@redfoxuz / #Marketing / #maqola
Brend kimga tegishli? Brendning egasi bormi?
Aslida, brendning egasi bormi? Umuman olganda, brend nima oʻzi? Brend oʻzi umuman kimga tegishli? Brend haqida shunchaki koʻp emas, balki, juda koʻp gapirilgan boʻlsa ham, biroq haligacha marketing, reklama, sotish va brending bilan bogʻliq har bir mutaxassis ham bu savollarga javob bera olmasliklari mumkin, nomutaxassislar haqida esa gapirmasa ham boʻladi. Shunga muvofiq, mutaxassislarning hammasi ham, brend aslida qanday ishlab chiqilishi, u qanday koʻrinishda boʻlishi va qanday ishlashi haqida tushunishmaydi.
Batafsil: http://redfox.uz/brend-kimga-tegishli-brendning-egasi-bormi/
@redfoxuz / #Marketing / #maqola
PR, reklama va brending
PR va reklamaning bogʻliqligi va farqlanishi brendlarni shakllanishi va olgʻa siljishidagi oʻzaro munosabatida yanada yorqin namoyon boʻladi. Brendni aniq bir izohi tanlanmagan. Eng oddiy holda brend savdo markasiga tenglashtiriladi, yaʼni aniq ishlab chiqaruvchining biron bir boshqa ishlab chiqaruvchining tovar(xizmat)laridan ajralib turuvchi tovar(xizmat)ga aytiladi.
Batafsil: http://redfox.uz/pr-reklama-va-brending/
@redfoxuz / #Marketing / #maqola
Marketingdagi narx siyosati va narxni shakllantirish strategiyasi
Marketingdagi narx siyosati bu biror turdagi savdo faoliyati bilan shug‘ullanadigan har qanday korxonaning butun bir rivojlanish konsepsiyasidagi eng katta ahamiyatga ega bo‘lgan masalalardan biridir. Narxlar hamma narsani hal qiladi. Ular kompaniyaning bozordagi o‘rnini, uning raqobatchilar orasidagi holatini aniqlab beradi.
Batafsil : http://redfox.uz/marketingdagi-narx-siyosati-va-narxni-shakllantirish-strategiyasi/
@redfoxuz / #Marketing / #maqola
SMM haqida umumiy ma’lumot
SMM atamasi Social Media Marketing so’zlarining bosh harfidan tashkil topgan. Bu soha ijtimoiy tarmoqlarda marketing bilan shug’ullanishni anglatadi. Facebook, Odnoklassniki, Telegram va boshqa har qanday ijtimoiy tarmoqda sayt, mahsulot yoki xizmatni ommalashtirishga qaratilgan harakatlar SMMga misol bo’lishi mumkin.
Batafsil: http://redfox.uz/smm-haqida-umumiy-malumot/
@redfoxuz / #marketing / #maqola
BMW brendining ishlab chiqilishi. Bayerisch Motoren Werke AG. BMW brendi tarixi va afsonasi
BMW, Bayerisch Motor Werke (BMW, Bayerisch Motoren Werke AG) – yengil avtomobillar va sport avtomobillari, yuqori tezlikka ega avtomobillar va mototsikllar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan nemis avtomobilsozlik kompaniyasidir. Uning bosh ofisi Myunxen shahrida joylashgan.
Batafsil: http://redfox.uz/bmw-brendining-ishlab-chiqilishi/
@redfoxuz / #marketing / #maqola
Reklama albatta kreativ boʻlishi kerakmi?
Toshkent shahrida “kreativ” bilbordlar juda koʻp. Shaharni kezib chiqsangiz turli hil misollarni koʻrasiz. Yaxshisi ham bor, boshqachasi ham, internetdagi mashxur boʻlgan chet el misollariga taqlidlar ham bor, turli tuman tizerlar, juda koʻp. Bu yaxshi albatta. Soha rivojlanyapti. Marketologlar bir-birlarining ishlarini oʻrganishyapti, koʻz oʻrganyapti (yaʼni “насмотренность” oshadi). Ammo ayrim bilbordlarni koʻrib bir-ikki eslatmalarni oʻzimga va sizga aytib oʻtish kerak deb oʻylayman.
Batafsil: http://redfox.uz/reklama-albatta-kreativ-bo-lishi-kerakmi/
@redfoxuz / #Marketing / #maqola
Kompaniya rivojlanish sabablari nima?
"Kompaniya rivojlanishining sabablardan biri - mahsulot sifati” - degan fikr aytib qolishdi. Aslida qanday? Mahsulotning sifatini zoʻr qilib qoʻysa boʻldi, odamlar bir-biriga maqtab “duv-duv gap” boʻlib ketadimi? Aytishadi-ku, yaxshi mahsulot reklamaga muhtoj emas deb?
Lekin men bu fikrga qoʻshilmayman. Chunki, Aziz aka Gapparov leksiyalarda aytganlariday - “sifat tushunchasining oʻzi nisbiy”. Undan tashqari, mahsulotining sifati zoʻr emasligi bilan mashhur boʻlgan kompaniyalar borki, sifati yomonligi ularning rivojlanishiga taʼsir qilmaydi. Keling, “mahsulotning sifat darajasi kompaniyaning rivojiga aloqasi yoʻq” degan teoriyani oldinga surib, uni misollar orqali koʻrib chiqamiz.
Batafsil: http://redfox.uz/kompaniya-rivojlanish-sabablari/
@redfoxuz / #Marketing / #maqola
Texnologiyaga qarshi texnologiya: Sun’iy matnlarni aniqlovchi modul
Sun’iy intellekt o’ta rivojlanib bormoqda. Albatta har bir narsaning foyda va zararlari bor. Istalgan texnologiyani turli maqsadlarda ishlatish mumkin. Oldingi yili ayni shu mavzuda Ilon Mask bilan Sukerberg ancha jiddiy baxslashishgan edi. Mask sun’iy intelektni yomonlardi, Mark maqtardi. Aslida esa yaxshi va yomon baho, o’sha narsaning qo’llash uslubiga beriladi, buyumning o’ziga emas.
Batafsil: http://redfox.uz/texnologiyaga-qarshi-texnologiya/
@redfoxuz / #Marketing / #maqola
"Pozitsiyalashtiring" - deydi Traut. 9-qism. Ommaviylik girdobi.
Ayrim marketing menejerlari oʻzlariga yagona pozitsiyani izlashni xato deb biladilar. Bunday yoʻl tutsak savdomiz tushib ketadi, imkoniyatlarimizning bor kuchidan foydalanolmaymiz deb qoʻrqishadi.
Batafsil: http://redfox.uz/pozitsiyalashtiring-deydi-traut-9-qism-ommaviylik-girdobi/
@redfoxuz / #marketing / #maqola
Brend kuchi nimada va qanday belgilanadi?
Inson va kompaniyaning obro’si nima bilan o’lchanadi? Uning bergan va'dasiga vafosi miqdori bilan. So’z va amal qanchalik bir-biriga to’g’ri kelsa, qiymat shunchalik oshaveradi. Bo’lmasam bir tiyinga qimmat!
Har bir kompaniyaning o’z va’dasi bo’ladi, iste’molchilarga beriladigan. Kompaniya qaysidir sohada boshqalardan ustun, eng-eng-eng bo’lishi kerak. Eng arzon yoki eng sifatli, eng katta assortiment, eng chiroyli, eng tez, eng ishonchli yoki eng havfsiz... Ammo kuchingiz va mablag’ingiz qancha ko’p bo’lmasin, har sohada eng bo’lolmaysiz. Albatta bittasini tanlash kerak.
Batafsil: http://redfox.uz/brend-kuchi-nimada-va-qanday-belgilanadi-2/
@redfoxuz / #marketing / #maqola
Belarus "IT davlat" loyihasi
2035 yilga mo'ljallangan ushbu loyihaga ko'ra Belarus to'liq raqamli iqtisodga o'tishi kerak. IT sohasining rivojlanishi raqamli iqtisodiyotda daromadning oshishiga turtki bo'ladi, buning natijasida davlat 150 milliard dollar daromad qilishi mumkin. Bu Belarus YMMning 75%ini tashkil qiladi.
O'sha yilga borib ishga yaroqli 4.5 million aholining 2.5 millioni, yani 50%i IT sektorida xizmat qilishi mumkin bo'ladi va ularning o'rtacha oyligi 3000$ ni tashkil qiladi.
Batafsil: http://redfox.uz/belarus-it-davlat-loyihasi/
@redfoxuz / #marketing / #maqola
Nega mahsulot va xizmatlarni bir nom ostida jamlab bo'lmaydi 1,2-qism
Taniqlilikda mustahkam turish uchun korporatsiyalar subrendlarni turli nomlar bilan nomlaydilar. Paradoks! Bir xil nom bilan nomlasa taniqliroq bo'lmaydimi? Yo'q. Hatto bir korporatsiya turli sohalarni bir nom bilan atash u yoqda tursin, bir nechta brend ostida bir hil mahsulot chiqaradi. Masalan Intersokning Sochnaya Dolina, Prosto Sok, Viko sharbatlari kabi. Yoki Mars korporatsiyasi misoli.
Chunki har bir mahsulot turli auditoriyalarga qaratilgan. Isteʼmolchida har bir mahsulotning oʻziga hos tasavvuri mavjud. Ikki mahsulotni bir nom bilan nomlashimiz ana shu tasavvurga putur yetkazadi a natijada avvaliga mashhur boʻlgan birinchi mahsulotimiz ham zarar koʻradi. Masalan, Pampers nomli kiyim chiqarilsa a?
Batafsil: http://redfox.uz/nega-mahsulot-va-xizmatlarni-bir-nom-ostida-jamlab-bolmaydi/