TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← Центр карьер ВШМ СПбГУ

TGINSIGHT SIMILAR POSTS

Знайсці падобны кантэнт

Канал-крыніца @join_mcw · Post #5607 · 3 сак

Ozon Банк — современный цифровой банк, объединяющий выгодные финансовые продукты с преимуществами популярного маркетплейса. Требуется: Старший менеджер по маркетинговым коммуникациям (B2B, SMB) / Senior Marketing Communications Manager (B2B, SMB). Обязанности: — разработка и реализация стратегии медийного продвижения B2B-продуктов Ozon Банка во всех каналах (digital, influence, SMM, SERM); — управление внешним медийным привлечением B2B-банка и взаимодействие со стейкхолдерами уровня CEO-1; — запуск омниканальных рекламных кампаний и анализ их эффективности; — участие в интеграции и доработке внутренних решений по аналитике медийной рекламы; — управление всеми активностями в SMM; — контроль показателей репутации (SERM) и их улучшение по всем продуктам банка; — лидерство в разработке креативных концепций, спецпроектов и позиционирования B2B-продуктов банка. Требования: — опыт работы в маркетинге в банковском или IT-секторе в B2B-направлении от двух лет; — наличие успешных кейсов по разработке и реализации стратегии маркетинговых коммуникаций, а также опыт работы с различными digital и офлайн-каналами; — понимание принципов работы систем рекламной аналитики (AdRiver, Weborama) и моделей атрибуции; — опыт управления командой до двух человек; — интерес к сфере предпринимательства в России. Условия: — оформление по ТК РФ, оплачиваемое обучение; — повышение квалификации за счёт компании; — возможности для поддержки здоровья; — частичная компенсация расходов на интернет, связь, электричество или транспорт; — бонусы и скидки от партнёров на спорт, обучение и досуг. Подать заявку и узнать больше подробностей можно по ссылке. #moscow#job#fulltime#marketing#finance#banking#fintech

Вынікі

Знойдзена 2,332 падобных паведамленняў

Глабальны пошук

@redfoxuz / #marketing / #maqola Gigant IT kompaniyalar — Apple, Amazon, Microsoft, Alphabet va Facebook qayerdan milliardlab dollar foyda topishadi? Visualcapitalist keltirgan raqamlarning qiziq tarafi shundaki, “gigant AT beshligi”ning barchasi AQSHning kremniy vodiysida “tugʻilgan”. Shuningdek, beshtalikdagi kompaniyalarning daromadini jamlaganda, 800 mlrd dollar bilan YIP(yalpi ichki daromad) qiymati boʻyicha dunyoning birinchi 20 ta davlatlari orasidan joy olar edi. Rivojlanayotgan davlatlar bilan esa solishtirmay qoʻyavering, har bir kompaniya butun boshli ayrim davlatlardan koʻproq foyda koʻradi. Batafsil: http://redfox.uz/gigant-at-kompaniyalari-apple-amazon-microsoft-alphabet-va-facebook-qayerdan-milliardlab-dollar-foyda-topishadi/

@redfoxuz / #marketing / #maqola Nima sababdan marralarga yeta olmaymiz? 1🔹 Eng ko‘p tarqalgan sabab - shunchaki, marraning yo‘qligi. Hozirgacha ham, maqsadlar qo‘yish kerakligi va o‘z hayotini rejalashtirish mumkin ekanligini shunchaki, bilmaydigan juda ham ko‘p insonlar bor. Bu muammoning ildizi esa tarbiyadadir. Agar, oilada maqsadlar qo‘yish va rejalar tuzish yo‘lga qo‘yilmagan bo‘lsa, bola shablondagidek, "shunchaki yo‘liga" yashashga o‘rganib qoladi. Batafsil: http://redfox.uz/nima-sababdan-marralarga-yeta-olmaymiz/

@redfoxuz / #marketing / #maqola Nativ reklama haqida, case (misol) bilan. O’zbekistonda bu kabi misollar kam. Nativ (inglizcha. Native) reklama — bir platforma(sayt, ijtimoiy tarmoq, ilova vahokazo.)ga joylashtirilgan reklama, ammo xuddi oʻsha platformaning doimiy kontenti kabi koʻrinishga ega. Nativ reklama asosan internetga xos. Reklamaning bu uslubi paydo bo’lishiga o’sha eski sabablar turtki bo’lgan: reklama haddan ziyod koʻp, reklamaning “hidi” keladigan har qanday xabar chetlab oʻtiladi, ayniqsa internetda. Shuning uchun, odamlar oʻz istagi bilan “isteʼmol” qiladigan kontentning ichiga sezilmaydigan reklama joylashtirish oʻylab topilib, unga nativ (inglizcha. native - mahalliy) reklama nomi berilgan. Batafsil: http://redfox.uz/nativ-reklama-haqida-case-misol-bilan-ozbekistonda-bu-kabi-misollar-kam/

@redfoxuz / #marketing / #maqola Depot WPF (Rossiyaning eng kuchli reklama agentliklaridan biri) strategiya boʻyicha direktori Farxod Kuchkarov, Nursultan shahri haqida. Ostona shahri “rebranding” oʻtkazgani hammaga maʼlum boʻlsa kerak. Endi u Nursultan shahri deb nomlanadi. Marketingda yangi nom tanlash/oʻzgartirish nomlash (ingizcha. naming) deb ataladi. Bu haqida maqolamizni oʻqishni tavsiya qilamiz. Yana bunisini ham oʻqishingiz mumkin. Depot WPF strategiya boʻyicha direktori, Farxod Kuchkarov Qozogʻiston poytaxtining yangi nomi haqida hazil post qoldirdi. Quyida tarjima: Batafsil: http://redfox.uz/depot-wpf-rossiyaning-eng-kuchli-reklama-agentliklaridan-biri-strategiya-bo-yicha-direktori-farxod-kuchkarov-nursultan-shahri-haqida/

@redfoxuz / #marketing / #maqola Tashqi reklama qaysi tilda bo'lishi kerak va "mahsulot sertifikatlangan" yozuvi shartmi Avvallari reklamada ishlatilgan chet tilidagi yozuvlar o'zbek tilidagi yozuvdan ko'p bo'lmasligi kerak edi. Oxirgi vaqtda e'tibor bergan bo'lsangiz, rus va ingliz tillaridagi reklama bannerlari ko'payib qolgan. Ayniqsa, shahar hokimiyati tashabbusi bilan boshlangan "Yashil Tashabbus" loyihasining 3 ta tildagi reklamasini ko'p uchratish mumkin (bittasi quyidagi suratda). Shu bahona, Пятницкий маркетинг kanali tashqi reklama qaysi tilda joylashtirilishi kerakligi haqida aniqlik kiritdi. Savolga Reklama faoliyatini nazorat qilish va iste'molchi huquqlarini himoya qilish boshqarmasi boshlig‘i Dilshod Azimov javob bergan: Batafsil: http://redfox.uz/tashqi-reklama-qaysi-tilda-bolishi-kerak-va-mahsulot-sertifikatlangan-yozuvi-shartmi/

@redfoxuz / #marketing / #maqola Fikr yetakchilari orqali reklama va uning samaradorligi 2018-yildan boshlab Oʻzbekistonda ham blogerlar soni sezilarli oʻsa boshladi. Kompaniyalar uchun esa bu ayni muddao. Blogerlar orqali reklama qilish eng samarali reklama usullaridan biri hisoblanadi. Bunga bir nechta sabablar mavjud: 1. Eng sifatli auditoriya. Blogerlarning oʻquvchilari eng aktiv maʼlumot-isteʼmolchilari hisoblanadi. Misol, televizor yoqilgan boʻlsa ham, tomoshabinlar telefonga qarab yoki boshqa ish bilan shugʻullanadi, demak TVdagi maʼlumot 100% eʼtibor bilan isteʼmol qilinmaydi. Reklama boshlansa umuman boshqa kanalga olinadi. Ammo bloger joylagan har bir post (shu birga reklama ham) 90-100% va undan koʻproq auditoriyaning eʼtiborini oladi. Shuning uchun blogerlarni fikr yetakchisi (inglizcha. opinion leader) deb atashadi. Batafsil: http://redfox.uz/fikr-yetakchilari-ingl-opinion-leaders-orqali-reklama-va-uning-samaradorligi/

@redfoxuz / #marketing / #maqola Kreativ reklama haqida oddiy qoidalar. Aytaylik, reklamani boshlashga qaror qildingiz. Bunday qarorga kelish qiyin, ammo bir amalladingiz. Ooo tabriklar 🎉🎉🎉 Endi siz millionlab reklama-xabarlarning dunyosiga kirib kelmoqdasiz. Primitiv boʻlsa ham aytib qoʻyaylik, reklama - eʼtiborni jalb qilish uchun beriladi. Bu ochiq-oydin narsa. Shundayku-ya ammo koʻchaga chiqsangiz, hamma reklama bannerlari bir xildek. Surat, yozuv, logotip, telefon raqami. Endi, ana shu bir xillikning ichidan ajralib chiqish usuli reklamada - kreativ deb ataladi. Quyidagi fotolarda mahalliy va jahon kreativ reklamasidan misollar ko'rsatiladi. Ular o'ta soddaligidan, huddi har kim ham o'ylab topa oladigandek tuyuladi. Aslida ham shunday. To'g'ri, tajribali agentliklarga murojaat qilish ma'lum darajada kafolatlarni ta'minlaydi, ammo hamma ham bunday harajatlarga tayyor emas. Batafsil: http://redfox.uz/kreativ-reklama-haqida-oddiy-qoidalar/

@redfoxuz / #marketing / #maqola Eng kuchli va eng qimmat brendlar Brand Finance consulting kompaniyasi 500 ta eng kuchli va eng qimmat brendlar haqida yillik hisobotni eʼlon qildi. Eng qimmat brend deganda, uning qiymati tushunilsa, eng kuchli brendlar alohida reyting asosida aniqlanadi. Reytingda brendning marketing sarmoyalari, qalpoq va koʻzoynaklar kabi brendlangan mahsulotlar, brend tomonidan oʻtkaziladigan katta masshtabdagi faoliyatlar, masalan brendlangan xiyobon (Coca Cola dekabr oyida Toshkentdagi Central Parkda oʻtkazgani kabi) va boshqa koʻrsatgichlar hisobga olinadi. Batafsil: http://redfox.uz/eng-kuchli-va-eng-qimmat-brendlar/

@redfoxuz / #marketing / #maqola Bir akamiz maslahat soʻradilar - “SMMga kuchli eʼtibor berishim kerak, qaysi agentliklarni maslahat berasiz?“. Bu savolga javob boshqalarga ham foydali boʻlar deb, oʻz fikrim bilan boʻlishmoqchiman. Agar mablagʻ boʻlsa SMM va reklamani xalqaro agentliklarga topshirgan yaxshi. Mahalliy SMMchilar orasida rostakamiga zoʻrini uchratmaganmiz, toʻgʻrisi. Hamma meʼyorida yaxshi. Ha, koʻzga koʻringanlari ham bor, masalan Latmedia, yoki 8bit. Ammo shov-shuvli biron ish koʻrsatmaganlar. (Aytgancha, Latmedianing saytidagi video rolikni Farhod Kuchkarov eng yomon reklama roligi misolida koʻrsatib yuradi. Saytga qoʻyadigan rolik emas u. Taniganlar boʻlsa aytib qoʻyinglar, iltimos) Albatta ishlariga rivoj tilaymiz, biznikilar qancha rivojlansa xursand boʻlamiz. Fikri ojizimizcha, eng yaxshi yoʻl bu SMM uchun alohida xodim olish. MUST HAVE SKILLS: Marketing va reklamaga qiziqish, grafik redaktorlarda ozgina boʻlsa ham ilm va chiroyli yozishni qoyillatishi kerak, busiz boʻlmaydi. Marketing jamoa endi tuzilayotgan boʻlsa, bu xodim hammasini 0 dan boshlab tajriba orqali oʻrganadi va asta-sekin boshqa merketing-vazifalarga oʻtadi. Keyinchalik SMM jamoa tuzib olinadi. Boshida unga oʻquv kurslari kerak. Marketing sohasida qanday kurs boʻlsa hammasi kerak. Ingliz tilini bilsa internetda kurslar liq. Rus tilida ham. Batafsil: http://redfox.uz/bir-akamiz-maslahat-so-radilar-smmga-kuchli-etibor-berishim-kerak-qaysi-agentliklarni-maslahat-berasiz/

@redfoxuz / #marketing / #maqola Oyoq ostidagi g'alabalarni ko'ra bilish Koʻp korxonalarda avval strategiya(maqsad), keyin esa taktika(reja)ni belgilanadi. Bu unchalik toʻgʻri emas. Toʻgʻrirogʻi - avval taktika(yurish yoʻllari)ni aniqlab, bu yoʻl qayerga olib borishi(strategiya)ni belgilash kerak. Pastdan tepaga. Strategiyaning oʻzini asos qilib, undan boshqasini tan olmaslik esa inqirozga olib keladi, xuddi Kolumbni halok qilganidek(ishoning, juda koʻp kompaniyalar aynan shunda yoʻl tutadi, va bu ularning rivojlanishiga katta toʻsqinlik qiladi.) U Hindistonga eng qisqa yoʻlni topmoqchi edi (strategiya), buning uchun u Sharqqa emas, Gʻarbga suzdi (taktika). Natijada, Hindistonni topa olmagani uchun bir umr afsuslanib oʻtdi. Aslida esa, Hindistonga olib boruvchi qisqa yoʻldan koʻra kattaroq narsani oʻzi bilmay kashf qilgan edi. Agar taktika strategiyani belgilashiga yoʻl qoʻyganida, bu yutuqni koʻrardi. Batafsil: http://redfox.uz/oyoq-ostidagi-galabalarni-kora-bilish/

@redfoxuz / #marketing / #maqola Bugun, marketing istaklar yoki talab bilan qanday ishlashi kerakligi haqida qisqacha. Marketing boʻlimi isteʼmolchini oʻrganib, kerakli vaqtda, kerakli kanallar orqali, kerakli soʻzlar yoki suratlar yordamida unga kerakli mahsulot haqida axborot beradi. Marketing - bu isteʼmolchilar istagini qondirish faoliyatidir (takrorlashdan charchamaymiz). Istaklar/talab turli xil boʻladi: Manfiy talab - isteʼmolchilar yoppasiga mahsulotni yoqtirmasligi, hatto undan uzoqlashish uchun maʼlum zararlarga rozi boʻlishi. Emlash, stomatolog koʻrigi, oʻt pufagini oldirish kabi muolajalarga odamlarda manfiy talab hosil boʻlgan. Ish beruvchining manfiy talabi esa qamalgan insonlarni ishga qabul qilish kabi amaliyotlarda koʻrinadi. Marketingning vazifasi - nima uchun bozor bu mahsulotlarni yoqtirmayotganligini tahlil qilib, xoh narxni pasaytirish, mahsulotni oʻzgartirish yoki axborotning boshqa yoʻllarini qoʻllash orqali holatni ijobiy tarafga oʻzgartirish imkonini izlash. Batafsil: http://redfox.uz/bugun-marketing-istaklar-yoki-talab-bilan-qanday-ishlashi-kerakligi-haqida-qisqacha/

@redfoxuz / #marketing / #maqola Family by Chopar — isteʼmolchi talabidan kelib chiqdi. Yangi yoʻnalish haqida rasmiy izoh. “Chopar oʻz nomi va logotipini oʻzgartirdi, xodimlar izoh berishini kutamiz” deb post joylagan edik. Maʼlum boʻlishicha bu rebrending emas, balki Chopar tarmogʻiga mansub restoran ekan. Marketing boʻlimiga “Perspective Group” (Les Ailes, Chopar, Torrero va boshqa brendlar) kompaniyasining Marketing boʻlimi boshligʻi, Shirin Alisherovna yangi yoʻnalish haqida maʼlumot berdi: “Family by Chopar - Chopar tarmogʻiga mansub yangi restoran. Family restoranlarida endi nafaqat pitsa, balki toʻlaqonli taomlar menyusi, turli xil ichimliklar va alkogolsiz koktellar tayyorlanadi. Restoran oilaviy hordiq chiqarishga moʻljallangani sababli, bu yerga farzandlar bilan kelish uchun qulayliklar, bolalar oʻyingohi yaratilgan. Batafsil: http://redfox.uz/family-by-chopar-istemolchi-talabidan-kelib-chiqdi-yangi-yo-nalish-haqida-rasmiy-izoh/

12•••2728293031•••100•••194195