@suxrobblog · Post #863 · 11.06.2025 г., 17:15
Daromad topish uchun qaysi sohada boʻlishni ahamiyati yoʻqligini yana bir bor isboti Ingliz tili oʻqituvchisi 10,000$ topgani haqidagi videosini instagramga koʻrib qoldim. Biz ham uning faolligidan oʻzimizga kerakli qismlarini olsak boʻlarkan va u qanday qilib bu natijaga chiqqanini men sizlarga tahlil qilib bermoqchiman: 1. Xususiy maktabda ishlarkan (u yerda nisbatan oylik yuqori toʻlanadi); 2. OTMʼda kechki paytlarda ham dars berarkan; 3. Instagram va telegram orqali obunachilarini oʻqitgan. Soatiga 20$ dan oʻqitarkan, individual oʻquvchi esa oʻrtacha 150$. 4. Instagramda 20K obunachisi bor (reklamasini aytib oʻtmagan ekan, reklamadan kamida 300-400$+ olishi ham mumkin) Endi hisoblaymiz: maktabdan oʻrtacha 12 mln soʻm oylik + OTM oʻrtacha 6 mln oylik + individual oʻquvchilardan oyiga 10 mln + reklamalardan oyiga 5 mln= jami 33 mln soʻm. (Harajatlar oyiga: 55 mln soʻm 😇) Videoda noyabrdan mart oyigacha, yaʼni 5 oyda 10,000$ topganini yozib ketgan ekan. Meni, nazariyamga koʻra bundan balandroq summa ham topishi mumkin. Daromad yuqoriligidan harajatlar ham yuqori boʻlishi ehtimoli bor. Vaqtida, bir necha ingliz tili mentorlari ish faoliyatiga qiziqib koʻrganman, uddalasa boʻladi. Biz ham, shu ingliz tili oʻqituvchisini shijoatini "copy/paste" qilib olishimiz kerak, qachongacha depressiya deb yuramiz-e, uyat! ) @suxrobblog // #daromad
Hashtags