TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
العودة إلى القنوات
Mahbubiy | محبوبى avatar

TGINSIGHT CHAT

Mahbubiy | محبوبى

@themahbubiy

Linguistics

المشتركون3,890عدد المشتركين الحاليين
المنشورات المتتبعة1,024عدد المنشورات المفهرسة
الوصول الأخير63,130مجموع المشاهدات الأخيرة
المنشورات الأخيرة

المنشورات الأخيرة

صفحة 75 من 86 · 1,024 منشور

نُشر 13 أكتوبر

Har kayfiyatning o’z ranglari bor..

4,350 views

نُشر 12 أكتوبر

Muhabbat masalasi qalbga oid ish. Lekin uni asrab-avaylash, parvarish qilish, qadr-qimmatini vaqtida bilish esa aqlning ishi. Vahdatgohdan

4,270 views

نُشر 12 أكتوبر

​"Meni oʻylab sogʻinarmikin..." deya oʻylanasan ba'zan, aslida esa u avval oʻrningni bosuvchini topadi, va keyin seni hayotidan siqib chiqaradi. Sabab topish esa hech qachon qiyin boʻlmagan! Ancha sodda ekanmiz, asta ochiladi koʻzlarimiz... Elif

4,730 views

نُشر 11 أكتوبر

https://t.me/QuestionUZ_Robot?start=5339e375fc4 Ko’ngil bir finjon suhbat xohlaydi..

4,670 views

نُشر 11 أكتوبر

Ey qalb tirilgin endi, olgin tahorat. Yuzlan Haqqa, asl ishqni his qil..

4,770 views

نُشر 11 أكتوبر

Ona shunday buyuk zotki, u foniylik diyoridagi boqiylik jannatidir..

8,340 views

نُشر 11 أكتوبر

Kel, ey tan, to‘xtagin endi, tur, ey ruh, Haqqa hijrat qil, Bas, ey nafs, o‘zni o‘ldirgin, ko‘ngil, sen endi ishrat qil. Ko‘zingni yumgin, ey hislar, fikr, sen endi uyg‘ongin. Husaynxon Buxoriy

5,690 views

نُشر 10 أكتوبر

Ishq bu - bir biriga termulishda emas, bir yo’lga tushib, haqiqiy ilohiy Ishqqa yetishmoqdir. Bir yo’l, Haq yo’ldir. Haq yo’lga tushing, Ishqqa erishing.

5,330 views

نُشر 10 أكتوبر

Мадина билан Макка бир бирига ухшамайди одамлари хам хаёт тарзи хам фаркли.. Ёшликда Макка кариликда эса Мадина ёкади инсонга.. Росулуллох ﷺ ни болалик ва урта ёшлик пайтлари хам маккада утган, у зот Маккадан Аллох буюргани учунгина хижрат килиб чикиб кетган.

4,940 views

نُشر 9 أكتوبر

Hozirgi "muhabbat" da'vogarlarining muhabbati mana shunday... Suhbat xulosasi: "Hoy yigit, baliqni nega yeysan?" deyman. "Chunki men baliqni yaxshi ko'raman", deydi. "O'h, sen baliqni yaxshi ko'rasanmi? Shuning uchun uni suvdan chiqarib, o'ldirib, pishirasanmi? Menga baliqni yaxshi ko'raman, dema. Sen o'zingni yaxshi ko'rasan! Zotan senga baliqning ta'mi yoqadi. Sen uni suvdan chiqarib, o'ldirib, pishirib yeysan. Ko'pincha "muhabbat" deb atalayotgan narsa ana shu "baliq sevgisi"dandir. Yigit-qiz bir-birini yaxshi ko'rib qoladi. Bu nima degani? Buning ma'nosi shuki, yigit ayolda o'zining jismoniy va ma'naviy ehtiyojlarini qondira oladigan shaxsni ko'radi. Ayol ham unda o'zi uchun shunday shaxsiyatni ko'radi. Shu "muhabbat" deyiladi. O'zi ikkalasi ham o'z istak-hojatlarini istayotgan bo'ladi. Bu o'zgani yaxshi ko'rish emas! Balki bunda qarshi tomon ehtiyoj qondirish vositasi, xolos. Ko'pchilik "sevgi" deb ataydigan narsa mana shu "baliq sevgisi"dandir. Bu yuzaki muhabbat. Aslida muhabbat oluvda emas, beruvdadir! Husaynxon Buxoriy

5,950 views

نُشر 9 أكتوبر

Намойиш Халойиқ бир куни кўтардилар бош, Чиқдилар ҳайқириб бари қари-ёш. Ҳуқуқ, талабларин қўйди раисга, Шотирлар чопдилар тезкор мажлисга. Дедилар: “Гўё халқ жаннат истайди!” Раис бир пас ўйлаб, сўнг қарор берди: “Демак, халқ қолмоғи керак камбағал, Жаннатга камбағал кираркан аввал!”. Ҳусайнхон Бухорий

4,250 views

نُشر 9 أكتوبر

Bir kampirdan sevgi va uning tub ma’nosi haqida so‘rashdi: Kampir shunday javob berdi: «Bu so‘zni ilk eshitganimda kichkina qizcha edim. Otam meni o‘pib turib, «Men seni sevaman» degan edi. Shunda men sevgi degani mehribonlik, omonlik va iliq quchoq ekan da, deganman. Ulg‘ayib, bo‘yim yetgan bir paytda uyim eshigi oldida bir maktub topib oldim. Qo‘shni yigit yuboribdi. Unda «Men seni sevaman», deb yozilgan ekan. Shunda men sevgi degani bir jur’at, jinnilik ekan da, dedim. Qo‘shnimizdan sovchi chiqib, yigit bilan birinchi tanishganimda uning menga birinchi aytgan gapi «Men seni sevaman» bo‘ldi. Shunda men sevgi degani orzu umid, maqsad va iroda ekan da, dedim. Turmush qurganimning ikkinchi kuni erim peshonamdan bo‘sa olar ekan, «Men seni sevaman», dedi. Shunda men sevgi degani shavq, ishq va muhabbat ekan da, dedim. Birinchi farzandimni ko‘rganimda to‘shakda bemajol yotar ekanman, erim qo‘limdan tutib: «Men seni sevaman», dedi. Shunda men sevgi degani tashakkur, taqdirlov, rahmdillik ekan da, dedim. Yillar o‘tib, farzandlarni uylantirib, joylaganimizda erim sochimga tushgan oqqa qarab, tabassum qilaroq: «Meni seni sevaman», dedi. Shunda men sevgi degani mehru shafqat ekan da, dedim. Umr o‘tib, qarilik yoshiga yetdik. Har safar erim «Men seni sevaman», deganda sevgi mehru muruvvat, sodiqlik, vafodorlik ekan, deyman». Husaynxon Buxoriy

5,840 views
12•••5•••10•••15•••20•••25•••30•••35•••40•••45•••50•••55•••60•••65•••70•••7374757677•••80•••8586