TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← 峰青驿站

TGINSIGHT SIMILAR POSTS

Find similar content

Source channel @FengChingLocalization · Post #79 · Aug 8

#MacOS 仅限 Mac 设备使用

Hashtags

Results

2 similar posts found

Search: #soft_skill

当前筛选 #soft_skill清除筛选
Suxrob Xurramov | Blog

@suxrobblog · Post #699 · 05/18/2025, 05:25 PM

15 yoshda xizmatini sota olgan bola! Bugun fast‑food tarmog‘ida 15 yoshli bir bola o‘z xizmatini taklif qilayotganini eshitib qoldim va o'zim ham qiziqib qoldim. Bola, bemalol, ishonch bilan shunday murojaat qilardi: — Assalomu alaykum, aka, 15 yoshli bolani kuryer qilib olmaysizmi? skuteri bor... Bu yerda yoshiga qaramay, o'z imkoniyatini sinab ko'rish uchun, aniq taklif bilan chiqyapti, men bu holatni ko'rib xursand bo'ldim, bizda ham shunaqa bolalar bor ekanku deb) Bolada sotuvchanlik (sales skills) bor ekan. Fast-food tarmog'i tashqarisida, ozgina vaqt bolani kutib turib, savolga tutdim... – Boshqa joylarga ham taklif berib ko‘rish kerak... deb aytgandim. U kulimsirab javob berdi: – ... Ha, 3–4 ta joyga kuryerlik qilaman. Bu joylar biroz chekkaroq, buyurtmalar kamroq bo‘ladi, lekin uddalasa bo‘ladi. Keyin yana aytishicha, oyiga taxminan 10 million so‘mdan ortiq daromad qilishi ham mumkin ekan. Hatto yaqin orada skuterni yangilashi haqida ham ishora qilib ketdi... Meni fast-food tarmog'im bo'lganda ham, shu bolani ishga olish ehtimolim bor edi... Bu sizga oddiy hayotdagi voqea kabi ko'rinishi mumkin, aslida, o‘z xizmatini taklif qila olish, o‘zini to‘g‘ri namoyish eta bilish, bu hayotdagi eng muhim soft skill'lardan biri. Yosh bo‘lishi, tajribaning kamligi muammo emas. Muhimi, harakat, jasorat va muloqot qila olish qobiliyati. Shunday yoshlar esa yurtimizda ko‘payaversin! @suxrobblog // #sotuv#soft_skill#mijoz

Suxrob Xurramov | Blog

@suxrobblog · Post #711 · 05/21/2025, 01:03 PM

"Paxta qo'yish" soft skill'mi? Oxirgi paytlarda juda ko'p kuzatyotgan holatlarimdan biri bu "paxta qo'yish" holatlaridir. Ya'niki kompaniya tizimida biron bir muammo bor, u muammoni hal qilish kerak, ammo, yolg'on, gapni burish va hakozolar bilan xodimlar bu muammoli vaziyatdan chiqib ketishga urinishadi. Muammo qolib, muammoni aytgan odamni yomon otliq ham qilishadi. Bu bilan o'sha muammo yillar o'tsa ham hal bo'lmaydi, xodimlar esa, muammoni yashirish bilan, kimgadir paxta qo'yish bilan ovora bo'lib yuraveradi. Natijada, kompaniya tizimidagi asosiy muammolar ko‘rilmaydi, chuqurlashadi, va oxir-oqibatda bu holat na kompaniyaga, na foydalanuvchilarga foyda keltiradi. Aslida esa, sog‘lom muhitda muammo haqida ochiq gapirish, madaniyatdir. Bu, sog‘lom fikr almashish, halollik va masʼuliyatli yondashuvni talab qiladi. Ammo "paxta qo‘yish" madaniyati shakllanganda, ochiq fikr bildirish, tahdid sifatida qabul qilinadi. Tanqid aytgan odam – dushman, maqtagan odam esa do‘st sifatida ko‘riladi. Bu esa, uzoq muddatda, sog‘lom rivojlanishning yo‘lini to‘sadi. Shuning uchun, bizga "paxta qo‘yish" emas, professional halollik, konstruktiv fikr bildirish va mas’uliyatni bo‘lishish kabi haqiqiy soft skill'lar kerak. Asl soft skill, bu yoqimli gap aytish emas, balki: — Qiyin holatda ham rostini aytish, — Tanqidni madaniyat bilan ifodalash, — Muammoni ko‘ra bilish va hal etishga chora ko‘rish, — Jamoa bilan halol ishlash. Bugungi kunda ko‘plab kompaniyalar muvaffaqiyat qozonayotgan bo‘lsa, bu ularning tizimida "paxta" emas, balki ochiqlik, ishonch va masʼuliyatli muloqot ustuvor bo‘lgani uchundir. Agar biz ham kompaniyamizda haqiqiy taraqqiyotga erishmoqchi bo‘lsak, "paxta"ni bir chetga surib, muammoga ko‘z tikib qarashni, uni hal etish uchun birlashishni o‘rganishimiz kerak. Chunki "paxta" vaqtincha taskin bo‘lishi mumkin, ammo hech qachon yechim emas. P.s. Qisqasi, "Paxta" soft skill emas va uni qo'yish bilan hurmat qozonib olinmaydi, aksincha, bor hurmatni ham yo'qotishingiz mumkin! @suxrobblog // #krutoy#soft_skill#paxta