帖子内容
1: Qadamlarim boshlanishi / My First Steps Hamma hayotda va barcha ishda qiyinchiliklar bo‘ladi, shunchaki turlicha bo‘ladi. 2020-yilda ingliz tilini o‘rganishga qaror qildim va Koreyaga borishni niyat qildim. Pandemiya bo‘lganligi sabab bu maqsad ushalmaydigandek edi. Ingliz tilini o‘rganish maqsadida Mega Ziyo nomli ta'lim markaziga bordim. O‘z qiziqishim bilan emas, balki holamni o‘g‘liga qiziqib borgan edim 😁 va o‘rganishni boshladim. Yaxshi eslayman, birinchi kun kursga borganimda umuman hech narsani tushunmaganman va uyga chiqib onamga shikoyat qilganman: “Hozir sharoitimiz yaxshi emas, keyinroq o‘qiyman”. Aslida sharoit 1-chida emas, balki o‘zimga ishonchim bo‘lmagan edi 🤦♂️. Lekin onam: “Yo‘q, o‘qishing kerak va men yordam beraman”, — degan so‘zi motivatsiya bo‘lgan edi 🙂. #EverythingILived