TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← Notes I Never Shared 🌱
Notes I Never Shared 🌱 avatar

TGINSIGHT POST

Post #66

@notesinevershared

Notes I Never Shared 🌱

Views102帖子阅读量
发布8月28日2025/08/28 18:16
Post content

帖子内容

🔄#13 — IELTS oldim, Koreyaga o‘qishga harakat qildim, lekin orzudan “nasib” va “hayirlisi” deb voz kechdim IELTSni olish — bu mening katta yutug‘im edi. Koreyada o‘qish orzusi qalbimda yonardi. Shu orzu bilan hujjat topshirdim, reja qildim, umid qilardim. Ammo hisoblab chiqsam, hatto grant yutsam ham, qolgan xarajatlar juda ko‘p edi. Menga moliyaviy yordam beradigan odam yo‘q edi, va onamga bunday stressni ortiqcha yuklamoqchi emasdim. Shunday qilib, orzudan voz kechdim, yuragimda esa faqat “Nasib” va “Hayirlisi bo‘lsin” degan so‘zlar qoldi. 🥲 “Sizlar bir narsani yaxshi ko‘rasiz, holbuki, u sizlar uchun yomondir. Alloh bilur, sizlar bilmassizlar.” 📖 (Baqara surasi, 216-oyat) Orzudan voz kechdim, lekin sabr bilan oldinga yuraman. #EverythingILived