@redfoxuz / #marketing / #maqola
Brendni formatlarga ajratish nega kerak?
Formatlarga ajratish” Oʻzbekistonga ham kirib kelyapti, birinchilardan boʻlib Korzinka.uz “Discount” formati bilan boshlab bergan edi. Yaqinda Compass SKMda Makroning “City” formati ochildi. Kechagi kun esa yangi formatlar kuni boʻldi shekilli, birdaniga ikkita yirik brend yangi formatlarini taqdim etdi:
Texnomart Mini - faqat televizor, smartfon, noutbuk, gadjet va aksessuarlar sotiladigan doʻkon.
“Mini” soʻzidan tushunish mumkin, odatdagi texnika doʻkonlaridan ancha ixcham. Kir yuvish mashinasi, muzlatgich kabi katta hajmli buyumlarni uchratmaysiz. Bundan oldin Texnomart boshqa bir, “Texnomart Ekstra” formatini taqdim etgan edi. U yerda maishiy texnikadan tashqari, mebel va boshqa anjomlar sotiladi.
Batafsil: http://redfox.uz/brendni-formatlarga-ajratish-nega-kerak/
@redfoxuz / #marketing / #maqola
Pozitsiyalashtiring (8-qism). Mahsulot va brend orasidagi farq.
Bugun koʻp kompaniyalar mahsulot va brend chizish orasidagi farqni tushunishmaydi. Brend shunday narsaki, u insonlar ongida qoladi. Bozordagi muvaffaqiyat taqozosi esa aynan brend yasashdur, mahsulot emas (bu yerda navbatdagi oddiy "tovar" haqida so'z ketyapti). Brend hosil qilish esa, pozitsiyalashtirish strategiyasidan boshlanadi, va birinchi navbatda yaxshi nom tanlashdan. “Edsel” nomli avtomobil esa “trassadan chiqib ketishga” mahkum (Marketing boʻlimi izohi - Edsel avtomobili Ford kompaniyasining mahsuloti edi. Bugunga qadar AQSH marketologlari orasida eng katta marketing-qulashlardan biri sifatida yodga olinadi. Hattoki bir vaqtlar, marketologlar orasida qalamoq, oʻlmoq kabi feʼllarni ifoda etish uchun “edsel” soʻzi ishlatiladigan boʻlib qolgan edi. “Edsel” yomon nom ekaniga bir nechta sabablar mavjud: 1) “Edsel” talaffuzda “Dead Cell (tarj. oʻtirib qolgan batareya)” kabi yangraydi; 2) Mashina nomi “Edson” nomli traktorga oʻxshab ketadi, shuning uchun ham Edsel mashinasini traktor deb atashar edi).
Batafsil: http://redfox.uz/pozitsiyalashtiring-deydi-traut-8-qism-mahsulot-va-brend-orasidagi-farq/
@redfoxuz / #marketing / #maqola
Pozitsiyalashtiring (7-qism). Avis va 7Upni qulatgan xato.
Odatda, bir marta omadli pozitsiyalashtiruvchi yurish qilgan brendlar, keyinchalik nima sababdan muvaffaqiyatga erishganini unutishadi.
Avisning rahbariyati oʻzgargandan soʻng, yangi rahbariyatga ikkinchi raqamli boʻlish yoqmay qoldi. Natijada “Avis birinchi boʻladi“ degan reklama paydo boʻldi. Eh... Rahbariyatning shaxsiy orzularini reklama qilishning zoʻr misoli. Avvalgi reklama psixologik darajada Avisni birinchi raqamli Hertzdan ham yuqoriroqqa chiqargan edi-ku. Yangi reklama esa maqtanchoqlikdan boshqa hech narsa emas. Bu ketishda birinchi boʻlish emas, hatto orqaroqdagi National Rent-A-Car ham Avisdan oʻzib ketadi (bu 1980-yili aytilgan gap edi. Bugunga kelib birinchi raqamli mashina arendatori bu Rent-A-Car).
Batafsil: http://redfox.uz/pozitsiyalashtiring-deydi-traut-7-qism-avis-va-7upni-qulatgan-xato/
@redfoxuz / #marketing / #maqola
Pozitsiyalashtirish (6-qism). Uchinchi, toʻrtinchi va boshqalar pozitsiyasi.
Oʻtgan safar 2-raqamli pozitsiyani birinchi boʻlib egallash haqida gaplashgan edik. Avisning “Avis - mashina ijarasida ikkinchi raqamli kompaniya. ...Biz boshqalardan koʻproq harakat qilamiz“ shiori oʻz-oʻzidan, “kim u, boshqalar?“ degan savolni yuzaga keltirib, isteʼmolchilar avtomatik tarzda - birinchi raqamli raqobatchi Heartzni tasavvur qilishadi.
Eng yaxshi sarlavha - tugallanmagan sarlavha. Eng zoʻr shiorlar isteʼmolchilarga tugallash uchun soʻz yoki jumla qoʻshib olishlariga imkoniyat qoldiradi. Reklama shunisi bilan qiziq.
Batafsil: http://redfox.uz/pozitsiyalashtirish-6-qism-uchinchi-to-rtinchi-va-boshqalar-pozitsiyasi/
@redfoxuz / #marketing / #maqola
Pozitsiyalashtirish (5-qism). Odamlar ongiga olib boradigan yoʻlning qiyini.
Odamlar ongiga olib boruvchi tuynukni topish oson, birinchi boʻlish kifoya dedik. Lekin qazo bilan siz ikkinchi boʻlib qolsangiz-chi? Yoki uchinchi, toʻrtinchi va hokazo. Xavotir olmang, pozitsiyalashtirishda hamma uchun yetarlicha strategiyalar bor.
Batafsil: http://redfox.uz/pozitsiyalashtiring-deydi-traut-5-qism-odamlar-ongiga-olib-boradigan-yo-lning-qiyini/
@redfoxuz / #marketing / #maqola
Pozitsiyalashtirish (4-qism). Odamlar ongiga yoʻl
Maʼlumki kosmosga raketa uchirish uchun sanoqli tuynuklargina mavjud. Olimlar fazoga chiqish tuynuklarini “kosmos derazasi” deb atashadi. Odamlarning ongi ham shunday. Olimlar ongga kirish tuynuklarini “kommunikatsiya” deb atashadi. Bu tuynuklarni topib, tizimlashtirilgan ravishdagi kommunikatsiya, ya'ni kerakli sharoitda kerakli maʼlumotni yetkazib turish - pozitsiyalashtirishdir.
Batafsil: http://redfox.uz/pozitsiyalashtirish-4-qism-odamlar-ongiga-yo-l/
@redfoxuz / #marketing / #maqola
Pozitsiyalashtirirish (3-qism). Soddalashtiring
Reklama, chaqiriqlar va axborotlar haddan tashqari koʻp yogʻilayotgan zamonda yashayapmiz. Yaʼni, sizning reklamangiz sezilmay qolishi ehtimoli juda katta. Bunday holatda eng toʻgʻri yoʻl bu - soddalashtirish.
Biz juda kam bilamiz
Inson miyasining hajmi, kompyuterniki kabi cheklangan. Kompyuter hajmi toʻlsa, u maʼlumot qabul qilishni toʻxtatadi. Inson toʻxtamay axborot qabul qilaveradi. Ammo birini siqib chiqarib, boshqasini, katta maʼlumot ichidan eng kerakli va qiziqarlisini eslab qoladi. Oʻzi his qilmagan holda filtrlaydi. Xullas siz berayotgan ulkan maʼlumotdan faqat ooooozginasini qabul qiladi. Aytaylik siz biron yangi mahsulotni ommaga tanitishingiz kerak. Birinchi 10 daqiqaning oʻzidayoq bu mahsulot haqida shuncha maʼlumot bilan tanishib chiqasizki, yaqin 10 yil ichida oʻrtacha isteʼmolchi bu maʼlumotlarni bilmaydi ham. Rostini aytyapman, masalan bir dona Snickersga nechta yeryongʻoq solinadi? Uning ogʻirligi qancha? Ichidagi masalliqlarini bilasizmi? Foyda-zararini? Qanday haroratda eriy boshlaydi? Kaloriyasi?
Batafsil: http://redfox.uz/pozitsiyalashtirirish-3-qism-soddalashtiring/
@redfoxuz / #marketing / #maqola
Pozitsiyalashtirish (2-qism)
Keling, o'zimiz uchun kichik test o'tkazamiz. Quyida men ayrim holatlarni tasvirlayman, siz esa bu holat qaysi mahsulot bilan bog'liqligini topasiz
1. Kabob va qozon-kabobga o'xshagan ovqatlar bilan ichiladigan gazli ichimlik?
2. Qorin och, uning ustiga bir ozdan so'ng imtihon topshirish kerak, yoki boshqa aqliy ish qilish kerak. Tezda biron narsa yeb olish uchun do'konga
kirdingiz, oldingizda shokoladlar, qaysi birini tanlaysiz?
3. Chiroyli qizlarni jalb qiluvchi dezodarant?
Batafsil: http://redfox.uz/pozitsiyalashtirish-2/
@redfoxuz / #marketing / #maqola
Pozitsiyalashtiring — deydi Traut
Pozitsiyalashtirish (inglizcha. positioning) - "iste'molchilarning miyasida mahsulot haqidagi aniq tasavvurni hosil qilish jarayoni (ya'ni iste'molchining miyasiga joylashmoq desak ham bo'ladi)" - Jek Traut.
Pozitsiyalashtirishning maqsadi nima?
Batafsil: http://redfox.uz/pozitsiyalashtiring-deydi-traut/
@redfoxuz / #marketing / #maqola
Apple foydalanuvchilar haqida maʼlumot soʻragan davlatlar ro'yxatini taqdim qildi.
Applening rasmiy saytida shaffoflik siyosatiga bogʻliq boʻlim paydo boʻldi. Bu boʻlimda Apple kompaniyasidan foydalanuvchilar haqida maʼlumotlarni taqdim qilishni soʻragan davlatlar roʻyxati va qaysi maʼlumotni necha marta soʻragani koʻrsatilgan. Roʻyxatdan Oʻzbekiston joy olmagan. Kupertinoda taʼkidlanishicha, faqat shu yoʻl bilangina butun dunyoda inson huquqlari himoyasiga qaratilgan qonunchilik va korporativ siyosat shaffofligini taʼminlash mumkin.
Batafsil: http://redfox.uz/apple-foydalanuvchilar-haqida-malumot-so-ragan-davlatlar-royxatini-taqdim-qildi/
@redfoxuz / #marketing / #maqola
Akmal Patir o'z brandini patentladi
Mashhur “Akmal Patir” o’z brendini patentladi. Keyin Sanjar Patir, Ildambek Patirlar (biz doim Ildambek Patirdan olamiz ;) ) ham indamay patenlab oladi. Shu bilan brendlar o’z egasining ismi bilan emas, boshqa tuzukroq nomlar bilan nomlanishni boshlaydi. Nomlash haqida postimiz bor. Bugun uning tarixi haqida ozgina eslab o’tmoqchimiz.
Batafsil: http://redfox.uz/nomni-patenltash/
@redfoxuz / #marketing / #maqola
Youtubeda 2018-yildagi eng yaxshi reklama roliklarining top 10 taligi
Google 2018-yil uchun dunyoning eng yaxshi reklama-roliklari reytingini e'lon qildi va asosiy trend(ommalashgan yo'nalish)larni ko'rsatib berdi.
Eng asosiy trend yulduzlarning (asosiy rol emas)epizodlarda chiqishi bo'ldi: 10tadan 6ta rolikning har birida ikki va undan ko'p mashhurlar ishtirok etgan.
Reyting tarixida birinchi marta uchta animatsion roliklar reytingdan joy oldi.
O'tgan yili roliklar ko'proq immigratsiya, irq, jins kabi ijtimoiy muammolar asosida olingan bo'lsa, bu yil hajviy kayfiyatdagi roliklar ko'p bo'ldi. O'qish qiyin bo'lmasligi uchun gapni qisqaroq qilib, havolalarni ulashib qolaman ;) marhamat:
Batafsil: http://redfox.uz/youtubeda-2018-yildagi-eng-yaxshi-reklama-roliklarining-top-10-taligi/