TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
返回频道列表
#️⃣Hashtag | Rasmiy kanal avatar

TGINSIGHT CHAT

#️⃣Hashtag | Rasmiy kanal

@HashtagUz

科技

⚡️ IT yangiliklarini bitta #hashtag orqali belgilaymiz. 📸instagram.com/hashtaguz 🤪tiktok.com/@hashtaguz 🎬youtube.com/@Jaloliddin 👥 Rasmiy guruh: @hashtagchilar 📈 Reklama uchun: @nuqtabot 💟 Biz bilan birga ekanligingizdan xursandmiz!

Subscribers1.7万频道当前订阅规模
Tracked posts1,006频道帖子计数
Recent reach63,590最近帖子视图总和
Recent posts

最近帖子

标签筛选 #android · 共 12 条

当前筛选 #android清除筛选

发布 1月5日

📱AnTuTu 2025-yil yakunlariga ko‘ra eng kuchli Android-smartfonlar ro‘yxatini e’lon qildi: 1️⃣ REDMAGIC 11 Pro+ 2️⃣ iQOO 15 3️⃣ OnePlus 15 4️⃣ realme GT 8 Pro 5️⃣ HONOR WIN 6️⃣ vivo X300 Pro 7️⃣ OPPO Find X9 Pro 8️⃣ HONOR Magic8 Pro 9️⃣ HONOR Magic8 🔟 nubia Z80 Ultra ➡️#antutu#android | Birinchi raqamli IT-Blog

4,110 views

发布 11月19日

📱 Android telefon egalari Londonda xotirjam yursa bo‘ladi 🏴󠁧󠁢󠁥󠁮󠁧󠁿 Londonlik o‘g‘rilar o‘g‘irlangan qurilma iPhone emasligini bilib qolsa, uni qaytarib berisharkan. Bunday voqealarni Angliya poytaxti aholisi London Centricda bo‘lishgan. ➡️#apple#android | Birinchi IT-Blog

4,880 views

发布 8月12日

🤖Android 17 ichki nomi ma’lum bo‘ldi: “Cinnamon Bun”! 🔎 Google an'anasiga ko‘ra, Android versiyalari rivojlanish jarayonida ichki nomlar bilan ataladi — API darajasi 37.0 uchun tanlangan nom: Cinnamon Bun 🥮"C" harfi – oldingi nom "Baklava" (Android 16) dan keyin keladi va an’anani davom ettiradi. ✅ Bu nom rasmiy marketingda ishlatilmaydi, lekin dastlabki beta-versiyalardagi ichki interfeys (Android Cinnamon Bun)da ko‘rinishi mumkin. 📅 Android 172026-yil iyun oyida chiqarilishi kutilmoqda. ➡️#android | Birinchi raqamli IT-Blog

4,570 views

Hashtags

发布 5月5日

🔐 Android 16’da “Super himoya rejimi” 📱 Google yangi Android 16’da xavfsizlikni maksimal darajaga olib chiqadigan Advanced Protection Mode funksiyasini taqdim etadi. 🛡 Asosiy imkoniyatlar: - Ilovalarni faqat Google Play orqali o‘rnatish - 2G tarmoqlarini avtomatik bloklash - USB ma’lumot almashinuvini qulflangan holatda o‘chirib qo‘yish - Xavfli saytlarga kirishni avtomatik cheklash - Qurilmani masofadan qulflash yoki o‘chirish. 💡 Ushbu rejim Android 16 sozlamalari orqali yoqiladi va xavfsizlikni sezilarli darajada oshiradi. 👉#android | Birinchi raqamli IT-Blog

5,820 views

Hashtags

发布 5月3日

📱 Android 16 yangi ish stoli rejimi bilan smartfoningizni kompyuterga aylantiring! ℹ️Bu funksiya yordamida smartfoningizni USB-C orqali monitorga ulab, kompyuterga o'xshash interfeysda ishlashingiz mumkin. 🔧 Asosiy xususiyatlar: - Vazifalar paneli. Pinned va so'nggi ilovalar uchun qulay kirish. - Ilovalar oynalari. Ilovalarni erkin o'lchamda ochish va joylashtirish imkoniyati. - "Start" menyusiga o'xshash ilovalar tortmasi: Barcha ilovalarga tezkor kirish. - Ko'p oynali ishlash. Bir nechta ilovani bir vaqtning o'zida ishlatish. - Kursorni boshqarish. Tashqi klaviatura va sichqoncha bilan to'liq boshqaruv. - Tashqi displeylarni qo'llab-quvvatlash. Bir nechta monitor bilan ishlash imkoniyati. 📅 Bu funksiya Android 16 ning asosiy chiqarilishida mavjud bo'lmasligi mumkin, ammo keyingi yangilanishlarda yoki Android 17 versiyasida to'liq joriy etilishi kutilmoqda. 👉#android | Birinchi raqamli IT-Blog

5,160 views

Hashtags

发布 4月15日

📱 Android qurilmalari endi har 3 kunda avtomatik ravishda "perezagruzka" bo'ladi 🔐 Nima uchun? Qurilma 72 soat davomida umuman ochilmasa (ya’ni, parol bilan blokdan chiqarilmasa), u avtomatik tarzda qayta ishga tushadi va “birinchi ochilishgacha” holatiga qaytadi. Bu holatda ma’lumotlar kuchliroq shifrlanadi va begonalarga kirish qiyinlashadi. ▶️ Bu yangilik Google Play Services25.14 versiyasi orqali joriy etiladi, Android operatsion tizimining yangilanishisiz ham ishlaydi. 🍏iOS 18 tizimida ham shunga o‘xshash funksiya bor (4 kunlik interval bilan). ☑️ GrapheneOS foydalanuvchilari bu muddatni 10 daqiqadan 72 soatgacha sozlashi mumkin. 🛡 Yangi funksiya smartfon xavfsizligini oshirishga qaratilgan. Smartwatch va Smart TV qurilmalarga taalluqli emas. 🎥#android | Birinchi raqamli IT-Blog

4,180 views

Hashtags

发布 12月31日

😅Ayfonchilarga: Android muxlislari bilan bahslashmaslik uchun yechimlar 🍏Apple yoki Android qaysi yaxshiroq degan bahslar hatto eng sabrli insonni ham toliqtirishi mumkin. Asabni asrash va keraksiz nizolardan qochish uchun quyidagilarni sinab ko‘ring: • Sabrli bo‘ling. Suhbatdoshingiz o‘z fikrini to‘liq ifoda etsin, shundan so‘ng xotirjam tarzda o‘zingizning nuqtai nazaringizni tushuntiring. • Aniqlashtiruvchi savollar bering. Bu siz uni haqiqatan ham tinglayotganingizni va tushunishga harakat qilayotganingizni ko‘rsatadi: «Apple qurilmalaridan qaysilarini sinab ko‘rgansiz?» • Ochiq bahsdan qoching. Ba’zida shunchaki bosh irg‘ab yoki «Qiziq!», «Ha-a» kabi neytral javob berish yetarli bo‘ladi. • Mavzuni o‘zgartiring. Suhbat boshi berk ko‘chaga kirsagina: «Aytgancha, so‘nggi yangiliklar haqida nima deysiz?» kabi savol bering. Reaksiyalar misollari: — «Apple — boylar uchun o‘yinchoq!» — «Fikringizni tushundim. Ammo Apple texnikasini sinab ko‘rganmisiz?» — «Mening iPhone’im bir oyda buzilib qoldi!» — «Afsus, ammo servis markaziga murojaat qildingizmi?» — «Android arzon bo‘lgani uchun yaxshiroq!» — «Narx muhimligini tushundim. Yana nimalar siz uchun ahamiyatli?» ⚠️ Eng muhimi, bahsni yutish emas, balki samimiy munosabatni saqlashga harakat qiling. Ba’zida mantiqsiz tortishuvni davom ettirishdan ko‘ra, kulib indamay qo‘ya qolish yaxshiroq. Tinchlikni tanlang! 👀 Aytgancha, siz qaysi tarafsiz? ➡️#apple#android | Birinchi raqamli IT-Blog

6,640 views

发布 11月21日

🔒 Android 16: Maxfiylik uchun yangi qadam 🤖 Android 16 operatsion tizimi Google tomonidan maxfiylikni oshirish uchun yangi funksiyalar bilan ta’minlandi. Yangi tizim Android System Intelligence yordamida bir martalik parollar (OTP) va boshqa maxfiy bildirishnomalarni avtomatik yashiradi, hatto "maxfiy bildirishnomalarni ko‘rsatish" funksiyasi yoqilgan bo‘lsa ham. 🛡 Ushbu o‘zgarishlar foydalanuvchilarning shaxsiy ma’lumotlarini himoya qilishni kuchaytiradi va xavfsizlikni yangi darajaga olib chiqadi. ➡️#android | Birinchi raqamli IT-Blog

4,400 views

Hashtags

发布 11月16日

🤖 Android 15'da klaviatura va sichqoncha sozlamalari mukammallashtiriladi ℹ️Android 15 versiyasida Google kompaniyasi fizik klaviatura va sichqoncha uchun yangi sozlamalarni joriy qildi. Endi foydalanuvchilar klaviatura tugmalarining sezgirligini sozlash, tugmalarni qayta takrorlash funksiyasini yoqish yoki o‘chirish, sichqoncha g‘ildiragining aylanish yo‘nalishini o‘zgartirish va sichqoncha tugmalarining vazifalarini almashtirish imkoniyatiga ega bo‘lishadi. Bu yangiliklar Android qurilmalarini kompyuterga o‘xshash foydalanish tajribasini taqdim etishga qaratilgan. ➡️#android | Birinchi raqamli IT-Blog

6,600 views

Hashtags

发布 10月12日

🔍 Google Linux ilovalarini Androidda ham ishga tushirish choralarini ko'rayotgan ekan ℹ️ Bu esa dasturchilar uchun yangi imkoniyatlarni taqdim etishi mumkin ekan. ➡️#android | Birinchi raqamli IT-Blog

6,530 views

Hashtags

发布 9月23日

😎 Xoʻsh, ovoz berishni boshlaymiz… 🔥 - Apple (iOS) ❤️ - Google (Android) ➡️#android#apple | Birinchi raqamli IT-Blog

5,160 views

发布 9月4日

🤖Google parkida Android 15 (Vanilla Ice Cream) robotining haykalchasi paydo bo'ldi ➡️#android | Birinchi raqamli IT-Blog

5,540 views

Hashtags