TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
العودة إلى القنوات
Mahbubiy | محبوبى avatar

TGINSIGHT CHAT

Mahbubiy | محبوبى

@themahbubiy

Linguistics

المشتركون3,890عدد المشتركين الحاليين
المنشورات المتتبعة1,024عدد المنشورات المفهرسة
الوصول الأخير72,970مجموع المشاهدات الأخيرة
المنشورات الأخيرة

المنشورات الأخيرة

صفحة 12 من 86 · 1,024 منشور

نُشر 25 نوفمبر

Aytadilarki, ilm uch qarichdir: 1. Agar inson ilmning dastlabki qarichini o‘rgansa - kibrlanadi. 2. Ilmning ikkinchi qarichini o‘rgansa, u kamtar va tavoze’li bo‘ladi. 3. Ilmning uchinchi qarichini o‘rgansa, u hali hech narsa bilmasligini anglab yetadi. Bakr Abu Zayd bir qarich bo’lmang!

6,470 views

نُشر 24 نوفمبر

Kel, yashaylik ulashib mehr, Gʻam kamaysin, mayli, bittaga. Kim biladi biror kuni sen, Men bo‘lmasman, balki, ertaga... Uzilsa-da rishtalar bir kun, Bog‘layverib solmaylik tugun. Ne bo‘lsa ham kechirgin bugun, Men bo‘lmasman, balki, ertaga... Yuravergin ko‘nglingni xushlab, Yerni aylan, osmonni ushlab. Qo‘ng‘iroq qil, hech yo‘qsa, eslab, Men bo‘lmasman, balki, ertaga...

7,410 views

نُشر 23 نوفمبر

Ko'ngling kimni hushlasa, o'sha bilan suhbat qil..

6,130 views

نُشر 23 نوفمبر

Toshkentstellar..

6,060 views

نُشر 22 نوفمبر

Ajoyib… Ayoldagi eng go‘zal narsa ‒ rashk. Boladagi eng go‘zal narsa ‒ be‘guborlik. Tundagi eng go‘zal narsa ‒ sokinlik. Dunyodagi eng kuchli til ‒ sukut. Dunyodagi eng ifodali til ‒ ko‘z yoshi. Ortiqcha yumshoqlik ‒ zaiflik. Ortiqcha kulish ‒ yengiltaklik. Ortiqcha dam olish ‒ gumlik. Ortiqcha sarf ‒ isrof. Ortiqcha ehtiyotkorlik ‒ vasvasa. Eng oliy nasab ‒ go‘zal odob. Eng qiyin so‘z ‒ komillik. Eng totli so‘z ‒ tinchlik. Oxirgi so‘z ‒ o‘lim. Eng afzal intiqom ‒ kechirim. Eng kuchli o’t ‒ shavq, mushtoq­lik. Eng katta xazina ‒ fazilat. Eng qattiq azob ‒ vijdon qiynog‘i. Eng shirin sevgi ‒ mahbub sevgisi. Eng davomli muhabbat ‒ onaning muhabbati. Buguningdan ibrat ol, kechangdan bilim top, ertangda hosil ko‘r! Husaynxon Buxoriy

6,350 views

نُشر 21 نوفمبر

Daragi eshitilgan yaxshi kitob ​​– sogʻinch! Uni qoʻlga kiritish ​​– quvonch! Oʻqib chiqish ​​– bayram! Bu qizgʻin mutolaadan soʻng yurakning yana-da hassos tortganini his qilish lazzatini aytmaysizmi?! Usmon Azim

5,500 views

نُشر 21 نوفمبر

Albatta bir kun rollar o‘zgaradi.. Sizni unutgan esga oladi. Siz esa esda saqlaganlaringizni unutasiz...

6,020 views

نُشر 20 نوفمبر

Susiy rohmatullohi alayh aytadi: Ixlos - ixlosning ko'rinishini yo'qotishdir. Kim o'zi ixlosida ixlosni ko'rsa, ixlosi ixlosga muhtoj bo'ladi. Ixlos — bu banda qilayotgan ibodatini, amalini faqat Alloh roziligi uchun ixlos bilan, samimiyat bilan bajarishidir. Unda riyo, maqtanish, odamlar ko‘rishi uchun qilish bo‘lmaydi. Qilgan ishiga atrofdan maqtov kutish ham ixlosni buzadi.

5,950 views

نُشر 19 نوفمبر

She'r yozishda ilhom va yor tanlashda ishq - qalbning ishidir. U ikkisini yo yasab, yo chizib bo'lmaydi. O'zi keladi.. so'ng.. yo qoladi, yo ketadi..

5,850 views

نُشر 18 نوفمبر

Ayriliq ham bir go'zal xolatdir. Yashil barglar sarg'ayadi so'ngra to'kiladi. Yana qayta gullaydi..

6,320 views

نُشر 18 نوفمبر

Oilada itoat bo'lmas ekan, ajrashishga mahkum.

5,290 views

نُشر 17 نوفمبر

Har bir tirik jonning ham yuragi uradi, ammo ma’rifat ritmda: – kimnikidir “Oh!” desa; – kimnikidir “Alloh!” deydi. G‘olib Safo

5,620 views
12•••5•••101112131415•••20•••25•••30•••35•••40•••45•••50•••55•••60•••65•••70•••75•••80•••8586