帖子内容
🚀 #5 — Keyingi bosqich, yangi sinovlar Keyingi bosqichda meni boshqa o‘qituvchi kutar edi — bir so‘z bilan aytganda, hayotimni o‘zgartirishga katta hissa qo‘shgan inson. Kurs narxlari qimmatlashdi, endi men boshqa bosqichdagi — ya’ni alochilar bilan o‘qishim kerak edi 😂 Postni biroz qisqaroq yozaman, lekin holat jiddiy edi 🙂 Endi kurs haftada 3 kun emas, 6 kun bo‘ladigan bo‘ldi. Kvartiraga pul sarflaymanmi, deb o‘ylab, o‘sha o‘quv markazida yotib qolishga qaror qildim. Maktabni ham deyarli osgan edim 😂 Rossa part-time ish topishga harakat qilardim, lekin topolmaganman. Yaxshi o‘qishni boshladim. O‘qituvchimga ham havasim katta edi. Oradan vaqt o‘tdi, o‘qituvchim honada qolyapganimni bildi va shu orada kechasi meni uyiga olib ketadigan bo‘ldi. Ko‘p vaqtlarda birga ovqatlanar edik (ularni hisobidan), va shundan beri menga boshqacha yondashar edi. Ha, to‘g‘ri, qizlar oldida ba’zan urar edi ham 😂, lekin o‘sha paytdanoq tushunib yetganman — barchasi men uchun edi. #EverythingILived