TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
Back to channels
#️⃣Hashtag | Rasmiy kanal avatar

TGINSIGHT CHAT

#️⃣Hashtag | Rasmiy kanal

@HashtagUz

Technologies

⚡️ IT yangiliklarini bitta #hashtag orqali belgilaymiz. 📸instagram.com/hashtaguz 🤪tiktok.com/@hashtaguz 🎬youtube.com/@Jaloliddin 👥 Rasmiy guruh: @hashtagchilar 📈 Reklama uchun: @nuqtabot 💟 Biz bilan birga ekanligingizdan xursandmiz!

Subscribers1.7万Current channel subscribers
Tracked posts1,006Indexed post count
Recent reach74,480Sum of recent post views
Recent posts

Recent posts

Tag: #game · 46 posts

当前筛选 #game清除筛选

Posted Mar 14

😅Shovvoz geymer yutish yo'lini topibdi... ➡️#game | Birinchi IT-Blog

4,700 views

Hashtags

Posted Jan 20

😲 Muxlis GTA VI o‘ynab ko‘rish imkoniga ega bo‘ldi 🎮 Rockstar saraton kasalligi terminal bosqichida bo‘lgan yigitga GTA VI’ni sinab ko‘rish imkonini berdi. 📱 U haqidagi voqea LinkedIn’da ma’lum bo‘ldi — Ubisoft dasturchisi og‘ir xastalik bilan kurashayotgan qarindoshi haqida post yozgan. Bu holat Take-Two Interactive bosh direktoriga yetib bordi va u Rockstar Games bilan bog‘lanishga yordam berdi. 🎮 Yigit o‘yin juda yaxshi o‘tganini aytib, barchaga ko‘rsatilgan qo‘llab-quvvatlash uchun minnatdorlik bildirdi. Albatta, u o‘yin tafsilotlarini oshkor qilmadi. ➡️#game#gta | Birinchi raqamli IT-Blog

6,030 views

Hashtags

Posted Jan 16

🚊App Store’da Subway Surfers City o‘yini uchun oldindan buyurtma ochildi ℹ️ Bu hammaga tanish Subway Surfers City, ammo yangi mexanika va rejimlar bilan. 📅 O‘yin 26-fevral kuni chiqadi va bepul bo‘ladi. ➡️#game | Birinchi raqamli IT-Blog

16,600 views

Hashtags

Posted Dec 23

😢 Afsonaviy Call of Duty o‘yini yaratuvchisi Vins Zampella o‘zining Ferrari avtomobilida yo‘l-transport hodisasida halok bo‘ldi 🚨Respawn Entertainment studiyasi bosh direktori va Call of Duty franshizasining asoschilaridan biri Vins Zampella 21-dekabr kuni Los-Anjelesda sodir bo‘lgan avtomobil halokatida vafot etdi. 🎮 Shuningdek, Zampella mashhur Apex Legends battle-royale o‘yini hamda Star Wars Jedi sarguzasht ekshenini prodyuserlik qilgan. 2020-yilda esa u Electronic Arts rahbariyatiga kirib, Battlefield 6 ishlab chiqilishini o‘z nazoratiga oldi. Ushbu loyiha katta muvaffaqiyatga erishib, seriya tarixida PC’da onlayn bo‘yicha rekord o‘rnatdi va Battlefield franshizasiga avvalgi shon-shuhratini qaytardi. 📰 Xabarlarga ko‘ra, u avtomobil boshqaruvida bo‘lgan, avariya oqibatida yo‘lovchi ham halok bo‘lgan. U 55 yoshda edi. ➡️#callofduty#game#cod | Birinchi IT-Blog

4,880 views

Posted Dec 12

🔥 The Game Awards 2025 mukofoti g‘oliblari ro‘yxati 🔹 Yil o‘yini — Clair Obscur: Expedition 33 🔹 Eng yaxshi geym-direktor ishi — Clair Obscur: Expedition 33 🔹 Eng yaxshi syujet (narrativ) — Clair Obscur: Expedition 33 🔹 Eng yaxshi art-direksiya — Clair Obscur: Expedition 33 🔹 Eng yaxshi saundtrek va musiqa — Clair Obscur: Expedition 33 🔹 Eng yaxshi audio dizayn — Battlefield 6 🔹 Eng yaxshi ekshen o‘yin — Hades II 🔹 Eng yaxshi sarguzasht-ekshen — Hollow Knight: Silksong 🔹 Eng yaxshi RPG — Clair Obscur: Expedition 33 🔹 Eng yaxshi o‘yin qo‘llab-quvvatlovi — No Man’s Sky 🔹 Eng yaxshi fighting o‘yin — Fatal Fury: City of the Wolves 🔹 Eng yaxshi oilaviy o‘yin — Donkey Kong Bananza 🔹 Eng yaxshi strategiya yoki simulyator — Final Fantasy Tactics: The Ivalice Chronicles 🔹 Eng yaxshi sport yoki poyga o‘yini — Mario Kart World 🔹 Eng yaxshi mobil o‘yin — Umamusume: Pretty Derby 🔹 Eng yaxshi aktyorlik ijrosi — Jennifer English (Maelle roli, Clair Obscur: Expedition 33) 🔹 Eng yaxshi videoo‘yin adaptatsiyasi — The Last of Us (2-mavsum) 🔹 Eng yaxshi multiplayer o‘yin — ARC Raiders 🔹 Eng yaxshi indie o‘yin — Clair Obscur: Expedition 33 🔹 Eng yaxshi debyut indie o‘yin — Clair Obscur: Expedition 33 🔹 Kirish imkoniyatlaridagi innovatsiya — DOOM: The Dark Ages 🔹 Games for Impact (ijtimoiy muammolarni yoritgan o‘yin) — South of Midnight 🔹 Hamjamiyatni eng yaxshi qo‘llab-quvvatlash — Baldur’s Gate 3 🔹 “O‘yinchilar tanlovi” mukofoti — Wuthering Waves 🔹 Eng kutilgan o‘yin — Grand Theft Auto VI 🔹 Eng yaxshi kontent yaratuvchisi — MoistCr1TiKaL 🔹 Eng yaxshi kibersport o‘yini — Counter-Strike 2 🔹 Eng yaxshi kibersportchi — Chovy 🔹 Eng yaxshi kibersport jamoasi — Team Vitality (Counter-Strike 2) ➡️#game | Birinchi IT-Blog

10,500 views

Hashtags

Posted Nov 18

🧝‍♀️Bolaligimizning mashhur o'yini “The Legend of Zelda” asosida kino suratga olish jarayonidan ilk kadrlar paydo bo‘ldi 🎮 Nintendo’ning uzoq kutilgan kinoadaptatsiyasi suratga olinayotgan maydondan birinchi fotosuratlar internetga sizib chiqdi. Rejissyor Ues Boll ishlayotgan bu loyihada nihoyat asosiy qahramonlarning ko‘rinishi namoyon bo‘ldi. 🎦Kadrlerde Link rolini ijro etayotgan Benjamin Evan Ainsworth, shuningdek, malika Zelda obrazida Bo Bragasonniko‘rish mumkin. 📅 Filmni “Labirintda yuguruvchi” (“Maze Runner”) trilogiyasi bilan tanilgan Ues Boll suratga olmoqda. Fantastik blokbasterning premyerasi 2027-yil 7-mayga belgilangan. ➡️#game#kino#zelda | Birinchi IT-Blog

5,850 views

Posted Nov 17

🎮 Ertaga Half-life 3 daqtim etilarmish ✅ Ishonchli insayderlar shunday dedi. ➡️#game | Birinchi IT-Blog

4,250 views

Hashtags

Posted Nov 14

🎮 Call of Duty: Black Ops 7 relizi bo‘lib o‘tdi ℹ️ Yangi shooterning syujet kampaniyasi qattiq tanqid qilindi — aytishlaricha u BF6 dan ham yomonroq chiqgan. Kampaniya faqat kooperatsiyada ishlaydi, agar do‘stlaringiz bo‘lmasa, sizga sust ishlaydigan botlar beriladi. Missiyalar esa juda oddiy: “mana bu narsalardan 20 tasini o‘ldir” degan uslubda. 🔫 “Call of Duty” himoyachilari aytishicha, odamlar o‘yinlarni syujet uchun emas, balki multiplayer uchun olishadi. Aftidan, ishlab chiquvchilar ham asosiy e’tiborni shunga qaratgan: 18 ta xarita, 30 ta qurol va klassik zombi rejimi. Ular uzoq davom etadigan kontent qo‘llab-quvvatlashni va’da qilishgan. 🖥🎮🎮🎮Call of Duty: Black Ops 7 PC, PS4, PS5, Xbox One va Series X|S’da mavjud. Xbox egalari uni Game Pass Ultimate orqali o‘ynashi mumkin. ➡️#cod#rdr#game | Birinchi IT-Blog

4,430 views

Posted Nov 14

🤠 Red Dead Redemption 2-dekabr kuni zamonaviy konsollar va smartfonlarda chiqadi. 🤘 Rockstar studiyasi o‘yinining yangi versiyalarini PS5, Xbox Series X|S, Switch 2, iOS va Android uchun rasman e’lon qildi. 🎮 Yangi avlod konsollarida o‘yin 60 FPS, yaxshilangan teksturalar, HDR qo‘llab-quvvatlashi va 4K gacha aniqlik bilan ishlaydi. 📺 iOS va Android talqinlari haqida texnik ma’lumotlar hozircha berilmagan, ammo o‘yin faqat Netflix obunachilari uchun mavjud bo‘lishi ma’lum qilingan. 🎮🎮🎮 PS4, Switch va Xbox 360 egalari uchun yangilanish bepul bo‘ladi. ➡️#rockstar#rdr#game | Birinchi IT-Blog

4,530 views

Posted Nov 13

🎮 Fakt: GTA VI’ning kechiktirilishi Rockstar’ga 60 million dollarga tushgan 📣Insayder Tom Hendersonning aytishicha, o‘yin chiqishining ortga surilishi Rockstar va Take-Two Interactive’ga taxminan 60 million dollar zarar keltirishi mumkin. ℹ️ Kompaniya relizni kechiktirayapti, chunki ular o‘yinni mukammal darajada sayqallab, tanqidiy xatolarni butunlay oldini olishni istashadi. Xom, tayyor bo‘lmagan versiyani chiqarish esa pul qaytarishlar, savdo pasayishi va obro‘ to‘kilishiga olib kelishi mumkin. ➡️#game | Birinchi IT-Blog

4,970 views

Hashtags

Posted Nov 8

🎮 GTA 6 hatto bir necha mayda xatolar tufayli kechiktirilgan bo‘lishi mumkin 👀 Insayder Tom Hendersonning aytishicha, o‘yin allaqachon tayyor — hozir faqat polirovka va optimizatsiya jarayoni ketmoqda. Rockstar hatto bitta kichkina bag bilan ham reliz qilishni xohlamaydi, chunki bu studiya obro‘si uchun juda katta zarba bo‘ladi. 📅 Agar o‘yin konsollarda 2026-yil noyabrida chiqsa, PC versiyasi faqat 2028-yilgacha kechikishi mumkin. ➡️#gta#game | Birinchi raqamli IT-Blog

3,950 views

Hashtags

Posted Nov 8

🎮6️⃣ ustida butun bir hindlar armiyasi ishlayapti — Rockstar India studiyasida loyiha uchun 1615 nafar xodim jalb qilingan. 🤘 Asr o‘yini ustida jami 10 ta studiya ishlamoqda, lekin eng katta jamoa aynan Hindistonda. Taqqoslash uchun: asosiy Rockstar North studiyasida atigi 1215 kishi bor. 🌴 Xullas, Vice Cityni deyarli Mumbayda qurishyapti, desak bo‘ladi.👳🏾‍♀️ ➡️#gta#game | Birinchi raqamli IT-Blog

3,790 views

Hashtags

PreviousPage 1 of 4Next