@kunuzai · Post #215 · 27.02.2025 г., 04:29
🔍Deep Research barcha pullik ChatGPT foydalanuvchilari uchun ochildi! Endi Plus tarifida (oyiga 10 ta so‘rov) Deep Research vositasidan foydalanish mumkin. Bu imkoniyatdan maksimal foydalanish uchun quyidagi maslahatlarni eslab qoling: 📌 Asosiy xususiyatlar va tavsiyalar: ✅Tilni aniq belgilang – qaysi tilda ma'lumot izlash va hisobot yozish kerakligini ko‘rsating. ✅Takrorlanishdan qoching – so‘rovga "Muhim: agar fikr allaqachon bayon qilingan bo‘lsa, uni takrorlama" deb qo‘shing. ✅Tasvirlarni tushunmaydi – Deep Research faqat matnli manbalar bilan ishlaydi. ✅Ilmiy manbalar so‘rang – faktlarga asoslangan tahlil uchun ilmiy maqolalarni qidirishni so‘rashingiz mumkin, hatto kerakli yillarni ham belgilashingiz mumkin. ✅Kod yozish imkoniyati bor – grafiklar, jadvallar va boshqa vizual ma’lumotlarni generatsiya qilishga qodir. ✅Kalit so‘zlarni bering – kerakli ma’lumotni aniqroq olish uchun asosiy tushunchalarni oldindan belgilang. ✅Fayllarni yuklash mumkin – siz unga fayl yoki havola berib, izlanishni shu asosda davom ettirishni so‘rashingiz mumkin. ✅Natijalar inson tekshiruvidan o‘tishi kerak – ba’zan xatolar uchrashi mumkin, shuning uchun tekshirish tavsiya etiladi. ✅Pullik maqolalarga kira olmaydi – agar qidirilayotgan material parda ortida bo‘lsa, uni yuklash kerak. 🎯Qachon Deep Research’dan foydalanish kerak? – Agar yangi mavzuni o‘rganishni boshlayotgan bo‘lsangiz, bu tez va samarali usul. – Ma’lumotlarni chuqurroq tahlil qilish va o‘z tadqiqotlaringizni qurish uchun yaxshi poydevor yaratadi. – U biznes, ilm-fan va boshqa ko‘plab sohalar uchun mos keladi. Deep Research hozirda eng kuchli AI-tadqiqotchilardan biri – Perplexity va Google ham unga tenglasha olmaydi! 🚀 #AI#DeepResearch#ChatGPT
Hashtags