TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
返回频道列表
Way ll avatar

TGINSIGHT CHAT

Way ll

@wayllgroup

商业与创业

Investitsion boshqaruv kompaniyasi ☎️ 78 555 55 55 🌐https://waygroup.uz

Subscribers8,700频道当前订阅规模
Tracked posts139频道帖子计数
Recent reach72,060最近帖子视图总和
Recent posts

最近帖子

第 1/12 页 · 共 139 条

发布 6月18日

Way II jamoasi milliy terma jamoamizni chin dildan qo‘llab-quvvatlaydi va barchani ushbu nufuzli xalqaro musobaqadagi ilk o‘yin bilan tabriklaydi! Sizlarning matonatingiz, fidoyiligingiz va yurtimiz sporti tarixida yangi sahifa ochganingiz bilan faxrlanamiz. Ishonamizki, eng yorqin g‘alabalar hali oldinda va biz sizlarni bundan buyon ham qo‘llab-quvvatlashda davom etamiz. Olg‘a, O‘zbekiston!

1,750 views

发布 6月17日

G‘ururimiz. Kuchimiz. O‘zbekiston!🇺🇿 Terma jamoamizga omad tilaymiz!

2,480 views

发布 6月12日

Investitsiya qilish o‘ylaganingizdan ham oson Ko‘pchilik investitsiyani murakkab jarayon va faqat tajribali mutaxassislar uchun mo‘ljallangan faoliyat deb hisoblaydi. Aslida esa, bugun investitsiya qilishni boshlash uchun atigi smartfon va Way Invest ilovasi kifoya. Way Invest mobil ilovasi orqali real biznesga investitsiya kiriting va Markaziy Osiyodagi yirik ishlab chiqarish kompaniyalaridan biri — Akfa Aluminium ulushdoriga aylaning. Bu jamg‘armalaringizni daromad keltiruvchi kapitalga aylantirish uchun qulay imkoniyatdir. Way Invest ilovasini App Store yoki Google Play orqali yuklab oling va investitsiya sari ilk qadamingizni bugunoq qo‘ying.

5,150 views

发布 6月10日

Moliyaviy erkinlik sari ilk qadamni qo‘ydingizmi? Moliyaviy farovonlik tasodifan yuzaga kelmaydi. U har kuni qabul qilinadigan to‘g‘ri qarorlar, moliyaviy intizom va foydali odatlar natijasida shakllanadi. Daromadni oqilona boshqarish, xarajatlarni nazorat qilish hamda muntazam ravishda jamg‘arma va investitsiyalarni shakllantirish yirik maqsadlarga erishish va kelajakka ishonch bilan qarash uchun mustahkam poydevor yaratadi. Moliyaviy savodxonlik yuqori daromaddan emas, balki bugungi mavjud mablag‘larni to‘g‘ri boshqarishdan boshlanadi. Way II bilan daromad keltiruvchi kapitalni bugundan shakllantirishni boshlang. 📞 Batafsil ma’lumot uchun: +998 78 555 55 55

5,220 views

发布 6月5日

Kelajagingizni bugundan yarating Mablag‘laringizni shunchaki saqlab qo‘ymang — uni kelajakdagi maqsadlaringizga xizmat qiladigan va daromad keltiradigan kapitalga aylantiring. Way II bilan investitsiya qiling, yiliga 10–15% daromad olish imkoniyatiga ega bo‘ling hamda moliyaviy kelajagingiz uchun mustahkam poydevor yarating. 📩 Batafsil ma’lumot olish uchun 78-555-55-55 telefon raqami orqali biz bilan bog‘laning.

4,930 views

发布 6月1日

1-iyun Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni! Bolalar — jamiyatimiz kelajagi. Ularning bilimga intilishi, katta orzulari va salohiyati ertangi kun taraqqiyotining poydevoridir. Shu bois, bolalarga kiritilgan har bir investitsiya nafaqat ularning porloq kelajagiga, balki jamiyat rivojiga qo‘shilgan muhim hissadir. Way II jamoasi barcha bolajonlarni Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni bilan samimiy muborakbod etadi. Biz ishonamizki, sizlarga investitsiya kiritish orqali imkoniyatlarga boy, yuksak marralar va yangi g‘alabalarga eltuvchi muvaffaqiyatli kelajakni birgalikda barpo etamiz.

5,790 views

发布 5月28日

WAY II — ALOHA xalqaro mental arifmetika musobaqalari homiysi WAY II kompaniyasi bilimga chanqoq va salohiyatli yoshlarning intellektual rivojlanishi hamda ta’limga bo‘lgan intilishini qo‘llab-quvvatlashni davom etmoqda va «ALOHA Mental Arithmetic» tomonidan mental arifmetika musobaqalarida homiy sifatida ishtirok etdi. Tadbir doirasida ishtirokchilar Way II tomonidan maxsus sovg'alar qo'lga kiritishdilar. WAY II nafaqat investitsiya madaniyati va moliyaviy savodxonlikni rivojlantirishga, balki oilalar va bolalar kelajagi uchun mustahkam poydevor yaratishga ham alohida e’tibor qaratadi. Shu maqsadda kompaniya Kids Capital mahsulotini taqdim etdi. Kids Capital ota-onalarga yirik biznesga sarmoya kiritish orqali farzandlarining ta’limi, rivojlanishi va barqaror kelajagi uchun daromad keltiruvchi kapitalni shakllantirish imkonini beradi. Way II bilan farzandingiz kelajagi uchun investitsiya qilishni bugundan boshlang.

6,600 views

发布 5月27日

Way II jamoasi sizni muborak Qurbon hayiti bilan samimiy tabriklaydi! Ushbu muqaddas ayyom har bir xonadonga tinchlik, farovonlik, baraka va qalb xotirjamligini olib kirsin. Barchangizga mustahkam sog‘liq, oilaviy baxt, hayotda uyg‘unlik hamda yangi yutuq va imkoniyatlar tilaymiz. Yaxshilik, mehr-oqibat va hamjihatlik doimo muvaffaqiyatlaringizning asosi bo‘lib qolsin. Qurbon hayitingiz muborak bo‘lsin!

5,090 views

发布 5月26日

Ko‘pchilik investitsiyani murakkab, xavfli yoki faqat katta kapital egalari uchun deb o‘ylaydi. Aslida esa investitsiya boshlash siz tasavvur qilganingizdan ancha oson. Way II bilan siz investitsiya kiritishni murakkab moliyaviy bilimlar va katta tajribasiz boshlashingiz mumkin. Barcha jarayon Way invest mobil ilovasi va professional menejerlar yordamida sodda va qulay yo‘lga qo‘yilgan. Pullaringiz haqiqiy biznesga - 25 yillik tarixga ega va bozorda mustahkam o‘rin egallagan Akfa Aluminium Group kompaniyasiga yo‘naltiriladi. Bu esa nafaqat kapitalingizni saqlash, balki uni muntazam o‘stirib borish imkoniyatini beradi. Batafsil ma'lumot uchun ofisimizga tashrif buyuring yoki 78-555-55-55 telefon raqami orqali murojat qiling. Way II bilan investitsiya kiritishni bugundan boshlang!

4,860 views

发布 5月12日

Pensiyaga chiqishni kutmang — qo‘shimcha daromdni bugundan shakllantiring! Way II bilan investitsiya qiling va ishlaydigan hamda daromad keltiradigan kapital yarating. Kutilayotgan daromad USD ekvivalentida 10–15% ni tashkil etadi. Investitsiya qilishni bugundan boshlang va mablag‘laringizni o‘sishga yo‘naltiring.

13,600 views

发布 5月9日

Akfa Aluminium Group xalqaro bozorda yangi ufqlarni zabt etmoqda AKFA kompaniyasi AQSHda yangi ishlab chiqarish majmuasining "Ground-breaking" marosimini o‘tkazdi. AKFA Aluminum Solutions zavodi Kentuki shtatning Bovling Green shahrida quriladi va AQSHda O‘zbekiston kompaniyasi tomonidan ochilgan birinchi ishlab chiqarish korxonasi bo‘ladi. Loyiha 331 ta ish o‘rnini yaratishni ko‘zda tutadi va AKFA uchun xalqaro taraqqiyotning yangi bosqichini boshlab beradi. Way II investorlari uchun bu kompaniyaning barqaror o‘sishi va global bozorga chiqishi dalolat beruvchi muhim belgidir. AKFA Aluminium Group xalqaro maydondagi ishtirokini kengaytirish, ishlab chiqarish quvvatlarini oshirish va yangi strategik yo‘nalishlarni rivojlantirishda davom etmoqda. Siz ham O‘zbekistonning eng yirik sanoat kompaniyalaridan biri — Akfa Aluminium Group ulushdorlariga aylaning. Way II bilan investitsiya qilishni bugundan boshlang.

10,800 views

发布 5月9日

9-may - Xotira va qadrlash kuni Bugun ulkan sa’y-harakatlar evaziga keyingi avlodlarga tinchlik, barqarorlik va kelajakni taqdim etgan insonlar jasoratiga hurmat ko‘rsatish kunidir. Biz faxriylarga, front orti mehnatkashlariga, tinchlik va farovonlikni saqlashga hissa qo‘shgan barcha insonlarga chuqur minnatdorlik bildiramiz. Qahramonlik, insoniylik va birdamlik xotirasi qalblarimizda hamisha saqlanib qoladi. Way II jamoasi barchaga tinchlik, farovonlik, xotirjamlik va ertangi kunga ishonch tilaydi.

5,790 views
123•••101112
上一页第 1/12 页下一页