@amityuniversitytashkent · Post #2660 · 23.10.2023 г., 05:52
💻 IT sohasida ayollar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar bilan yaqindan tanishishga shoshiling! 24 – 27-oktabr kunlari Toshkent shahrida yilning eng yirik IT haftaligi – ICTWeek Uzbekistan 2023 tadbiri bo‘lib o‘tadi. Haftalikning muhim tadbirlaridan biri – IT sohasida ayollar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar bilan yaqindan tanishtirishga bag‘ishlangan “Empowering Women in IT: Leading the Digital Revolution” (Ayollarning IT sohasidagi imkoniyatlarini kengaytirish: raqamli inqilobga rahbarlik qilish) sammiti hisoblanadi. 🤵♀️Sammitda qizlar uchun yangi loyihalar haqida ma’lumot beriladi. Unda qo‘shni davlatlardan va xalqaro tashkilotlardan ekspertlar, mutaxassislar hamda ushbu yo‘nalishda muvaffaqiyatga erishgan xotin-qizlar qatnashadi. Ushbu tadbi 25-oktabr, soat 15:00 da Raqamli texnologiyalar vazirligi binosida bo‘lib o‘tadi. Imkoniyatni qo‘ldan boy bermang, ICTWEEK da ishtirok eting! ☎️ (+998 77) 707-66-00, (+998 77) 707-00-66. 🟣ictweek.uz #digital #ictweek2023 #ITwomen 📌Telegram|Facebook|Instagram|Youtube|Threads |Twitter
Hashtags