TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← 峰青驿站

TGINSIGHT SIMILAR POSTS

Find similar content

Source channel @FengChingLocalization · Post #79 · Aug 8

#MacOS 仅限 Mac 设备使用

Hashtags

Results

1 similar post found

Search: #krutoy

当前筛选 #krutoy清除筛选
Suxrob Xurramov | Blog

@suxrobblog · Post #711 · 05/21/2025, 01:03 PM

"Paxta qo'yish" soft skill'mi? Oxirgi paytlarda juda ko'p kuzatyotgan holatlarimdan biri bu "paxta qo'yish" holatlaridir. Ya'niki kompaniya tizimida biron bir muammo bor, u muammoni hal qilish kerak, ammo, yolg'on, gapni burish va hakozolar bilan xodimlar bu muammoli vaziyatdan chiqib ketishga urinishadi. Muammo qolib, muammoni aytgan odamni yomon otliq ham qilishadi. Bu bilan o'sha muammo yillar o'tsa ham hal bo'lmaydi, xodimlar esa, muammoni yashirish bilan, kimgadir paxta qo'yish bilan ovora bo'lib yuraveradi. Natijada, kompaniya tizimidagi asosiy muammolar ko‘rilmaydi, chuqurlashadi, va oxir-oqibatda bu holat na kompaniyaga, na foydalanuvchilarga foyda keltiradi. Aslida esa, sog‘lom muhitda muammo haqida ochiq gapirish, madaniyatdir. Bu, sog‘lom fikr almashish, halollik va masʼuliyatli yondashuvni talab qiladi. Ammo "paxta qo‘yish" madaniyati shakllanganda, ochiq fikr bildirish, tahdid sifatida qabul qilinadi. Tanqid aytgan odam – dushman, maqtagan odam esa do‘st sifatida ko‘riladi. Bu esa, uzoq muddatda, sog‘lom rivojlanishning yo‘lini to‘sadi. Shuning uchun, bizga "paxta qo‘yish" emas, professional halollik, konstruktiv fikr bildirish va mas’uliyatni bo‘lishish kabi haqiqiy soft skill'lar kerak. Asl soft skill, bu yoqimli gap aytish emas, balki: — Qiyin holatda ham rostini aytish, — Tanqidni madaniyat bilan ifodalash, — Muammoni ko‘ra bilish va hal etishga chora ko‘rish, — Jamoa bilan halol ishlash. Bugungi kunda ko‘plab kompaniyalar muvaffaqiyat qozonayotgan bo‘lsa, bu ularning tizimida "paxta" emas, balki ochiqlik, ishonch va masʼuliyatli muloqot ustuvor bo‘lgani uchundir. Agar biz ham kompaniyamizda haqiqiy taraqqiyotga erishmoqchi bo‘lsak, "paxta"ni bir chetga surib, muammoga ko‘z tikib qarashni, uni hal etish uchun birlashishni o‘rganishimiz kerak. Chunki "paxta" vaqtincha taskin bo‘lishi mumkin, ammo hech qachon yechim emas. P.s. Qisqasi, "Paxta" soft skill emas va uni qo'yish bilan hurmat qozonib olinmaydi, aksincha, bor hurmatni ham yo'qotishingiz mumkin! @suxrobblog // #krutoy#soft_skill#paxta