帖子内容
Akfa Aluminium Group xalqaro bozorda yangi ufqlarni zabt etmoqda AKFA kompaniyasi AQSHda yangi ishlab chiqarish majmuasining "Ground-breaking" marosimini o‘tkazdi. AKFA Aluminum Solutions zavodi Kentuki shtatning Bovling Green shahrida quriladi va AQSHda O‘zbekiston kompaniyasi tomonidan ochilgan birinchi ishlab chiqarish korxonasi bo‘ladi. Loyiha 331 ta ish o‘rnini yaratishni ko‘zda tutadi va AKFA uchun xalqaro taraqqiyotning yangi bosqichini boshlab beradi. Way II investorlari uchun bu kompaniyaning barqaror o‘sishi va global bozorga chiqishi dalolat beruvchi muhim belgidir. AKFA Aluminium Group xalqaro maydondagi ishtirokini kengaytirish, ishlab chiqarish quvvatlarini oshirish va yangi strategik yo‘nalishlarni rivojlantirishda davom etmoqda. Siz ham O‘zbekistonning eng yirik sanoat kompaniyalaridan biri — Akfa Aluminium Group ulushdorlariga aylaning. Way II bilan investitsiya qilishni bugundan boshlang.