TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
العودة إلى القنوات
Mahbubiy | محبوبى avatar

TGINSIGHT CHAT

Mahbubiy | محبوبى

@themahbubiy

Linguistics

المشتركون3,890عدد المشتركين الحاليين
المنشورات المتتبعة1,024عدد المنشورات المفهرسة
الوصول الأخير53,510مجموع المشاهدات الأخيرة
المنشورات الأخيرة

المنشورات الأخيرة

صفحة 47 من 86 · 1,024 منشور

نُشر 30 يناير

Qalbingizda kimdir bor. O‘shani yo‘qotib qo‘ymang. Yo‘qsa, qalbingiz ham, hayotingiz ham huvillab qoladi..

4,830 views

نُشر 30 يناير

Fikrlarimdan tashqari hech narsa menga tegishli emas..

4,480 views

نُشر 30 يناير

Эй инсон, ҳис-туйғу фақат сизгагина хос эмас. Раҳм қилинг, меҳр кўрасиз..

4,540 views

نُشر 30 يناير

Muvaffaqiyatga erishganlarni ko'rsangiz "omadi" kelibdi-da demang. Bu darajaga kelguniga qadar chekkan qiyinchiliklari sizni ko'zingizga ko'rinmagan. Sizga yutuqlari ko'rinyapti, hulosa qilmang.

4,430 views

نُشر 29 يناير

Tavakkul fazilat emas, u shunchaki haqiqatni anglash (ya'ni shundog'am sizni qo'lingizdan hech narsa kelmaydi). Tavakkul - sababni keltirib, sababga tayanmaslik. Husaynxon Buxoriy

4,150 views

نُشر 29 يناير

«Kitobli oʻyin» Koʻp sahifalarda shu nom bilan oʻyin deydimi buni, yo boshqami, bir narsa oʻtkazilyapti. U nima, desangiz, misol uchun, men 10 ta kitob xarid qilaman. Soʻng sahifamga eʼlon qoʻyaman: «Ushbu kitoblarni yutib olishingiz mumkin». Sharti qanday boʻladi? Kitob yutib olish haqidagi eʼlondan soʻng sahifamga xabar qoʻyaman. Mazkur xabarning izohiga biror soʻzmi, nimadir yozasiz. Buni odatda sahifa admini aytadi. Vaqt belgilanadi, shu vaqt ichida hamma boyagi xabar izohiga admin aytgan kalit soʻzni yozib chiqadi. Vaqt tugagach, robot izoh yozganlar ichidan 10 ta ishtirokchini tanlab beradi va ular yuqoridagi kitoblarga ega boʻladi. Bu «kitobli oʻyin»ning eng oddiy koʻrinishi. Shartlar oʻzgarishi mumkin. Masalan, men koʻrganlarimdan biri – 2-3 ta sahifa oʻzaro kelishishadi, ishtirokchilar shu sahifalarga obuna boʻlishi kerak. Yana boshqa shartlar ham boʻlsa kerak. Shu haqida baʼzi fikrlar bor edi. Aslida bu oʻyinni oʻtkazishdan maqsad nima ekanligini aniq qilib olish kerak. Agar odamlarni xursand qilish, kitob hadya qilish va yana shu kabi yaxshi niyat boʻlsa, bunday oʻyin qilib, random orqali hadya egalarini topadigan qilib oʻtkazish uncha toʻgʻri emas. Chunki bunda koʻpchilikning fikri, xayoli, eʼtibori boʻlinadi, odamlar bir narsaga oson erishishga oʻrganib qoladi. Men yuqoridagi oʻyinlarni tashkil qilishdan maqsadni obunachi koʻpaytirish deb oʻylab qolaman. Chunki «Kitob yutib olishni xohlaysizmi?» deb gap boshlaydi. Bugungi kunda koʻpchilik kitobxonlikka ragʻbat qilishyapti. Bu gap ularga moydek yoqadi: hamma sahifaga obuna boʻladi. Obunachi koʻpaygandan keyin nima ish boʻlishini bilamiz, albatta. Shuningdek, tepada keltirgan misoldagidek, oʻyinda ishtirok etish uchun faloncha sahifaga obuna boʻlishingiz kerak, deyilyapti. Agar maqsad kitob hadya qilish boʻlsa, umuman tanimagan sahifaga odamlarni obuna qildirish nimaga kerak? Instagramdagi «giveaway»lar ham deyarli shunday tashkil qilinardi. Yutuqqa erishish uchun faloncha odamga obuna boʻlib chiqadi. Gʻolib boʻlsa-ku oʻz yoʻliga, ammo aksi boʻlsa, qancha vaqti bekor sarf boʻladi. Mabodo gʻolib boʻlsa ham, yuqorida aytganimizdek, bir narsaga oson erishgan boʻladi, bu narsaga oʻrganib qoladi. Hamma bu o'yinni tanqid qilgandi, hozirgacha ham qarshi fikr bildirib kelishadi. Endi bu «kitobli oʻyin» ham uning oldiga qoʻshilmoqda. Shu uchun bunday oʻyinlarni tashkil qilayotganlar boshqacha yoʻlni oʻylash kerak, menimcha. To’g’ri, yaxshi niyat qasd qilingan, ammo notoʻgʻri maqsadlarga ketib qolish xavfi bor. Oʻzi vaqt hech narsaga yetmayotgan bugungi kunda yana bu kabi oʻyinlar bilan odamlarning vaqtini olish, bilmadim, toʻgʻri boʻlmasa kerak. Unda nima qilish kerak, deyishingiz mumkin. Yoʻllari koʻp. Eng toʻgʻrisi esa kitob oʻqitib, gʻolibni aniqlash. Falon kitobni oʻqiysiz, falon kuni shu kitobdan savol-javobmi, testmi, nimadir boʻladi, gʻolib boʻlsangiz, sizni falon sovgʻa kutib turibdi. Mana shu harakat samarali, koʻzlangan maqsad, niyat ortigʻi bilan amalga oshishiga sabab boʻladi. Bir sahifaning xabariga koʻzim tushib qolgandi. Unda aytilishicha, «Otamdan qolgan dalalar» va «Turkiston qaygʻusi» kitoblarini oʻqish kerak ekan, tayin qilingan kuni shu kitoblardan savol-javob boʻlar ekan, yutgan odamga umra yoʻllanmasi berilarkan! Bu juda katta ish. Shartlar bilan toʻliq tanishib chiqmadim, ammo agar savol-javobdan tashqari boshqa shartlar boʻlmasa, oʻsha sahifa egasining niyati juda chiroyli ekan. Havas qildim, bizga ham mana shunday ishlarni tashkil qilish nasib qilsin! Nima qilamiz, kitobli oʻyin tashkil qilamizmi) @abdullohozod

3,940 views

نُشر 28 يناير

Maqsadi aniq, yo'li bir odamni dushmani ko'p bo'ladi.

3,800 views

نُشر 28 يناير

Odamni miyasini "fikrlar" ham chiritadi..

4,110 views

نُشر 27 يناير

Баъзaн топиш, йўқотиш экан.

4,650 views

نُشر 27 يناير

Dedim: "Nega boqarsan ko'kka doim?" Dedi: "Dil talpinar, aytib Ilohim". Husaynxon Buxoriy

4,840 views

نُشر 27 يناير

Kutsam keta olmasligimdan, Ketsam unuta olmasligimdan qo'rqaman..

4,870 views

نُشر 26 يناير

Yuzimga kulgi kelmoqchi-yu ammo tabassumini topolmayapman..

4,870 views
12•••5•••10•••15•••20•••25•••30•••35•••40•••454647484950•••55•••60•••65•••70•••75•••80•••8586