TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← Notes I Never Shared 🌱
Notes I Never Shared 🌱 avatar

TGINSIGHT POST

Post #46

@notesinevershared

Notes I Never Shared 🌱

Views138帖子阅读量
发布8月28日2025/08/28 11:01
Post content

帖子内容

🧱 #3 — Pandemiya paytidagi kurashlarim Pandemiya davrida juda qiyin bo‘lgan edi — ayniqsa transport va kurs uchun har oylik to‘lovlar. Biz qishloqda yashar edik. Uyda faqat onam ishlardi. Ba’zida pul so‘rashga uyalar edim… axir men erkak kishiman, o‘zim topishim kerak degan o‘ylar miyamda aylanardi. Lekin ichimda bir gapni takrorlardim: “Bir kun keladi, hammasini o‘zgartiraman.” Oradan ozgina vaqt o‘tdi. Yaxshi o‘qidim. Kursda dars qilmaganlarga “jarima” bor edi. Qanday desangiz: ✅ Vazifani qilmaganlar ✅ Dars qoldirganlar ✅ Kech qolganlar — barchasi pul to‘lardi 😅 Har 3 oyda yangi bosqichga o‘tish uchun imtihon bo‘lardi. Yig‘ilgan jarima pullari — 1-o‘rinni olgan o‘quvchiga berilardi 😁 Lekin rostini aytsam, o‘zim ham ko‘p jarima to‘laganman 😂 Puli yo‘q bo‘lganlar esa darsdan keyin qolib, 2–3 ta xona tozalashardi. Eng achinarlisi — mop(Shvabra😂) berilmas edi balki Qo‘lda tozalashing kerak edi 😭😂Va men buni ham uddalaganman 😎 #EverythingILived