates kompaniyasiga 4 ta vakansiya uchun 480 kishi ariza berishdi. Birinchi bosqichda kompaniya haqida video orqali batafsil ma’lumot berishdi. Keyin esa, sizning o‘zingizni qanday tutishingizni va gapirish qobiliyatingizni tekshirish uchun savollarni berishdi. Bu bosqichdan 310 kishini yiqitib yuborildi. Faqat 170 kishi qolgan. Ikkinchi bosqich esa jamoa bo‘lib ishlash (Group Assessment) edi. Bu bosqichdan ham 128 kishi o‘tolmadi. Keyin, ingliz tili testidan o‘tdik, va 42 kishi qoldik. Nihoyat, so‘nggi, final suhbatiga chiqdim va 14 kishi qolgan edik adashmasam🙃 🤯 480 kishi orasida 14 ta qoldik! Javob uchun 2 hafta kutishimiz kerak. ✈️ 29/04/2025 #Emirates#EverythingILived