TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
Kanallara qayıt
HAMROH avatar

TGINSIGHT CHAT

HAMROH

@hamrohingizuz

Business and startups

HAMROH - Xotin-qizlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash kompaniyasi Tel: +998772061111 Facebook: facebook.com/hamrohingiz Instagram: instagram.com/hamrohingiz.uz

Abunəçilər570Cari abunəçilər
İzlənilən yazılar132İndekslənmiş yazıların sayı
Son əhatə22,463Son baxışların cəmi
Son yazılar

Son yazılar

3/11 səhifə · 132 yazı

Yayımlandı 10 yan

Biznes yurityapsiz va sizga professional konsalting yordami kerakmi? Hamroh tadbirkor ayollar uchun bepul konsalting xizmatlarini taqdim etadi. Siz quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha mutaxassislardan maslahat olishingiz mumkin: - yuridik masalalar - moliyaviy boshqaruv - marketing va savdo - soliq masalalari - va boshqa biznes savollar (ehtiyojingizga qarab) Konsultatsiyalar faqat quyidagi ayollar uchun mo‘ljallangan: - kompaniya hamrohligida bo‘lgan tadbirkorlar, - Hamroh liniyasi orqali kredit olgan, - yoki WESP dasturini muvaffaqiyatli tamomlagan tadbirkorlar. Murojaat uchun: +998 77 206 11 11 Hamroh bilan ishonchli! - - - Вы ведёте бизнес и вам нужна профессиональная консультационная поддержка? Hamroh предоставляет бесплатные консалтинговые услуги для предпринимательниц. Вы можете получить консультации специалистов по следующим направлениям: - юридические вопросы - финансовое управление - маркетинг и продажи - налоговые вопросы - и также другие бизнес-вопросы (в зависимости от ваших потребностей) Консультации доступны исключительно для предпринимательниц, которые: - находятся на сопровождении компании, - получили кредит по линии Hamroh, - либо успешно завершили обучение по программе WESP. Для обращений и записи на консультацию: +998 77 206 11 11 Надежнее с Hamroh! 📲Telegram | 📲Instagram | 📲Facebook

1,190 views

Yayımlandı 8 yan

Imkoniyatni qo‘ldan boy bermang! Hamroh O‘zbekistondagi Xalqaro Migratsiya Tashkiloti (IOM) bilan hamkorlikda mehnat migratsiyasidan qaytgan ayollar va migrant oilalaridagi ayollarni qo‘llab-quvvatlash uchun grant tanlovini e’lon qiladi. Grantlar qishloq xo‘jaligiga oid bo‘lmagan bizneslarni rivojlantirishga mo‘ljallangan. Maqsad: iqlim o‘zgarishiga moslashuv, kichik biznes va yangi ish o‘rinlari yaratish. Kimlar ishtirok etishi mumkin: • migratsiyadan qaytib kelgan ayollar yoki migrant oilalaridagi ayollar; • Andijon, Qashqadaryo, Farg‘ona, Toshkent viloyatlari, Toshkent shahri va Qoraqalpog‘istonda yashovchilar; • asosan Hamrohning WESP dasturi bitiruvchilari. Arizalar qabulining oxirgi kuni: 20.01.2026 Ariza topshirish havolasi: https://forms.gle/hGY4uVPbQCYEM6PT9 Savollar uchun: [email protected] --- Не упустите шанс! Hamroh совместно с Международной организацией по миграции (IOM) в Узбекистане объявляет грантовый конкурс для женщин-предпринимательниц. Гранты предназначены для развития бизнеса, не связанного с сельским хозяйством. Цель: адаптация к изменению климата, развитие малого бизнеса и создание рабочих мест Кто может участвовать: • женщины, вернувшиеся из трудовой миграции или женщины из семей мигрантов, проживающие в: Андижанской, Кашкадарьинской, Ферганской, Ташкентской областях, г. Ташкенте и Республике Каракалпакстан; • выпускницы WESP компании Hamroh. Последний день приёма заявок: 20.01.2026 Ссылка для подачи заявки: https://forms.gle/hGY4uVPbQCYEM6PT9 По всем вопросам: [email protected]

6,680 views

Yayımlandı 31 dek

Yangi yil bayrami bilan tabriklaymiz! Bugun biz nafaqat bir yil yakunini, balki o‘sish, jasorat va yangi imkoniyatlar sari qo‘yilgan qadamlarni ham nishonlaymiz. Bu yil Hamroh yanada kuchli bo‘ldi — o‘z biznesini boshlagan, uni kengaytirgan, o‘rgangan, tajriba almashgan yuzlab tadbirkor ayollarimiz buning yorqin isboti. Yangi yil — yangi sahifa. Hamroh uchun har bir ayolning muvaffaqiyati bu ilhom, kuch va kelajak sari tashlangan yana bir mustahkam qadam. Yangi yilda ham qo‘llab-quvvatlash, bilim ulashish va yangi imkoniyatlar yaratishda davom etamiz. Hamroh jamoasi nomidan sizlarga yorug‘ niyatlar, sermahsul loyihalar va ulkan marralar tilaymiz! --- Поздравляем вас с Новым годом! Сегодня мы отмечаем не только завершение ещё одного года, но и рост, смелость и шаги, сделанные навстречу новым возможностям. В этом году компания Hamroh стала ещё сильнее, и ярким доказательством этому стали сотни наших предпринимательниц, которые запустили свой бизнес, расширили его, учились и делились опытом. Новый год — это новая страница. Для Hamroh успех каждой женщины — это источник вдохновения, силы и уверенный шаг в будущее. В новом году мы продолжим поддерживать, делиться знаниями и создавать новые возможности для развития. От имени команды Hamroh желаем вам продуктивных проектов и больших достижений! 📲Telegram | 📲Instagram | 📲Facebook

636 views

Yayımlandı 30 dek

Hurmatli tadbirkor ayollar! Hamroh va Uzum Market tomonidan e’lon qilingan kichik grantlar tanloviga bildirgan katta qiziqishingiz va faol ishtirokingiz uchun minnatdorchilik bildiramiz. Grant dasturining shaffofligi, xolisligi hamda xalqaro standartlarga to‘liq mosligini ta’minlash maqsadida biz tanlov g‘oliblarini aniqlash mexanizmini kuchaytirishga qaror qildik. Shu munosabat bilan: • g‘oliblarni aniqlash xalqaro tashkilotlarning vakillaridan tashkil topadigan mustaqil tanlov komissiyasi tomonidan amalga oshiriladi; • barcha loyihalar yagona, xolis va professional mezonlar asosida ko‘rib chiqiladi. Yangi komissiya shakllantirilganligi va baholash xalqaro amaliyot asosida amalga oshirilayotganligi munosabati bilan g‘oliblar 2026-yilning fevral oyi oxirigacha e’lon qilinadi. Biz uchun eng muhim ustuvorlik — tadbirkor ayollar ishonchi, adolatli tanlov va grantlarning real ta’siridir. Shu sababli biz vaqt emas, sifatni tanladik. - - - Дорогие женщины-предпринимательницы! Благодарим вас за высокий интерес и активное участие в конкурсе малых грантов, объявленном Hamroh и Uzum Market. Для нас важно, чтобы грантовая программа соответствовала стандартам прозрачности, объективности и доверия. В связи с этим мы приняли решение усилить процесс отбора победительниц. Это означает, что: • победительницы будут определяться независимой отборочной комиссией, которая будет формироваться из состава представителей международных организаций; • все заявки будут оцениваться по единым, профессиональным и объективным критериям. В связи с формированием новой комиссии и проведением оценки на основе международной практики, победители будут объявлены до конца февраля 2026 года. Мы уверены, что такой подход позволит обеспечить максимальную справедливость отбора и укрепить доверие к программе со стороны предпринимательского сообщества. 📲Telegram | 📲Instagram | 📲Facebook

678 views

Yayımlandı 24 dek

“Ayol o‘z salohiyatini ochganida – nafaqat o‘z hayotini, balki atrofdagilarni ham o‘zgartiradi. Shu bois, ayollarni rivojlantirish bu butun jamiyat kelajagiga sarmoya”, – deydi Estella Dimchenko. 16 yildan ortiq tajribaga ega bo‘lgan marketing mutaxassisi Estella Dimchenko bugun o‘z tajribasi bilan nafaqat kompaniyalarga, balki ayollar tadbirkorligining rivojiga ham hissa qo‘shmoqda. U “Hamroh” va BMTTD hamkorligida tashkil etilgan WESP dasturining 1-bosqichida ishtirok etgan. “Hamroh” dasturi orqali tadbirkor ayol biznesni tizimli rivojlantirishni o‘rgandi. Dastur davomida u kuchli ayollar hamjamiyatining bir qismiga aylandi, yangi bilim va aloqalar orqali o‘z faoliyatini kengaytirishga erishdi. Bugun Estella hamda uning jamoasi B2B segmentidagi kompaniyalar bilan ishlaydi, ularning marketing strategiyasini tuzadi, brendlarni ijtimoiy tarmoqlarda ilgari suradi va xorijiy brendlarning O‘zbekiston bozoriga chiqishiga ko‘maklashadi. Shuningdek, u “SMM orqali million” dasturi muallifi, ushbu mentorlik orqali u ayollar va tadbirkorlarga marketing va reklamani o‘rganishda va amalda qo‘llashda yordam beradi. --- «Когда женщина раскрывает свой потенциал, она меняет не только свою жизнь, но и жизнь окружающих. Поэтому развитие женщин – это инвестиция в будущее всего общества», – говорит Эстелла Дымченко. Обладая более чем 16-летним опытом работы в маркетинге, Эстелла Дымченко сегодня делится своими знаниями не только с компаниями, но и вносит вклад в развитие женского предпринимательства. Она участвовала в первом этапе программы WESP, организованной в сотрудничестве «Hamroh» и ПРООН. Благодаря программе «Hamroh» предпринимательница научилась системно развивать бизнес. В ходе обучения она стала частью сильного женского сообщества, получила новые знания и связи, которые помогли ей расширить свою деятельность. Сегодня Эстелла и её команда работают с компаниями в B2B-сегменте, разрабатывают маркетинговые стратегии, продвигают бренды в социальных сетях и помогают иностранным брендам выйти на рынок Узбекистана. Кроме того, она является автором программы «SMM на миллион», в рамках которой она помогает женщинам и предпринимателям изучать маркетинг и продвижение и применять всё на практике. 📲Telegram | 📲Instagram | 📲Facebook

638 views

Yayımlandı 19 dek

Iqlimiy jihatdan zaif hududlarda biznesingizni rivojlantirish uchun grant imkoniyati! Hamroh O‘zbekistondagi Xalqaro Migratsiya Tashkiloti (IOM) bilan hamkorlikda mehnat migratsiyasidan qaytgan ayollar va migrant oilalaridagi ayollarni qo‘llab-quvvatlash uchun grant tanlovini e’lon qiladi. Grantlar qishloq xo‘jaligiga oid bo‘lmagan bizneslarni rivojlantirishga mo‘ljallangan. Maqsad: iqlim o‘zgarishiga moslashuv, kichik biznes va yangi ish o‘rinlari yaratish. Kimlar ishtirok etishi mumkin: • migratsiyadan qaytib kelgan ayollar yoki migrant oilalaridagi ayollar; • Andijon, Qashqadaryo, Farg‘ona, Toshkent viloyatlari, Toshkent shahri va Qoraqalpog‘istonda yashovchilar; • asosan Hamrohning WESP dasturi bitiruvchilari. Qo‘shimcha imkoniyatlar: moliyaviy savodxonlik, iqlimga mos biznes va daromad manbalari bo‘yicha treninglar. Ariza topshirish uchun havola: https://forms.gle/hGY4uVPbQCYEM6PT9 Savollar uchun: [email protected] - - - Гранты для развития бизнеса в климатически уязвимых регионах Узбекистана! Hamroh совместно с Международной организацией по миграции (IOM) в Узбекистане объявляет грантовый конкурс для женщин-предпринимательниц. Гранты предназначены для развития бизнеса, не связанного с сельским хозяйством. Цель: адаптация к изменению климата, развитие малого бизнеса и создание рабочих мест Кто может участвовать: • женщины, вернувшиеся из трудовой миграции или женщины из семей мигрантов, проживающие в: Андижанской, Кашкадарьинской, Ферганской, Ташкентской областях, г. Ташкенте и Республике Каракалпакстан; • выпускницы WESP компании Hamroh. Дополнительные возможности: обучение финансовой грамотности и климатически-разумным источникам дохода. Заявку можно подать через ссылку: https://forms.gle/hGY4uVPbQCYEM6PT9 Если у вас возникли вопросы, напишите сюда: [email protected] 📲Telegram | 📲Instagram | 📲Facebook

2,580 views

Yayımlandı 13 dek

“Hamroh – bu shunchaki moliyaviy institut emas. Bu ayollarni “alohida toifa” vakillari sifatida emas, balki raqobatbardosh tadbirkorlar sifatida shakllantiradigan harakatdir. Ayollar biznesi istisno emas – bu qoidadir”, – deya ta’kidladi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining maslahatchisi Nozimaxon Davletova Hamroh, Coca-Cola Foundation va BMT Taraqqiyot Dasturining O‘zbekistondagi vakolatxonasi o‘rtasida WESP dasturi doirasidagi hamkorlikni ishga tushirish marosimida. Mazkur hamkorlik ayol tadbirkorlar uchun haqiqiy imkoniyatlar yaratishga qaratilgan. Ular bilim va moliyalashtirish manbalariga kengroq kirish imkoniga ega bo‘lib, biznesni rivojlantirish va kengaytirish jarayonida zarur qo‘llab-quvvatlash oladilar. Eng muhimi, ayollar biznesi iqtisodiyotning muhim va ajralmas qismi sifatida e’tirof etiladi. Tadbir doirasida ayol tadbirkorlarning hayotiy hikoyalariga bag‘ishlangan hujjatli film namoyish etildi hamda fotosuratchi Kamila Erkayeva tomonidan tayyorlangan fotoko‘rgazma taqdim etildi. - - - «Hamroh – это не просто финансовый институт. Это движение, которое делает женщин не участницами “отдельной категории”, а конкурентоспособными игроками. Бизнес женщин – это не исключение. Это правило», – отметила консультант руководителя Администрации Президента Республики Узбекистан Нозимахон Давлетова, открывая церемонию запуска сотрудничества в рамках программы WESP между Hamroh, Coca-Cola Foundation и Программой развития ООН в Узбекистане. Это партнёрство – про реальные возможности для женщин-предпринимательниц: доступ к знаниям и финансированию, поддержку на этапе роста и масштабирования, уверенность в том, что женский бизнес воспринимается как полноценная и важная часть экономики. В рамках мероприятия были представлены документальный фильм об историях предпринимательниц и фотовыставка, подготовленная фотографом Камилой Еркаевой. 📲Telegram | 📲Instagram | 📲Facebook

956 views

Yayımlandı 5 dek

Hamroh – Xotin-qizlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash kompaniyasi va BMT Taraqqiyot Dasturi tadbirkor ayollarni WESP akseleratsiya dasturga taklif qiladi! Dastur biznesingizni mustahkamlash, yangi bilimlar olish va rivojlanish uchun amaliy imkoniyatdir. 📍Treninglar – barcha viloyat markazlarida 🗓Haftasiga 2 marta, 09:00–16:00, davomiylik – 1 oy Dastur faqat davlat ro‘yxatidan o‘tgan, faol tadbirkor ayollar uchun. Ro‘yxatdan o‘tish uchun havola: https://www.hamrohingiz.uz/oquv-dasturida-ishtirok-etish Batafsil ma’lumot uchun: +998 93 111 80 01 yoki Telegram orqali @wespdasturi manziliga murojaat qiling. - - - Hamroh – компания по поддержке женского предпринимательства, совместно с Программой развития ООН приглашает предпринимательниц принять участие в акселерационной программе WESP! Программа – это практичная возможность укрепить свой бизнес, получить новые знания и ускорить развитие. 📍Тренинги проходят во всех областных центрах 🗓Два раза в неделю, с 09:00 до 16:00, длительность – один месяц Участие доступно только для женщин-предпринимательниц, чьи бизнесы официально зарегистрированы и действуют. Для регистрации перейдите по ссылке: https://www.hamrohingiz.uz/ru/oquv-dasturida-ishtirok-etish Для получения дополнительной информации: +998 93 111 80 01 или напишите в Telegram: @wespdasturi

2,860 views

Yayımlandı 2 dek

Ba’zan kichik bir qaror ham katta imkoniyatlar eshigini ochadi. Ko‘plab tadbirkor ayollar uchun esa bunday qaror moliyalashtirish imkoniyatiga ega bo‘lishdir. Bugun biz InfinBANK bilan hamkorligimiz natijasida yaratilgan yangilik bilan bo‘lishmoqchimiz. Hamkorimiz Hamroh kredit liniyasi “Tadbirkor ayol hamrohi”ni ishga tushirdi – bu o‘z biznesini rivojlantirayotgan, ish o‘rinlari yaratib, mamlakat iqtisodiyotiga hissa qo‘shayotgan ayollar uchun maxsus mahsulotdir. Agar siz uzoq vaqtdan beri oldinga qadam tashlash imkoniyatini izlayotgan bo‘lsangiz – bu aynan o‘sha fursat. Batafsil ma’lumotni quyidagi havola orqali olishingiz mumkin. - - - Иногда одно небольшое решение может открыть большие возможности. Для многих предпринимательниц таким решением становится доступ к финансированию. Сегодня мы хотим поделиться хорошей новостью, которая стала возможной благодаря нашей совместной работе с InfinBANK. Наш партнёр запустил кредитную линию Hamroh “Tadbirkor ayol hamrohi” – специальный продукт для женщин, которые развивают свой бизнес, создают рабочие места и вносят вклад в экономику страны. Если вы давно думали о следующем шаге – это именно тот момент. Более подробную информацию можно получить по ссылке. 📲Telegram | 📲Instagram | 📲Facebook

2,490 views

Yayımlandı 28 noy

Hamroh va O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi hamkorligida tashkil etilgan “Zakovat” intellektual o‘yini ayol tadbirkorlar uchun bilim, strategik fikrlash va jamoada ishlash ko‘nikmalarini namoyish etish maydoniga aylandi. O‘yin O‘zbekiston bo‘ylab 40 dan ortiq jamoani birlashtirdi. Har bir jamoa o‘ziga xos tajriba, yondashuv va masalalarga yechim topish bo‘yicha fikrlari bilan ajralib turdi. Muhit jonli, dinamik va haqiqiy ishbilarmonlik ruhi bilan o‘tdi. O‘yinda qatnashgan barcha jamoalarga minnatdorchilik bildiramiz, sizning intilishlaringiz, o‘sishga bo‘lgan chanqoqligingiz va bir-biringizga hurmatingiz ushbu tadbirni yanada mazmunli va kuchli qildi. G‘oliblarni chin dildan tabriklaymiz! - - - Интеллектуальная игра «Zakovat», организованная Hamroh совместно с Торгово-промышленной палатой Узбекистана, стала площадкой, где женщины-предпринимательницы показали свои знания, стратегическое мышление и умение работать в команде. Игра объединила более 40 команд со всего Узбекистана, каждую со своим опытом, подходом и взглядом на решение задач. Атмосфера была живой, динамичной и по-деловому энергичной. Мы благодарим всех, кто принял участие в игре, ваш настрой, стремление к развитию и уважение друг к другу сделали эту игру по-настоящему сильным событием. Победительницы — наши искренние поздравления! 📲Telegram | 📲Instagram | 📲Facebook

808 views

Yayımlandı 18 noy

Bilimingiz – kuchingiz. Jamoangiz – tayanchingiz. 26-noyabrda “Zakovat”da o‘zingizni sinab ko‘ring va g‘alaba qozoning. Ro‘yxatdan o‘tish: https://forms.gle/9WbehCHWfCdxSTd47 - - - Ваши знания – ваша сила. Ваша команда – ваша опора. Проверьте себя на «Заковат» 26 ноября и одержите победу. Принять участие: https://forms.gle/9WbehCHWfCdxSTd47 📲Telegram | 📲Instagram | 📲Facebook

967 views

Yayımlandı 12 noy

Hamroh kompaniyasi O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi bilan birgalikda tadbirkor ayollar uchun “Zakovat” intellektual o‘yini tashkil etadi! Bu o‘yin — nafaqat bilim va mantiq sinovi, balki jamoaviy fikrlash, sog‘lom raqobat va yangi tanishuvlar uchun ajoyib imkoniyat. O‘yin 26-noyabr Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadi. G‘olib jamoalar qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi! Agar siz ham o‘zingizni sinab ko‘rmoqchi va boshqa tadbirkor ayollar bilan bir safda bo‘lishni istasangiz, ro‘yxatdan o‘ting: https://forms.gle/1dsPaTBqHc49Wj958 - - - Компания Hamroh совместно с Торгово-промышленной палатой Узбекистана приглашает предпринимательниц принять участие в интеллектуальной игре «Заковат»! «Заковат» — это не просто игра, а возможность проявить свои знания, почувствовать командный дух и пообщаться с другими активными предпринимательницами в атмосфере дружеского соперничества. Игра пройдёт 26 ноября в городе Ташкент. Победительницы получат ценные призы! Хотите стать частью этого события?Регистрируйтесь по ссылке: https://forms.gle/1dsPaTBqHc49Wj958

1,980 views
12345•••1011