帖子内容
✍️ #4 — Imtihon kuni va Onamning duosi Oradan vaqt o‘tib, nihoyat imtihon kuni ham yetib keldi. Boshida aytganimdek, bu yerda hech kimga ko‘z-ko‘z qilish uchun emas, balki hayotimdagi voqealarni yuragimdan yozish uchunman. Imtihondan bir kun oldin, kechasi onamga aytdim. Ha, onam hamma narsani tushunmagan edilar. Odatda haftasiga 3 kun kursga borardim, lekin imtihon sabab yana tushishimga to‘g‘ri keldi. Aniq eslayman, onam aytdilar: “Men ham ertaga ishga bormayman. Senga yo‘lkira uchun naqd pul yo‘q edi, lekin topib beraman.” Juda yosh bo‘lmasam-da, boshqa honaga o‘tib, jimgina yig‘laganman 🥲 Ertalab uyg‘onsam, qo‘shnidan ozgina qarz olib, yostig’im tagiga qo‘yib chiqib ketgan ekanlar. (Onalarimizni qadriga yetaylik — ular biz uchun nima qilishga tayyorligini so‘z bilan tushuntirib bo‘lmaydi.) Va men onamning duosini olib imtihonga yo‘l oldim 😁 Imtihon boshlandi. Kirib-chiqdim — yaxshi tayyorlangan edim. Doimgidek, holamning o‘g‘illari ham men bilan edi ha aytgancha ismlari Xojimardon🙂 2 soat o‘tgach, katta zalda natijalar e’lon qilindi. Ismim birinchilardan bo‘lib o‘qildi, va o‘qituvchim qo‘limga pul mukofotini tutqazdi — 290 ming so‘m. O‘zim ham ishonmadim. Usha paytda bu men uchun katta pul edi. Pulni uyga olib bordim, onamga berdim va hammasini aytib berdim. Ular avvaliga ishonmadilar 😂 lekin ko‘zlarida quvonch bor edi. #EverythingILived